ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
📍 O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish yo‘lida qonunchilik islohotlarini jadallik bilan amalga oshirmoqda

📅 2025-yil 13-iyun kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishi bo‘yicha Ishchi guruhning 10-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿 Ushbu yig‘ilishda Bosh vazir o‘rinbosari J.Xodjayev boshchiligidagi delegatsiya tarkibida Adliya vazirligi vakillari hamda 30 dan ortiq JSTga a’zo davlatlar ishtirok etdi.

📌 Yig‘ilish doirasida Adliya vaziri o‘rinbosari A.Karimov tomonidan JST bitimlariga mos qonunchilik islohotlari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. Jumladan:

🔹 So‘nggi 2 yilda 130 dan ortiq hujjatlar JST talablariga moslashtirildi;
🔹 Bojxona kodeksi yangilandi, eksport subsidiyalari va cheklovlar bekor qilindi;
🔹 Intellektual mulk sohasida asosiy xalqaro shartnomalarga a’zolik ta’minlandi.

🌐 JST a’zo-davlatlari, jumladan Yevropa Ittifoqi, Xitoy, Rossiya va Qozog‘iston O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan qonunchilik islohotlarini ijobiy baholadi.

📈 Bu O‘zbekistonning global iqtisodiy hamkorlikda faol ishtirok etish borasidagi qat’iy siyosatini ko‘rsatmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🇺🇿 Adliya vazirligi jamoasi Respublika qon quyish markazi tomonidan e’tirof etildi!

❤️ Adliya vazirligi tomonidan har chorakda o‘tkazib kelinayotgan “Mehr ulash” donorlik aksiyasi jamiyatda ezgulik, birdamlik va hayotga e’tibor madaniyatini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

🔹 Shu munosabat bilan Adliya vazirligi jamoasi qon topshirishdagi faol ishtiroki uchun Respublika qon quyish markazi tomonidan alohida e’tirof etildi va taqdirlandi.

🩸 Har safar “Mehr ulash” aksiyasi doirasida adliya tizimi xodimlari minglab insonlar hayotini saqlab qolishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

📢 Donorlik – bu nafaqat insoniy burch, balki jamiyat oldidagi fidokorona mas’uliyatdir. Bugun adliya xodimlari qon topshirish orqali chinakam fuqarolik namunasi ko‘rsatmoqda.

🫂 Adliya vazirligi ijtimoiy mas’uliyatli tashkilot sifatida bundan keyin ham ezgu tashabbuslarni davom ettiradi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

🔔 Adliya vazirligi ishchi guruhi Andijon viloyatiga xizmat safarini amalga oshirdi.

Adliya vazirligi huzuridagi ishchi guruh tomonidan Andijon viloyatida adliya organlari va tizimiga oid xizmatlar ko‘rsatish holati, ularning samaradorligi hamda aholiga yaratilgan qulayliklar o‘rganildi.

Safar doirasida viloyatning olis va chekka hududlarida joylashgan tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari va Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari (FHDY) faoliyati o‘rganildi. Jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarining tez, oson va ochiq sharoitda taqdim etilishi uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, tizim xodimlari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotlarda xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, mavjud muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish choralari belgilandi. Ishchi guruh tomonidan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun yanada qulay va shaffof xizmat ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish yuzasidan aniq topshiriq va tavsiyalar berildi.

🔖 Mazkur tashrif adliya tizimi faoliyatini takomillashtirish, xizmatlarning fuqarolar ehtiyojlariga mos ravishda tashkil etilishi va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish darajasini oshirishga qaratilgan navbatdagi amaliy qadamlardan biridir.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 Huquqiy muammolarni joyida aniqlash va tizimli yechimlar — asosiy e’tiborda

Kuni kecha, Respublika ishchi guruhi tomonidan hududiy adliya organlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-son Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida navbatdagi “ZOOM” yig‘ilishi o‘tkazildi.

📍 Yig‘ilishda joylarda huquqiy muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish hamda tizimli muammolarni hal qilishda yagona amaliyotni shakllantirish bo‘yicha hududiy adliya organlariga zarur tushuntirishlar berildi.

🔹 Mazkur jarayonlar adliya organlari tomonidan joylarda samarali yondashuv asosida, ijtimoiy adolatni ta’minlash va aholining huquqiy ehtiyojlariga bevosita javob berish maqsadida olib borilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mehnat shartnomasini muddati tugaganligi munosabati bilan bekor qilishda bir taraf boshqa tarafni qancha muddat oldin ogohlantirishi kerak?
Anonymous Quiz
40%
kamida 3 kalendar kun oldin
28%
kamida 2 hafta oldin
20%
kamida 1 oy oldin
12%
kamida 2 oy oldin
Tadbirkorlarga intellektual mulk obyektlarini muhofaza va himoya qilish yuzasidan huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi

Joriy yilning 14-iyun kuni Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti va Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan Farg‘ona viloyati "Qo‘qon erkin iqtisodiy" zonasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari va hunarmandlar ishtirokida tovar belgisini muhofaza va himoya qilish bo‘yicha sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida ishtirokchilarning intellektual mulk obyektlarini xususan, tovar belgilari va geografik ko‘rsatkichlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, muhofazaga olish va uni himoya qilish bilan bog'liq yig'ilib qolgan savollarga javob berildi. Jumladan, huquq egalari intellektual mulk obyektlarini himoya qilish uchun tegishli davlat organlariga murojaat qilish tartibi, tovar belgilariga nisbatan huquqbuzarlik uchun javobgarlik choralari to‘g‘risida batafsil tushuntirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM