ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.5K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev:

— Olis va chekka hududda yashovchi fuqarolarimizga yengillik yaratish, ularning vaqtini tejash maqsadida sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilishi yoʻlga qoʻyilgan. Hozirga vaqtga qadar 2,5 mlndan ortiq sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi. Birgina 2024-yilning 9 oyi davomida 662 mingga yaqin shunday tartibda xizmatlar koʻrsatilgan.

Sayyor xizmatlarni tashkil etish uchun maxsus moslashtirilgan avtomashinalar xarid qilingan boʻlib, ular koʻchma DXM vazifasini oʻtaydi. Ular barcha zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari bilan jihozlangan.


Davlat xizmatlari sohasida amalga oshirilgan ishlar, kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan matbuot anjumanidan.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi tomonidan Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish hamda unga tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini belgilash toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 3586, 19.12.2024-y.).

Yoʻriqnomaga koʻra, atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish ushbu ifloslantiruvchi moddalarni chiqaruvchi tashkilotlar (obyektlar) tomonidan amalga oshiriladi.

Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
➖xatlovdan oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va xatlovdan oʻtkazishda oʻlchashlar olib borish va hisob-kitob ishlarini bajarish;
➖xatlovdan oʻtkazish natijalarini rasmiylashtirish, kelishish va tasdiqlash.

Obyekt rahbari tomonidan atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish natijalari boʻyicha tuzilgan materiallar tasdiqlanib, ushbu materiallarni koʻrib chiqish uchun bir ish kun ichida hududiy ekologiya organiga taqdim etiladi.

Obyekt rahbari tomonidan taqdim etilgan materiallarda kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda ushbu materiallar hududiy ekologiya organi tomonidan 15 kun ichida kelishiladi.

Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish natijalari asosida obyekt rahbari tomonidan ruxsat etilgan chegaraviy tashlama (RECHT) materiallari ishlab chiqilib, tasdiqlanadi.

Bunda, I toifaga mansub obyektlar uchun Davlat ekologik ekspertizasi markazi, II va III toifaga mansub obyektlari uchun Davlat ekologik ekspertizasi markazining hududiy filiallari tomonidan RECHT materiallari yigirma kun ichida koʻrib chiqiladi.

Obyekt rahbari tomonidan taqdim etilgan RECHT materiallarida kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda ushbu materiallar Davlat ekologik ekspertizasi markazi va uning hududiy filiallari tomonidan kelishiladi.

▫️I, II va III toifaga mansub obyektlar uchun RECHT besh yil muddatga amal qiladi.
▫️IV toifadagi obyektlar uchun RECHT ishlab chiqilmasdan xatlov natijalari asosida olingan haqiqiy maʼlumotlar boʻyicha oʻrnatiladi.

Maʼlumot uchun: Hukumatning 2020-yil 7-sentyabrdagi 541-son qarorida I toifaga aeroport, atom stansiyalari, suv omborlari va toʻgʻonlar, II toifaga aerodrom, temir yoʻl depolari, III toifaga avtomobilga yonilgʻi va gaz quyish stansiyalari, avtopark, IV toifaga paxta titish sexlari, gilam toʻqish sexlari va boshqalar kirishi nazarda tutilgan.

Ishlab chiqarish texnologiyasi, foydalanilayotgan xom-ashyo tarkibi, ifloslantiruvchi moddalarning miqdori va tarkibi oʻzgarmagan obyektlar uchun RECHT ning muddati tugagan hollarda ushbu muddat yana besh yil muddatga uzaytiriladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Toshkent viloyati hududiy boʻlimi tashkil etiladi

“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (849-son, 18.12.2024-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Toshkent viloyati hududiy boʻlimi tashkil etiladi.

2026-yil 1-iyungacha Sud ekspertiza markazining Toshkent viloyati boʻlimini xalqaro standartlar bilan uygʻunlashgan davlat standarti talablariga javob beradigan binoga joylashtirish hamda maxsus mebel, kompyuterlar, boshqa zarur texnika va inventarlar, shuningdek, yuqori malakali professional kadrlar bilan taʼminlash choralari koʻriladi.

Sud ekspertiza markazida isteʼmol mahsulotlari tarkibida genetik modifikatsiyalangan organizmlar (GMO) mavjudligi va ichimlik suvining tarkibini aniqlashga qaratilgan tadqiqotlarni amalga oshiruvchi Isteʼmol mahsulotlari va ichimlik suvi tarkibini tahlil qilish laboratoriyasi tashkil qilinadi.

Sud ekspertiza markazining hududiy boʻlimlarida quyidagi ekspertiza va tadqiqot turlari bosqichma-bosqich joriy etiladi:
➖2025-yil 1-oktyabrgacha Sud ekspertiza markazining Navoiy viloyati boʻlimida Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi hamda Sud-xatshunoslik va hujjatlarning sud-texnikaviy ekspertizalari;
➖2026-yil 1-noyabrgacha Sud ekspertiza markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimida Sud-fonografiya, sud-yongʻin texnika va elektrotexnika ekspertizalari;
➖2026-yil 1-dekabrgacha Sud ekspertiza markazining Qashqadaryo viloyati hududiy boʻlimida Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi hamda Sud-xatshunoslik va hujjatlarning sud-texnikaviy ekspertizalari.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Qashqadaryo viloyatida NNT vakillari bilan uchrashdi

Ochiq muloqot tarzida oʻtgan tadbirda NNT vakillarining faoliyati, muammolari va ularning yechimlari haqida soʻz yuritildi.

Shuningdek, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga jamoat birlashmalarining oʻrni, fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish, aholining birlamchi huquq va erkinliklariga rioya etilishi, nikoh, oila va taraflarning majburiyatlari aytib oʻtildi.

Shu bilan birga aholiga sifatli yuridik va davlat xizmatlari koʻrsatilishi, huquqbuzarliklarni oldini olish hamda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalari muhokama etildi.

Ishtirokchilar tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatida vujudga kelayotgan huquqiy muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari

💡Davlat xizmatlarini baholash uchun yangi imkoniyat

Fuqarolarning davlat xizmatlaridan qoniqish darajasi va ularning qoʻshimcha fikr va eʼtirozlarini olishning yana bir muqobil vositasi ishga tushirildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri E.Tursunov vazirlikka otaliqqa biriktirilgan yoshlar, shuningdek, huquqshunoslik sohasida taʼlim olayotgan va kelajakda adliya sohasida ishlashga ishtiyoqi bor boʻlgan 150 nafardan ortiq yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.

Tadbir davomida yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” ham tashkillashtirilib, adliya faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan “Azart oqibati” nomli film namoyish qilindi.

Tadbir soʻngida yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar, takliflar va muammolarini toʻgʻridan-toʻgʻri vazirga yoʻlladilar.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​#Adliya_hudud

Chortoq tumanida “mahalla yettiligi” uchun mediatsiya boʻyicha oʻquv mashgʻulotlar tashkil etildi

Chortoq tumani hokimligida Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda “Mediatsiyaning mohiyati va prinsiplari hamda huquqiy asoslari” mavzusida mahalla raislari uchun seminar tashkil etildi.

Shuningdek, “Huquqiy mahalla” konsepsiyasi doirasida MFYlar ish faoliyatidagi hujjatlarni yuritish tartibi, murojaatlar bilan ishlash yuzasidan master-klass oʻtkazildi.

📌 Kanalga ulanish
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_savol

❓Sunʼiy intellekt kun sayin inson hayot tarzining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Bu ketishda sunʼiy idrok yuristlarni ham oʻrnini egallashi mumkinmi?

Aynan shu savolga biz huquq sohasi vakillari: Adliya vazirligi xodimlari va TDYU talaba va pedagoglaridan javob oldik.

💡Adliya vazirligining navbatdagi loyihasi ertaga taqdimot qilinadi. Bizni kuzatib boring.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari

💡Infokioskalardan foydalanish uchun videoqoʻllanma

Interaktiv infokioskalar orqali davlat xizmatlaridan foydalanish yanada tez, oson va qulay.

Batafsil 👉videorolikda

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Qarshi shahrida yuridik texnikum binosi foydalanishga topshirildi

Ochilish marosimida adliya vaziri Akbar Toshqulov, viloyat hokimi Murodjon Azimov, hududdagi huquqni muhofaza qiluvchi organ rahbarlari, yoshlar, OAV hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Mazkur bino Adliya vazirligi mablagʻlari hisobidan zamonaviy talablar asosida toʻliq kapital rekonstruksiya qilindi.

Mehmonlar oʻquvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy auditoriyalar, anjumanlar zallari, oʻquv xonalari, kutubxona, ovqatlanish hamda axborot-resurslari maskanlari bilan yaqindan tanishdilar.

Dunyo standartlariga mos ravishda qurilgan, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan mazkur oʻquv bino dizayniga innovatsion yondashilgani har bir detalda oʻz aksini topgan.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov hududiy adliya organlari faoliyatini oʻrganmoqda

Xususan, Toshkent viloyatidagi adliya organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF–80-son Farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar holati tahlil qilindi.

Shuningdek, tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan aholining kundalik hayotida eng koʻp uchraydigan huquqiy muammolarini aniqlash va bartaraf etish borasidagi ishlarga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi.

Bu borada Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazi, yuridik xizmat koʻrsatish markazi va FHDY boʻlimi xodimlari bilan uchrashuv oʻtkazilib sohadagi ustuvor vazifalar, xodimlarning xalqchil adliya tizimini yanada takomillashtirish borasidagi taklif va mulohazalari muhokama qilindi.

Davlat xizmatlari markazi va FHDY boʻlimida aholiga qulaylik yaratish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan yangi xizmat turlari va xizmat koʻrsatish samaradorligini oshirish yuzasidan zarur tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

Bundan tashqari, vazir oʻrinbosari A.Karimov tuman FHDY boʻlimi arxiv faoliyati bilan ham tanishdi. Boʻlim tomonidan fuqarolarga koʻrsatilayotgan xizmatlar, ularning sifati, arxiv boʻlimining moddiy texnik bazasi, hujjatlarning saqlanish holatini koʻzdan kechirdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM