ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.5K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Hududlarda davlat xizmatlarini koʻrsatish samaradorligi va tadbirkorlarga yaratilayotgan sharoitlar oʻrganilmoqda

Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev xizmat safari bilan Andijon viloyatida boʻlib, joylarga chiqqan holda aholi va tadbirkorlar muammolari hamda adliya organlari tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarni tahlil qildi.

Xususan, vazir oʻrinbosari tomonidan Asaka tumanida tadbirkorlar bilan manzilli muloqotlar oʻtkazilib, tekstil mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “Asakatekstil” MChJ hamda avtotransport vositalari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi “ADM Eleсtriсs” MChJ faoliyati yuzasidan soliq, kommunal xizmatlar hamda eksport hajmini oshirish bilan bogʻliq muammolarning huquqiy yechimi muhokama qilindi.

Shuningdek, Marhamat tumani “Rohat” mahallasida qurilayotgan “Mingtepa” gidro elektrostansiyasidagi tadbirkorlar va investorlar bilan oʻtkazilgan muloqot davomida loyihani amalga oshirishda yuzaga kelayotgan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan vazifalar yuzasidan Andijon viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, tizimli huquqiy muammolarni aniqlash hamda bartaraf etish ishlari yuzasidan koʻrsatmalar berildi.

Shu bilan birgalikda, Andijon viloyat davlat arxivi, Asaka tuman adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY boʻlimlari faoliyati bilan tanishilib, yangi joriy etilgan xizmatlar samaradorligi oʻrganildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Chet el valyutasidagi operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi belgilandi

Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (22-sonli BHMS) “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi” (roʻyxat raqami 3587, 2024-yil 19-dekabr) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Ushbu BHMSda yuridik shaxslarning chet el valyutasidagi operatsiyalarini hamda chet eldagi shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlarining maʼlumotlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish va ularni moliyaviy hisobotda yoritib berish tartibi belgilandi.

Yuridik shaxslarning chet el valyutasidagi operatsiyalari ularni amalga oshirish sanasidagi chet el valyutasining soʻmga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha tan olinadi.

Yuridik shaxslar moliyaviy hisobotni tuzishda chet el valyutasidagi aktivlari va majburiyatlarining qiymatini soʻmda qayta hisoblashi lozim.

Yuridik shaxslar chet eldagi shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlarining moliyaviy hisobotlarini konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotga kiritishda ularning chet el valyutasidagi aktivlari va majburiyatlarini hisobot davrining oxirgi sanasidagi Markaziy bank kursi boʻyicha qayta hisoblashi kerak.

Yuridik shaxslarning moliyaviy natijalariga olib boriladigan kurs farqlari summasi va boshqa maʼlumotlar moliyaviy hisobotga izohlarda yoritib berilishi lozim.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Kosonsoy tumani adliya boʻlimi xodimlari tomonidan aholi murojaatlari oʻrganilib, ijobiy hal etilmoqda.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Otaliqqa olingan yoshlar qoʻllab quvvatlanmoqda

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

11 yil kutgan onaning orzusi roʻyobga chiqdi

Beruniy tumanidagi bir onaning 11 yillik muammosi nihoyat oʻz nihoyasiga yetdi. Oʻz farzandlarining tugʻilganligini rasmiy qayd ettirish orzusida yillab sarson boʻlgan ona muammosi Beruniy tuman adliya boʻlimining koʻmagi bilan hal qilindi.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Vazir oʻrinbosari “Huquq sinfi” sharoitlari bilan tanishdi

Adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov Yangiyoʻl tumanidagi 1-sonli umumtaʼlim maktabida yoshlar va oʻqituvchilar bilan uchrashuv oʻtkazib, maktabda zamonaviy koʻrgazmali oʻqitish vositalari bilan taʼminlangan “Huquq sinfi” sharoitlari bilan tanishdi.

Tashrif davomida vazir oʻrinbosari tomonidan yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, qonunchilikdagi imtiyozlar haqida gapirib, “Huquq sinfi”da zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda huquq fanini chuqurlashtirib oʻrgatish, “Huquqshunoslik” yoʻnalishi boʻyicha oʻquv rejalari asosida oʻquvchilarni taʼlimning keyingi bosqichlarida samarali tahsil olishga tayyorlash, tuman (shahar), viloyat va respublika olimpiadalari hamda boshqa tadbirlarda faol ishtirok etishga jalb qilish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_tanlov

📣“Huquq maktabi” tanlovida gʻolib boʻlib Iphone 16 Pro yutib oling!

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi hamda Toshkent davlatyuridik universiteti hamkorligida “Huquq maktabi” mobil ilovasini ommalashtirish boʻyicha tanlov eʼlon qilindi!

⚠️Diqqat: Adliya organlari va muassasalari xodimlari tanlovda ishtirok etishi mumkin emas.

1-yoʻnalish: “Huquq maktabi” mobil ilovasini tarqatish

Siz yaqin doʻstlaringiz va tanishlaringizni “Huquq maktabi” mobil ilovasidan foydalanishga jalb qilishingiz kerak. Buning uchun:
▪️avval ilovadan roʻyxatdan oʻtish lozim.
▪️roʻyxatdan oʻtganingizdan soʻng profilingizdagi “Doʻstlarni taklif qilish” boʻlimida alohida maxsus kod va referalhavola taqdim etiladi.
▪️ushbu havola va maxsus kodni sms yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali doʻstlaringizga yuborasiz.
▪️kamida 20 nafar doʻstlaringiz havola orqali maxsus kodni kiritgan holda roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi kerak.

2-yoʻnalish: “Huquq maktabi” mobil ilovasidagi kurslarda ishtirok etish
▪️ilovadan roʻyxatdan oʻting
▪️soʻngra ilova orqali turli kurslarda qatnashib, “Oltin sertifikat”ga ega boʻling.

🏆Gʻoliblarni aniqlash

26-dekabr kuni har bir yoʻnalish boʻyicha talablarni bajargan ishtirokchilar orasidan tasodifiy tanlash yoʻli bilan gʻolibaniqlanadi.

Sovrinlar
▫️2 ta Iphone 16 Pro (har bir yoʻnalish boʻyicha 1 tadan)

🗓 Tanlov muddati
▫️tanlov joriy yilning 25-dekabrigacha davom etadi.

Taqdirlash marosimi
▫️Gʻoliblar 30-dekabrgacha taqdirlanadi.

ESLATMA!
Bir shaxs ayni vaqtda har ikkala yoʻnalish boʻyicha ham tanlovda ishtirok etishi mumkin! Har ikkala yoʻnalishdaqatnashgan ayni bir shaxs har ikkala yoʻnalish boʻyicha ham gʻolib boʻlganida sovrinlarning 1 tasi beriladi, ikkinchiyoʻnalish uchun qayta tasodifiy tanlash oʻtkaziladi.


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Har bir murojaat adliya xodimlari eʼtiborida

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2024-yil 12-dekabrdagi 13-son yig‘ilish qaroriga asosan Navoiy viloyat adliya boshqarmasining 2024-yil 13-dekabrdagi tegishli buyrug‘i bilan

▫️Navoiy shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius L.Norbutayevaga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi lisenziyasining amal qilish muddati 2024-yil 15-dekabrdan 1 oy muddatga to‘xtatildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_taqdimot

⚡️⚡️“Lex AI” – sunʼiy intellekt yordamida huquqiy masalalarga javob topishga koʻmaklashadigan yagona platformani taqdimoti boshlandi.

🖥 Onlayn-translyatsiya: https://www.youtube.com/embed/o8qLSh0stlY

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha

Adliya vazirligi tomonidan Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasidagi hujjatlar asosida onlayn javob berishga moʻljallangan “LexAI” chat-boti ishga tushirildi.

“LexAI” chat-boti qanday imkoniyatlarga ega? Bu haqida batafsil 👉 rolikda.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Namangan viloyatida “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida amalga oshirgan ishlar bilan tanishmoqda

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev dastlab “Huquqiy mahalla” loyihasi konsepsiyasi doirasida Toʻraqoʻrgʻon tumani “Zarbdor” mahallasida amalga oshirilgan ishlarning taqdimoti bilan tanishdi.

Toʻraqoʻrgʻon tumani “Zarbdor” mahallasidagi mavjud 1033 ta xonadon xatlovdan oʻtkazilib, 2529 ta huquqiy muammolar mavjudligi aniqlandi. Ulardan 2043 tasi hal etildi, qonun buzilish holatlari boʻyicha 7 ta korxona, tashkilotlarga taʼsir chorasi kiritildi, 3 marotaba “Adliya kuni” tadbirlari oʻtkazildi, aholi vakillariga 311 ta sayyor xizmatlar koʻrsatildi.

Shuningdek, “Huquqiy mahalla” konsepsiyasi doirasida aholining kundalik turmush tarzi bilan bogʻliq boʻlgan qonunchilik normalari (imtiyozlar, huquqlar va boshqa) roʻyxati shakllantirilib, ularning amalda ishlash holati tahlil qilindi. Xususan, mahalla hududidagi asosiy yoʻl boʻlgan Doʻstlik koʻchasiga piyodalar yoʻlagi chiziqlari chizildi, 44-sonli umumtaʼlim maktabi atrofiga koʻchma svetofor oʻrnatildi, 1033 dan ortiq xonadonni ichimlik suv bilan taʼminlovchi suvnasosi yangilanib, aholiga suvni yetkazib berish bosimi kuchaytirildi.

Bundan tashqari, “mahalla yettiligi” faoliyatini metodik taʼminlash maqsadida xodimlarga nizomlar, namunaviy hujjatlar, uslubiy qoʻllanmalar taqdim qilindi. 67 nafar shaxs mediatorlikka oʻqitilib, ularga sertifikatlar topshirildi. Vazir oʻrinbosari uyma-uy oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholini muammolarini qonuniy hal etish choralarini koʻrish kerakligini taʼkidladi.

Shuningdek, Davlatobod tumani “Orzu” mahallasida “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham yaqindan tanishilib, “mahalla yettiligi” bilan muloqot oʻtkazildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM