#Adliya_xabari
Tadbirkorlar uchun yana bir yengillik yaratilib, ularning ortiqcha maʼmuriy sarf-xarajatlari oldi olinmoqda
Bugun, 20-avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunning 15-moddasiga oʻzgartirish kiritish haqidagi qonun loyihasi koʻrib chiqildi.
Loyiha bilan maʼmuriy-hududiy birliklar tuzilishi yoki ularning chegaralari oʻzgarishi natijasida qayta davlat roʻyxatidan oʻtishlari lozim boʻlgan tadbirkorlik subyektlari va boshqa yuridik shaxslar tegishli davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan shaxslar toifasiga kiritilmoqda.
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Nukus shahrida tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazilayotgan bir paytda
mazkur qonun loyihasining koʻrib chiqilishi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashga oid olib borilayotgan islohotlarni davom ettirib, kelgusida ularning ortiqcha maʼmuriy sarf-xarajatlarini oldini olishga xizmat qiladi.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi va ikkinchi oʻqishda qabul qilindi.
@adliyangiliklari

#Adliya_hudud
Hududiy adliya organlari: kun davomida
🖥 Shirin shahar “Farhod” mahallasida tashkil etilgan “Adliya kuni” doirasida aholiga bepul huquqiy maslahat olish imkoniyati yaratildi.
🖥 Qumqoʻrgʻon tumani adliya boʻlimi vakillari tomonidan “Xalaki”, “Toʻgʻon”, “Yuksalish”, “Arpapoya”, “Tebat” mahallalarida uyma-uy yurish davomida 40 dan ortiq murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.
🖥 Yozyovon tumani adliya boʻlimi koʻmagida “Tegirmon boshi” mahallasida yashovchi Yunusovlar oilasining 50 yillik nikohlari rasmiylashtirilib, qonuniy qayd qilindi.
🖥 Qashqadaryo viloyatining “Yashil diyor” mahallasida aholiga 41 ta davlat xizmati sayyor tarzda koʻrsatildi.
🖥 Guliston tumanidagi “Oltin vodiy” mahallasida tashkil qilingan “Adliya kuni” tadbiri koʻplab huquqiy muammolar yechimi uchun xizmat qildi.
🖥 “Xotin-qizlarga huquqiy koʻmak” aksiyasi doirasida Samarqand viloyatidagi adliya organlari tomonidan 70 dan ortiq ommaviy sayyor qabul tashkil etildi, 195 nafar ayolning huquqiy himoyasi taʼminlandi.
@adliyangiliklari
Hududiy adliya organlari: kun davomida
@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_yechim
Jamoatchilik oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga taalluqli maʼlumotlarni qayerdan oladi?
Batafsil javob 👉videoda

#Mustaqillik_solnomasi
Batafsil 👉infografikada
@adliyangiliklari
❗️Mustaqillik: shonli 33 yil, 2003-yilda amalga oshirilgan ayrim muhim ishlar.
Batafsil 👉infografikada
@adliyangiliklari
#Adliya_xabari
Adliya vazirligida KPI joriy etilishi koʻrsatkichlarga qanday taʼsir qildi?
Adliya vazirligida KPI joriy etilishi natijasida 2024-yilning 6 oyligida erishilgan natijalar qatorida:
➖ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari soni 2023-yilning mos davriga nisbatan 73 foizga oshgan va 121 tani tashkil etdi;
➖huquqiy ekspertiza oʻtkazish uchun oʻrtacha vaqt 25 foizga qisqarib, 7,5 kunni tashkil qildi;
➖real huquqiy himoyasi taʼminlangan fuqarolar soni 117 ming nafarga yetdi, 2023-yilning mos davrida 9 ming 273 kishi boʻlgan;
➖121 ming nafar fuqaro bepul birlamchi huquqiy yordam oldi, yaʼni oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3,5 baravarga koʻp;
➖masofadan turib amalga oshirilgan notarial harakatlar soni 13 221 tani tashkil yetdi, taqqoslash uchun — 2023-yilning mos davrida bu koʻrsatgich bor-yoʻgʻi 51 taga teng edi;
➖davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish darajasi 27 foizdan 34,5 foizga yetkazildi;
➖28 ta yangi davlat xizmat turlari joriy etildi, bu 2023-yilning mos davriga nisbatan 8 taga koʻp;
➖ 50 ta davlat xizmati turlari “3 qadam” tamoyili asosida soddalashtirildi;
➖ijtimoiy tarmoqlarda huquqiy targʻibot materiallari qamrovi 65 foizga oshib, 103 mlnni tashkil etdi.
Umuman olganda, KPIning joriy etilishi vazirlikning samaradorligi, shaffofligi va masʼuliyatini oshirish yoʻlidagi muhim qadam boʻldi, bu esa aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifatini yaxshilashga, resurslarni sezilarli darajada tejashga, adliya organlarining xalqqa yanada yaqinlashtirishga xizmat qilmoqda.

Yakka tartibdagi uy-joy qurilgan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi qanday oʻlchamlarda eʼtirof etiladi?
Batafsil javob 👉videoda
@adliyangiliklari
Yakka tartibdagi uy-joy qurilgan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi qanday oʻlchamlarda eʼtirof etiladi?
Batafsil javob 👉videoda
@adliyangiliklari
#Adliya_teleloyiha
Ayni vaqtda Adliya vazirligi va “Oʻzbekiston” telekanali tomonidan oʻzaro hamkorlikda yoʻlga qoʻyilgan “YURIDIK KLINIKA” koʻrsatuvi boshlandi. Koʻrsatuv “Oʻzbekiston” telekanali orqali jonli efirga uzatilmoqda.
Mavzu: Mehnat qonunchiligi
Mavzu yuzasidan oʻz savollaringizni @yuridiklinikabot Telegram-boti yoki toʻgʻridan-toʻgʻri efir vaqtida 71-233-75-74 telefon raqamiga bogʻlanish orqali orqali yuborishingiz mumkin.
📹 https://www.youtube.com/watch?v=3r-v1Ktm6c4

❗️Mustaqillik: shonli 33 yil, 2004-yilda amalga oshirilgan ayrim muhim ishlar.
Batafsil 👉infografikada
@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
📹 Samarqand viloyatining Urgut va Pastdargʻom tumanlarida sayyor qabullar tashkil etildi.
@adliyangiliklari
📹 Samarqand viloyatining Urgut va Pastdargʻom tumanlarida sayyor qabullar tashkil etildi.
@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach
Adliya aralashuvi bilan pedagog kadrlarni kasbiy sertifikatlash natijalaridan norozi boʻlgan talabgorlarga apellatsiya shikoyatini berish imkoniyati yaratildi.
Adliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-fevraldagi 87-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga muvofiq davlat xizmatlari koʻrsatilishi monitoring qilindi.
Monitoring jarayonida 10 000 dan ortiq arizalarni koʻrib chiqishda qonun buzilish holatlari aniqlanib, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining mansabdor shaxsi maʼmuriy javobgarlikka tortildi.
Shuningdek, kasbiy sertifikatlash natijalaridan norozi boʻlgan talabgorlar uchun davlat xizmatlari markazlari (DXM) hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal (YIDXP) orqali apellatsiya shikoyatini berish imkoniyati joriy etilmaganligi aniqlanib, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga yuqoridagi maʼmuriy reglamentga muvofiq davlat xizmatini joriy etish lozimligi yuzasidan taqdimnoma kiritildi.
Mazkur taqdimnoma ijrosi natijasida DXM va YIDXP orqali kasbiy sertifikatlash natijalaridan norozi boʻlgan talabgorlar uchun apellatsiya shikoyatini berish imkoniyati yaratildi.
Adliya vazirligi tomonidan boshqa sohadagi davlat xizmatlari koʻrsatilishi yuzasidan monitoring tadbirlari davom etmoqda.

❗️Mustaqillik: shonli 33 yil, 2005-yilda amalga oshirilgan ayrim muhim ishlar.
Batafsil 👉infografikada
@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_yechim
Qaysi hollarda fuqarolarning bogʻdorchilik va uzumchilik shirkatlari hududida joylashgan turar joylariga boʻlgan mulk huquqini hamda ular egallagan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini eʼtirof etiladi?
Batafsil javob 👉videoda
@adliyangiliklari
Qaysi hollarda fuqarolarning bogʻdorchilik va uzumchilik shirkatlari hududida joylashgan turar joylariga boʻlgan mulk huquqini hamda ular egallagan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini eʼtirof etiladi?
Batafsil javob 👉videoda
@adliyangiliklari
#Adliya_xabari
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining 2024-yil 22-avgustdagi 94-um son buyrug‘i bilan:
▫️Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati taftish instansiyasining 2024-yil 28-martdagi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining 2024-yil 2-avgust kunidagi xatiga asosan Guliston shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Farida Tulkunovna Djurabayevaning xususiy amaliyot bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyasi va notarius maqomi 2024-yil 22-avgust kunidan tiklandi.

Maxsus reportaj | Vazifa va ijro: ijtimoiy himoya ta’minlanmoqda
@adliyangiliklari
Maxsus reportaj | Vazifa va ijro: ijtimoiy himoya ta’minlanmoqda
@adliyangiliklari
#Adliya_xabari
Adliya vazirligida BMTning maxsus maʼruzachisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
20-avgust kuni BMTning Munosib turar joy masalalari boʻyicha maxsus maʼruzachisi B.Rajagopalning adliya vaziri oʻrinbosari M.Ikramov, Bosh prokuror oʻrinbosari S.Samadov hamda Majburiy ijro byurosi direktori oʻrinbosari Z.Xalmuxammedov bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekistonda aholini uy-joy bilan taʼminlash va shu orqali samarali uy-joy siyosatini yoʻlga qoʻyishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar muhokama qilindi.
Uchrashuvda BMTning turli institutlari tomonidan Oʻzbekiston bilan birgalikda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga yuqori baho berilib, jumladan mazkur ishlar mamlakatimizda insonlarning xususiy mulkka boʻlgan konstitutsiyaviy huquqlarini mustahkamlashga, shuningdek, umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlarga eʼtibor qaratgan holda davlat uy-joy siyosatini isloh qilishga xizmat qilishini alohida taʼkidlandi.
Adliya vaziri oʻrinbosari M. Ikramov aholining turar joy bilan taʼminlanish maqsadida qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar va amaliy ishlarga toʻxtalib, xususan, “2024-yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonining qabul qilinishi ularning mantiqiy davomi, deya taʼkidladi.
Hujjatga koʻra, hududlarda 100 ming xonadonga moʻljallangan koʻp qavatli uylar quriladi. Ipoteka kreditlarini moliyalashtirishga kamida 17 trln soʻm yoʻnaltiriladi. Kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan oilalarga “mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida oʻz uy-joylarini qurish va taʼmirlash uchun 20 yil muddatga ipoteka kreditlari beriladi.
Oʻz navbatida, BMTning maxsus maʼruzachisi B.Rajagopal BMT maxsus maʼruzachisi B.Radjagopal bu kabi harakatlarni yuqori baholab, aholini munosib turar joy bilan taʼminlash, ularning haq-huquqlarini taʼminlash boʻyicha taklif va tavsiyalarini bildirdi.
Tomonlar mazkur formatdagi uchrashuv oʻzaro fikr almashish, amalga oshirilgan ishlarning hozirgi holatini baholash va koʻrib chiqilayotgan kun tartibi boʻyicha yaqin va uzoq muddatli istiqbolda eng muhim ustuvorliklarni belgilash uchun samarali platforma sifatida qabul qilinishiga ishonch bildirdi.
Adliya vazirligi
Axborot xizmati