ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.76K videos
39 files
9.52K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Diqqat_muhim

📣 Hurmatli hamyurtlar!

Adliya vazirligining 1008 – “Ishonch telefoni” faoliyati texnik ishlar olib borilayotganligi sababli 15:00 da toʻxtatiladi. Ertaga 09:00 dan faoliyatini boshlaydi.

Murojaatlaringiz boʻlsa, Adliya vazirligining (71) 207-04-43 (ichki raqam — 1021) raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasining doimiy vakili bilan uchrashdi

Bugun, 22-avgust kuni adliya vaziri Akbar Toshqulov BMT Taraqqiyot dasturining (BMTTD) yangi tayinlangan Oʻzbekistondagi vakolatxonasining doimiy vakili Akiko Fujii bilan uchrashdi.

Uchrashuvda avvalida A. Toshqulov Akiko Fujii xonimni BMTTD Oʻzbekistondagi vakolatxonasining doimiy vakili lavozimiga tayinlangani bilan tabriklab, unga mazkur masʼuliyatli lavozimda va sharafli xizmatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Adliya vaziri Oʻzbekistonda soʻngi yillarda keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirilishida BMTTD ulkan hissasini qoʻshib kelayotganligini taʼkidlab, oʻz minnatdorligini bildirdi.

A. Fujii oʻz oʻrnida, Oʻzbekistonda oʻtkazilayotgan islohotlarni ijobiy baholab, 8 ta davlatda oʻz faoliyatini olib borganligi, har bir mamlakatda qonun ustuvorligi va hukumatning shaffofligini taʼminlashda Adliya vazirligi muhim oʻrin egallashini kuzatganligini hamda Oʻzbekistonda ham vazirlik mazkur yoʻnalishlarda tashabbuskorligini qayd etdi.

Adliya vazirligi aholiga ochiq va hisobdor organ boʻlib, inson huquqlarini himoya qilish sohasida oʻz islohotlarini olib borishi hamda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun imkoniyatlarni kengaytirishiga alohida eʼtibor koʻrsatib kelishi alohida taʼkidlab oʻtildi.

Tomonlar amalga oshirilayotgan loyihalar va tadbirlar haqida atroflicha fikr almashib, huquq va adliya sohasida oʻzaro istiqbolli hamkorlikni jadallashtirishga kelishib oldilar.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Navoiy viloyatida huquqiy xizmatlar tashkil etilishi holatini oʻrgandi

Adliya vaziri oʻrinbosari A.Karimov xizmat safari bilan Navoiy viloyatida boʻlib turibdi. Aholi murojaatlarini bilan ishlash, aniqlangan huquqiy muammolarni hal qilish, hududda huquqiy xizmatlarning tashkil etilish va “mahalla yettilik”lariga uslubiy koʻmaklashish masalalari vazir oʻrinbosarining diqqat markazida boʻldi.

Birinchi manzil — Navoiy shahridagi “Bunyodkor” mahallasi. Bu yerda tashkil etilgan sayyor qabul davomida turar-joyga egalik huquqini tiklash, oilaviy va mehnat munosabatlari, kommunal xizmatlar yoʻnalishida 50 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi. Ularning aksariyatiga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi, oʻrganishni talab etiladiganlar ish yurituvga olindi.

Bundan tashqari, 20 turdagi davlat xizmatlari sayyor tartibda koʻrsatildi, besh nafar fuqaroga notarial harakatlarni amalga oshirishda, 2 nafariga FHDYga oid masalalarda koʻmaklashildi. “Madad” NNT vakillari tomonidan fuqarolarga birlamchi yuridik yordam koʻrsatildi.

Shu kunning oʻzida, adliya vaziri oʻrinbosari “Bunyodkor” mahallasida masʼullar bilan muloqot oʻtkazdi. Bunda “mahalla yettiligi” va adliya organlari hamkorligi, faoliyatga uslubiy koʻmak, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oila vakillari bilan ishlash, ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan imtiyozlarni tegishli tartibda qoʻllash singari bir qator masalalar eʼtibor markazida boʻldi.

Shuningdek, A. Karimov ishtirokida Navoiy viloyat adliya organlarining faoliyati, hududda huquqiy xizmatlarning tashkil etilishi yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Muhokama davomida tizimda kadrlar bilan ishlash amaliyoti, inson huquqlari, fuqaro murojaatlari, huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish singari adliya organlari vakolati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud kamchilik tahlil etildi. Faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida zarur tavsiyalar berildi.

@adliyangiliklari
#Mustaqillik_solnomasi

❗️Mustaqillik: shonli 33 yil, 2006-yilda amalga oshirilgan ayrim muhim ishlar.


Batafsil 👉infografikada

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Bugun Adliya vazirligida “Bepul yuridik yordam koʻrsatishning minimal standartlari” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbir BMT TDning “Oʻzbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” loyihasi doirasida tashkil etildi. Uning maqsadi — bepul yuridik yordam tizimi haqida tajriba almashish, mutaxassislarning fikr va mulohazalarini tinglash va Oʻzbekistonda bepul yuridik yordam koʻrsatuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari va yuridik klinikalarni ragʻbatlantirishdir.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Mustaqillik_solnomasi

❗️Mustaqillik: shonli 33 yil, 2007-yilda amalga oshirilgan ayrim muhim ishlar.


Batafsil 👉infografikada

@adliyangiliklari