ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.76K videos
39 files
9.53K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

“Yevro-2024” futbol musobaqalari yozuvidan ruxsatsiz foydalangan shaxs jarimaga tortildi

Аdliya vazirligi tomonidan huquq egasining murojaati asosida “Yevro-2024” futbol musobaqalari Telegram ijtimoiy tarmog‘ining “AF(L)” kanalida huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxsning ruxsatisiz barchaning e’tiboriga yetkazilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan kanal adminiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177(1)-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.

Sud qaroriga ko‘ra huquqbuzarga nisbatan jarima jazosi tayinlandi.

Mualliflik va turdosh huquq obyektlaridan huquq egasining ruxsatisiz, noqonuniy ravishda foydalanish javobgarlikka sabab bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantiramiz.

Hurmatli fuqarolar, agarda sizning mualliflik yoki turdosh huquqlaringiz buzilayotgan bo‘lsa, huquqlaringizni himoya qilish uchun Adliya vazirligiga murojaat qiling.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Ekspertiza imkoniyatlari

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Sud-kompyuter texnikaviy ekspertizasi bo'limi faoliyati haqida video lavha.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❓Bolani biriktirilgan maktabdan boshqa maktabga joylashtirish mumkinmi?

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Intellektual mulk sohasida nazorat xaridini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Vazirlar Mahkamasi Qarori qabul qilindi

Vazirlar Mahkamasining ushbu (441-son, 23.07.2024 y.) Qarori bilan adliya organlariga O‘zbekiston Respublikasida huquqiy muhofazaga olingan intellektual mulk obyektlariga oid huquqbuzarlikni aniqlash yuzasidan savdo nuqtalarida (bozorlar, savdo do‘konlari, ko‘chma savdo shahobchalari, dorixonalar va boshqalar) realizatsiya qilinadigan tovarlarni xarid qilish vakolati berildi.

Intellektual mulk sohasida nazorat xaridi jismoniy va yuridik shaxslarning tadbirkorlik faoliyatiga aralashmagan holda ikki nafar xolislar ishtirokida amalga oshiriladi va bu tadbirkorlik subʼektlari faoliyatida tekshiruv oʼtkazish hisoblanmaydi.

Nazorat xaridi bu borada yuzaga keladigan asoslarga koʼra rejali va rejadan tashqari tarzda oʼtkaziladi. Shuningdek, Nazorat xaridi kassa cheki yoki belgilangan shakldagi toʼlov amalga oshirilganligi haqidagi boshqa hujjat rasmiylashtirilganda amalga oshirilgan hisoblanadi.

Nazorat xaridida olingan tovarlar boʼyicha intellektual mulkka boʼlgan huquqlar buzilishi holatiga huquqiy baho berish maqsadida Tovarlarni oʼrganish amalga oshiriladi hamda qonunbuzilish holati aniqlansa, adliya organi tomonidan huquq egasiga bu toʼgʼrisida uch ish kuni ichida xabar qilinadi. Xabardor qilingan huquq egalaridan tegishli holat boʼyicha chora koʼrish haqida murojaat kelib tushsa, u qonunchilikda belgilangan tartibda koʼrib chiqiladi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Hududlarda “Adliya kuni” doirasida sayyor qabul va "Huquqiy ko‘mak" tadbirlari davom etmoqda

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Shoirning she’rlaridan ruxsatsiz foydalangan shaxs jarimaga tortildi

Аdliya vazirligi tomonidan vakolatli shaxsning murojaati asosida shoir Q.Q.ning “Otang Bоу”, “Ona qarang zo‘r bo‘lib ketdim”, “Onamga yoqmayapsan” nomli she’rlari xonanda Q. R. tomonidan huquq egasi ruxsatisiz hamda tegishli tartibda mualliflik haqini to‘lamasdan foydalanilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177(1)-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.

Sud qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan jarima jazosi tayinlandi.

Mualliflik va turdosh huquq obyektlaridan huquq egasining ruxsatsiz, noqonuniy ravishda foydalanish javobgarlikka sabab bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantiramiz.

Hurmatli fuqarolar, agarda sizning mualliflik yoki turdosh huquqlaringiz buzilayotgan bo‘lsa, huquqlaringizni himoya qilish uchun Adliya vazirligiga murojaat qiling.

@adliyangiliklari
#Adliya_yoshlar

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi TDYU o‘qituvchilari va talabalari hamda Surxondaryo viloyat yuridik texnikumi mas'ul xodimlari ishtirokida Termiz shahridagi "Amudaryo" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida adliya otalig‘iga olingan maktab o‘quvchilari o‘rtasida davra suhbati tashkil etilib, ularni qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi.

Tadbir davomida, bolajonlar uchun “Sportni sev, sport bilan yasha” shiori ostida sport o‘yinlari, xususan, shaxmat, shashka hamda stol tennisi bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

Qizg‘in davom etgan bahslarda g‘oliblar munosib taqdirlandi.

Bu kabi tadbirlar yoshlаr o‘rtаsidа yot g‘oyalаr tа’sirigа tushib qolishning oldini olishgа, huquqbuzаrliklаrgа nisbаtаn murosаsizlik munosаbаtini shаkllаntirishga, ulаrdа qonunlаrgа hurmаt hissini kuchаytirishgа xizmat qiladi.

@adliyangiliklari
🏢O'zbekiston Respublikasi adliya vaziri o'rinbosari Sh.Rabiyev Qoraqalpog'iston Respublikasida "mahalla yettiligi" va aholi bilan uchrashdi.

👉Adliya vaziri o'rinbosari Sh.Rabiyev Nukus shahrining "Navbahor","Navruz" MFY va Qorao'zak tumani "Madaniyat" OFY da "mahalla yettiligi" bilan uchrashdi, shuningdek hudud aholisi uchun sayyor qabul o'tkazib, ularning huquqiy muammolarini o'rgandi va hal etish yuzasidan mas'ullarga topshiriq va tavsiyalarini berdi.

📌Safar so'ngida Xadicha Sulaymanova nomidagi respublika sud ekspertizasi markazi Qoraqalpog'iston bo'limi, Qorao'zak tumani adliya bo'limi faoliyati va Nukus shahar DXMning yangi binosi qurilish jarayoni bilan tanishdi.

@adliyangiliklari