ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.76K videos
39 files
9.54K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_hudud

“Adliya kuni”da huquqiy muammolar oʻrganildi

Aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning huquqiy muammolarini oʻrganish maqsadida bugun adliya masʼullari Boyovut tumanidagi “Ijodkor” mahallasida boʻlishdi. “Adliya kuni” doirasida sayyor qabul hamda “mahalla yettiligi” bilan muloqot tashkil qilindi. Shuningdek, aholining huquqiy muammolari uyma-uy oʻrganildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“O‘rikzor Savdo Majmuasi”da kontrafakt mahsulotlar savdosiga chek qo‘yildi

Joriy yilning 27-iyun kuni Adliya vazirligiga “Naseem Al Hadaeq Parfumes” kompaniyasining ushbu kompaniyaga tegishli “LAMSA”, “BUSHRA” hamda “NASEEM” tovar belgilaridan noqonuniy foydalangan holda ishlab chiqarilgan kontrafakt mahsulotlar sotilayotganligi yuzasidan murojaati kelib tushdi.

Murojaatda bayon etilgan holatlarga aniqlik kiritish maqsadida vazirlik xodimlari tomonidan O‘rikzor savdo majmuasida faoliyat olib boruvchi “P.Sh” MChJda tekshiruv o‘tkazilib, natijada haqiqatdan ham “P.Sh” MChJ tomonidan “LAMSA”, “BUSHRA” hamda “NASEEM” belgilaridan bir xil tarzda foydalanilgan holda tayyorlangan kontrafakt kosmetika vositalari sotilayotganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan “P.Sh” MChJga nisbatan Adliya vazirligining qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma ta’sir chorasi qo‘llanilib, huquqbuzarga kontrafakt mahsulotlarni savdodan olib tashlash boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Ma’lumot o‘rnida, “LAMSA”, “BUSHRA” hamda “NASEEM” tovar belgilari ostidagi asl mahsulotlar qadog‘idagi Qr-kodni skanerlanganda ishlab chiqaruvchi haqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatiladi, kontrafakt mahsulotdagi QR-kod esa ishlamaydi.

Ogoh bo‘ling! Tovar belgisidan yoki adashtirib yuborish darajasida u bilan o‘xshash bo‘lgan belgidan tovarlarda, tovarlarning etiketkalaridan, o‘rovlaridan qonunga zid ravishda foydalanilganda ular kontrafakt hisoblanadi.
Kontrafakt mahsulotlarni tayyorlash, qo‘llash, olib kirish, savdoga taklif etish, sotish, o‘zgacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritish yoki ularni shu maqsadda saqlash qonunchilikda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_intellektual_mulk

Fotografiya asaridan ruxsatsiz foydalanish holati bo‘yicha chora ko‘rildi

Аdliya vazirligi tomonidan muallif M.K.ning murojaatini ko‘rib chiqish davomida unga tegishli bo‘lgan fotografiya asari huquq egasining ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan “O‘zbekiston nashriyot matbaa ijod uyi” MChJ tomonidan foydalanilganligi ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan vazirlik tomonidan “O‘zbekiston nashriyot matbaa ijod uyi” MChJga nisbatan mualliflik huquqini buzganlik uchun tegishli huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanildi.

Hurmatli ijodkorlar, agarda sizning mualliflik yoki turdosh huquqlaringiz buzilayotgan bo‘lsa, huquqlaringizni himoya qilish uchun Adliya vazirligiga murojaat qiling.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_teleloyiha #islohotlar_biz_uchun #inson_qadri

Adliya vazirligi va "O‘zbekiston" telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan "YURIDIK KLINIKA" ko‘rsatuvi efirga uzatildi.

Mavzu: Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi islohotlar

Savollarga Adliya vazirligi Davlat xizmatlari departamenti mas’ul xodimlari javob berdi.

@adliyangiliklari
#ОАВ_биз_ҳақимизда

Qonun hujjatlaridan jozibadorligini yo‘qotgan tashkiliy-huquqiy shakllar chiqarib tashlanadi

Davlatimiz rahbarining 2022 yil 8 noyabrdagi «Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Adliya vazirligi tomonidan «Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonuni loyihasi ishlab chiqildi.

Mazkur qonundan ko‘zlangan maqsad haqida Adliya vazirining o‘rinbosari Xudoyor Meliyev quyidagilarni so‘zlab berdi: – Mazkur qonun amaldagi qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi 44 moddadan iborat.
Unga ko‘ra, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarni tashkil etishda ayrim kam ahamiyatli talablarni qisqartirish maqsadida ta’sis shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish talabi bekor qilinmoqda.

Batafsil👈🏻

@adliyangiliklari
#Yozgi_oromgoh
#Tengdoshimga_huquqiy_yordam

Namangandagi bolalar oromgohlarida huquqiy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazilmoqda

📣Toshkent davlat yuridik universitetidan vakil va Namangan viloyati adliya boshqarmasi mas'ul xodimi bilan birgalikda Yangiqo’g’on tumanida joylashgan "Zarkent" bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida vaqtini maroqli o'tkazayotgan bolalar bilan uchrashib ularni huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida turli tadbirlarni amalga oshirildi.

Yangiqo’rg’on tumanidagi "Nanay" bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi hamda Kosonsoydagi “Sohil” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida maroqli hordiq chiqarayotgan o’g’il-qizlar bilan o’tkazilgan tadbirlar bolajonlarga biro lam zavq ulashdi.

Tadbirda faol ishtirok etgan bilimli, zukko o’quvchilar Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Namangan viloyati adliya boshqarmasining sovg’alari bilan taqdirlandi.

Bu kabi uchrashuvlar yosh avlodni qonunga hurmat ruhida tarbiyalash hamda ularning huquqiy savodxonlini yuksaltirishda hissa qo'shadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Farg‘ona tumanining  markazdan olis Qirg‘iziston chegara hududida joylashgan “Yuqori gulshan” mahalla fuqarolari yig‘inida “Adliya kuni” tadbiri o‘tkazildi

“Adliya kuni” tadbiri doirasida tashkillangan sayyor qabulda adliya tizimadiga FHDY, DXM, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bilan birgalikda hamkor tashkilotlar ishtirok etdi.  Sayyor qabul davomida “Yuqori gulshan”, "Boymahalla", “Gulshan” mahalla fuqarolari yig‘inlarining 200 ga yaqin fuqarolari qatnashdi.

Sayyor qabulda fuqarolardan turli sohalarga oid 40 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi. Aksariyat murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. O'rganish talab etiladigan murojaatlar bo‘lim ish yurituviga olindi. Bundan tashqari, tashrif buyurganlarga DXM xodimlari tomonidan 28 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

@adliyangiliklari