#Adliya_hisobot
2024-yil I chorakda
▫️55 yoshli talabadan TOP-1000 talikkacha: Toshkent davlat yuridik universitetining asosiy koʻrsatkichlari
@adliyangiliklari

#Adliya_xabari
Adliya vazirligi delegatsiyasi va Koreya Respublikasining Shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish komissiyasi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi
Adliya vazirligi delegatsiyasi Koreya Respublikasidagi tashrif chogʻida Koreya Respublikasining Seul shahrida adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Koreya Respublikasining Shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish komissiyasining bosh direktori Ko En Yong bilan uchrashdi. Tomonlar har ikki davlatdagi shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish va himoya qilish tizimi, sohada erishilgan yutuqlar muhokama qilib, oʻzaro fikr almashdi.
Uchrashuvning ikkinchi qismida komissiya vakillari tomonidan tashkilot faoliyati, asosiy vazifa va funksiyalari, jumladan, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik yuzasidan taqdimot qilindi.
Xususan, komissiya shaxsga doir ma’lumotlar sohasidagi arizalarni ko‘rib chiqish, nizolarni hal etish, shuningdek, shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish sohasida vakolatli davlat organi hisoblanib, maqom jihatidan vazirliklarga tenglashtirilganligi maʼlum qilindi.
Tashrif yakunida tomonlar amaliy hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha memorandum loyihasini ishlab chiqish hamda uni imzolashga kelishib oldi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ekspert_sharhi
Davlat xizmatchilarini haqorat qilganlik uchun qonunchilikda javobgarlik belgilanganmi?
Ekspert, TDYU Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi dotsenti Ma'rufjon Kurbanov ushbu savolga javob berdi.
@adliyangiliklari
Davlat xizmatchilarini haqorat qilganlik uchun qonunchilikda javobgarlik belgilanganmi?
Ekspert, TDYU Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi dotsenti Ma'rufjon Kurbanov ushbu savolga javob berdi.
@adliyangiliklari
#Adliya_hisobot
2024-yil I chorakda
▫️ “Artel”dan “Korzinka”gacha: xorijda roʻyxatdan oʻtgan milliy brendlarimiz

▫️Samarqand tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius M.Normatovga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyasining amal qilish muddati 2024-yil 6-maydan 1 oy muddatga vaqtincha to‘xtatildi.
@adliyangiliklari
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining qaroriga asosan, Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:
▫️Samarqand tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius M.Normatovga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyasining amal qilish muddati 2024-yil 6-maydan 1 oy muddatga vaqtincha to‘xtatildi.
@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_qulaylik
Interaktiv kioskalar qanday ishlaydi?
Davlat xizmatlaridan foydalanish yana ham osonlashdi.
Endi davlat xizmatlari har bir mahallaga kirib bormoqda. Bugun sizlar bilan onlayn xizmatlardan tez, oson va qulay foydalanish imkonini beruvchi ana shunday interaktiv kioskalardan qanday foydalanishni o‘rganamiz.
Mazkur kioskalarda hozirda 37 ta xizmat ko‘rsatiladi. Yil yakuniga qadar tuman markazidan uzoqda joylashgan mahallalar va aholi gavjum bo‘lgan joylarda 1 500 ta interaktiv kioskalar joylashtiriladi hamda interaktiv kioskalar orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar soni 70 taga yetkaziladi.
Batafsil 👉rolikda

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Koreya Respublikasi Adliya vazirligi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini chuqurlashtirish va kengaytirish bo‘yicha muzokara bo‘lib o‘tdi
👉Batafsil
@adliyangiliklari
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Koreya Respublikasi Adliya vazirligi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini chuqurlashtirish va kengaytirish bo‘yicha muzokara bo‘lib o‘tdi
👉Batafsil
@adliyangiliklari
#Adliya_hisobot
2024-yil I chorakda
▫️Oltmishvoylar, yetmishvoylar, egizaklar: FHDYga oid eng qiziq statistik maʼlumotlar

▫️Yuridik xizmat markazlari tomonidan berilgan huquqiy xulosalar

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
✔️Qarorni qabul qilish zarurati:
1️⃣ Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi Lex.uz da 14 mingdan ortiq amaldagi qonunchilik hujjatlari mavjud bo'lib, ularning deyarli 93 foizini qonunosti hujjatlari tashkil etadi;
2️⃣ har yili o'rtacha 1,5 mingta qonunchilik hujjatlari qabul qilinib, ularning aksariyat qismini qonunosti hujjatlari tashkil etadi. Tahlillar shuni ko'rsatmoqdagi ularda, ayniqsa Hukumat qarorlarida, normativ-huquqiy tusga ega bo'lmagan vaqtinchalik (bir martalik) tashkiliy chora-tadbirlar nazarda tutiladi;
3️⃣ shu bois norma ijodkorligi sohasida o'z ahamiyatini yo'qotgan qonunosti hujjatlarini bekor qilish doirasida “Tartibga solish gilotinasi” usuli qo'llanilib kelmoqda va ushbu yo'nalishda so'nggi 5 yilda 8 848 ta qonunosti hujjatlari bekor qilindi.
✅Qarorda quyidagilar nazarda tutilmoqda:
O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 493 ta (shundan 362 tasi yaxlit, 131 tasi o'zgartirish va qo'shimchalar) o'z ahamiyatini yo'qotgan qarorlarini o'z kuchini yo'qotgan deb topish.
@adliyangiliklari
❗️Vazirlar Mahkamasining (226-son, 06.05.2024 y.) qarori bilan qonunchilik hujjatlari qisqartirilmoqda
✔️Qarorni qabul qilish zarurati:
1️⃣ Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi Lex.uz da 14 mingdan ortiq amaldagi qonunchilik hujjatlari mavjud bo'lib, ularning deyarli 93 foizini qonunosti hujjatlari tashkil etadi;
Ma'lumot uchun:
Yevropa davlatlarida qonunlarning salmog'i o'rtacha 25-30 foizni, shu jumladan, Germaniyada 30 foizni, Fransiyada 26 foizni, Avstraliyada 26 foizni Buyuk Britaniyada 23 foizni tashkil etadi.
2️⃣ har yili o'rtacha 1,5 mingta qonunchilik hujjatlari qabul qilinib, ularning aksariyat qismini qonunosti hujjatlari tashkil etadi. Tahlillar shuni ko'rsatmoqdagi ularda, ayniqsa Hukumat qarorlarida, normativ-huquqiy tusga ega bo'lmagan vaqtinchalik (bir martalik) tashkiliy chora-tadbirlar nazarda tutiladi;
Ma'lumot uchun:
2017-2022 yillarda qabul qilingan 6 mingta yaxlit qonunchilik hujjatlarida belgilangan masalalar o'rganilganida, ularning 45 foizini huquqiy normalar, qolgan 55 foizini esa topshiriqlar, tavsiya va ma'lumot ko'rinishidagi boshqa masalalar tashkil etishi aniqlangan.
3️⃣ shu bois norma ijodkorligi sohasida o'z ahamiyatini yo'qotgan qonunosti hujjatlarini bekor qilish doirasida “Tartibga solish gilotinasi” usuli qo'llanilib kelmoqda va ushbu yo'nalishda so'nggi 5 yilda 8 848 ta qonunosti hujjatlari bekor qilindi.
Ma'lumot uchun:
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 sentabrdagi PF–6075-son Farmoni bilan 498 ta hamda 2021 yil 30 apreldagi PF–6218-son Farmoni bilan 380 ta, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 fevraldagi 87-son qarori bilan 1 887 ta, 2022 yil 21 iyuldagi 396-son qarori bilan 422 ta, shuningdek, vazirlik va idoralarning buyruqlari bilan 1 322 ta, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi PF–6155-son Farmoni ijrosi doirasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining 4 339 ta eskirgan va o'z ahamiyatini yo'qotgan hujjatlar bekor qilindi.
✅Qarorda quyidagilar nazarda tutilmoqda:
O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 493 ta (shundan 362 tasi yaxlit, 131 tasi o'zgartirish va qo'shimchalar) o'z ahamiyatini yo'qotgan qarorlarini o'z kuchini yo'qotgan deb topish.
Ma'lumot uchun:
ushbu qarorlar vaqtinchalik (bir martalik) hamda tashkiliy chora-tadbirlarni (yillik rejalar, bayram kunlari va yubileylarni nishonlash) amalga oshirish bilan bog'liq hujjatlar hisoblanadi.
@adliyangiliklari
Forwarded from Oliy Majlis Senati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2024-yilning 13-14-may kunlari Samarqand shahrida “Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga mintaqaviy yondashuv” mavzusida Osiyo xotin-qizlari forumi o‘tkaziladi.
Senat.uz | Facebook | Instagram | Youtube | Virtual murojaat | Mediateka | Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim
📣 Jurnalistlar va faol jamoatchilik vakillari diqqatiga!
Bugun, 13-may kuni soat 15:00 da O‘zbekiston milliy matbuot markazi binosida “Qonunchilikdagi yangiliklar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etilmoqda.
Mavzu: “Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va o‘tkazishni tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmonidagi yangiliklar
Tadbirda Adliya vazirligi, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va boshqa tegishli tashkilot mas'ullari ishtirok etib, jurnalistlarni qiziqtirgan savollariga javob beradi.
OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.
Savollaringizni @MARKAZ16Uz ga yuborishingiz mumkin.
📲 Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning Facebook hamda YouTubedagi sahifasi orqali JONLI tomosha qiling.