ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliyadan_javob

❓ Moliya bozori va tovar bozori nima?

— Moliya bozori — banklar, kredit, sug‘urta va boshqa moliya tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatning, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilari xizmatlarining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomala doirasi bo‘lib, Oʼzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishiga mos kelmasligi mumkin va mazkur muomala doirasi chegaralarida bunday xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati mavjud bo‘ladi.

Tovar bozori — tovarning, shu jumladan bir-birining o‘rnini bosadigan tovarning (o‘zining belgilangan maqsadi, qo‘llanilishi, sifati va texnik xususiyatlari, narxi hamda boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha taqqoslanishi mumkin bo‘lgan, isteʼmolchi almashtirishga tayyor bo‘lgan tovarning) O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomalasi doirasi bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishiga mos kelmasligi mumkin va mazkur muomala doirasi chegaralarida tovarni olish yoki realizatsiya qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi.
____________________

❓ Tovar va moliya bozorini o‘rganishda monopoliyaga qarshi organ yuridik va jismoniy shaxslardan, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlaridan, statistika organlaridan tegishli ravishda qanday maʼlumotlarni so‘rab olishi mumkin?

— Quyidagi maʼlumotlarni so‘rab olishi mumkin:
▫️rasmiy statistika maʼlumotlari;
▫️tovarlarning ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, xarid qilish, import va eksport hajmlari;
▫️tovarning realizatsiya narxi va hajmlari;
▫️tovar ishlab chiqaruvchi va realizatsiya qiluvchi korxonalar ro‘yxati;
▫️xo‘jalik yurituvchi subyektning hamkorlikdagi faoliyati bilan bog‘liq shartnomalar nusxalari;
▫️tovarlarni realizatsiya qilish uchun tuzilgan shartnomalar nusxalari;
▫️tovarning texnik hujjatlari.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-son qarori.


@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_OAV

"Yangi O‘zbekiston" gazetasining 91-sonida (2024-yil 11-may) "Mojaroli hududlardan fuqarolarni repatriatsiya qilish tajribasi inson huquqlarini ta'minlashning amaliy ifodasi" nomli adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyevning maqolasi chop etildi.

Maqola bilan tanishib chiqishingiz mumkin (2-sahifa).

@adliyangiliklari
Янги Ўзбекистон -№91.pdf
4.7 MB
#Adliya_va_OAV

"Yangi O‘zbekiston" gazetasining 91-sonida (2024-yil 11-may) "Mojaroli hududlardan fuqarolarni repatriatsiya qilish tajribasi inson huquqlarini ta'minlashning amaliy ifodasi" nomli adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyevning maqolasi chop etildi.

Maqola bilan tanishib chiqishingiz mumkin (2-sahifa).

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

📣 Adliya vazirligi tomonidan “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o‘tkaziladi.

Aksiya 2024-yil 13-maydan 13-iyungacha davom etadi.

Aksiya doirasida quyidagilar tashkil etiladi:
🔹sayyor qabullar;
🔹mehnat yarmarkalari;
🔹yoshlar bilan uchrashuvlar;
🔹“Yoshlar sayli”;
🔹“Targ‘ibot poyezdi” loyihasi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_medialoyiha #Huquqshunos_oshxonasi

"Eski do‘stlar", meros, ruxsatsiz ijro: Jo‘rayevlar ishi nima bilan tugaydi?

Qo‘shiqlar ham meros bo‘lib o‘tadimi? Kafe, restoranlarda qo‘yilgan va ijro etiladigan qo‘shiqlar uchun ham jarima undiriladimi? Asar uchun ruxsat olish tartibi qanday?

"Huquqshunos oshxonasi"ning navbatdagi soni intellektual mulk mavzusiga bag‘ishlandi.

Bunda siz ijodkorning asari qachon xalq mulkiga aylanishi, qo‘shiqlarni egasidan ruxsat olib kuylashning qonuniy tartiblari, otaning ijodiy mulkiga farzandlari qanchalik haqli bo‘lishi, umuman, internet olamida "trend"da bo‘lgan Jo‘rayevlar ishining huquqiy tomonlari haqida muhim ma'lumotlarga ega bo‘lasiz.

👉To‘liq video

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓ Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini qurish, ulardan foydalanish hamda ularni ta’mirlashda sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa olish uchun qanday ma’lumotlar va hujjatlar talab etiladi?

— Xulosa olish uchun talab etiladigan ma’lumotlar va hujjatlar:
a) ariza. Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:
- yuridik shaxsning nomi, STIR raqami, pochta manzili, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa) hamda telefon raqami;
- obyekt joylashgan manzil;
- ishlarni bexatar amalga oshirish bo‘yicha javobgar shaxslar to‘g‘risida ma’lumot (FIO, JShShIR, buyruq raqami va sanasi);
b) asbob-uskunalarning ro‘yxati va texnik sozligi;
v) avariya yuz bergan holatda, xavfli ishlab chiqarish obyektlari xodimlarining hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish choralarini ko‘rish, avariya bartaraf etish rejasi;
g) ishlarni xavfsiz olib borish bo‘yicha yo‘riqnomalar.
_______________

❓Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini qurish, ulardan foydalanish hamda ularni ta’mirlashda sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa berish uchun arizani ko‘rib chiqish va xulosa berganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori qancha?

— Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori — bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi.
Xulosa berganlik uchun yig‘im undirilmaydi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-son qarori bilan tasdiqlangan “Jismoniy va yuridik shaxslarga xulosalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona” ma’muriy reglamenti.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Bugun “Genetik resurslar va an’anaviy bilimlarga oid xalqaro huquqiy hujjatni tuzish” mavzusidagi konferensiya oʻz ishini boshladi

Joriy yilning 13–24-may kunlari Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) tomonidan Jeneva shahrida “Genetik resurslar va an’anaviy bilimlarga oid xalqaro huquqiy hujjatni tuzish” bo‘yicha Diplomatik konferensiya oʻtkazilmoqda.

Konferensiyada Oʻzbekiston nomidan Intellektual mulkni ro‘yxatga olish va rivojlantirish boshqarmasi mas’uli ishtirok etmoqda.

Xalqaro nufuzli konferensiya haqidagi tafsilotlar keyingi xabarlarda berib boriladi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Yoshlar bandligi ta'minlanmoqda


Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan otaliqqa olingan yoshlarning muammolari o'rganilib, ularga yaqindan yordam ko'rsatilmoqda. Yunusobod tumani Mirzo Ulug'bek nomifagi MFYda istiqomat qiluvchi Sirojiddin Xurramov yetkazib berish xizmatida ishlashi va texnikasi yo'qligi sabab qiynalayotganini aytib murojaat qilgan edi. Adliya boshqarmasi tomonidan unga imtiyozli kredit asosida skuter olib berildi.

Shuningdek, Shayxontohur tumani "Eshonguzar" mahallasida yashovchi Doston Mirzayev ham o'z murojatida oilasi uchun daromadini oshirishda skuter olishda yordam so'ragan edi. Qisqa muddatda Dostonga o'zi so'ragan zamonaviy skuter yetkazib berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Kompensatsiya muammosi hal bo'ldi


Fuqaro O. Ibragimov taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan Sayxunobod tumanidagi 13-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida taʼlim berish uchun boshqa hududdan oʻqituvchi-pedagog sifatida jalb etilgan boʻlsada, unga uy-joy ijarasi uchun har oylik pul kompensatsiyasi to‘lab berilmagan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Ochiq_adliya

📣 Ochiq eshiklar kuniga taklif etamiz!

Bugun, 14-may kuni soat 11.00da Adliya vazirligi tomonidan Toshkent davlat yuridik universitetida Ochiq eshiklar kuni tashkil etiladi.

Tadbirda adliya tizimidagi faoliyatga oid turli burchaklar tashkil qilinadi. Mazkur burchaklarda:
▫️sud-ekspertizaga oid jihozlar;
▫️davlat xizmatlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar;
▫️yuridik universitetning taʼlim jarayoniga tegishli tarqatma materiallar;
▫️arxiv hujjatlaridan namunalar;
▫️intellektual mulkka tegishli ixtiro, foydali model, sanoat namunalari;
▫️Adolat markazi tomonidan nashr etilayotgan eng soʻnggi qoʻllanma, kitoblar bilan tanishish bilan birgalikda, vazirlik faoliyatiga oid qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻlasiz.

Barchangizni Adliya vazirligi va tizim faoliyati bilan yana bir bor yaqinroq tanishuvga — Ochiq eshiklar kuniga taklif etamiz!

📍Manzil: Toshkent davlat yuridik universiteti (3-oʻquv binosi). Amir Temur koʻchasi, 13A-uy (sobiq ADO)

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_javob

❓Elektron yo‘l varaqasi nima, qanday tizim orqali rasmiylashtiriladi va elektron yo‘l varaqasida qanday ma’lumotlar ko‘rsatilishi shart?

— Elektron yo‘l varaqasi — hisobga olish seriyasi va tartib raqamiga ega bo‘lgan, elektron yo‘l varaqasi tizimi orqali yuritiladigan va avtotransport vositalarining ishini belgilab beruvchi QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan tasdiqlangan asosiy hujjat.

Elektron yo‘l varaqasi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimining “Elektron yo‘l varaqa” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali rasmiylashtiriladi va yuritiladi.

Bunda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish uchun rasmiylashtiriladigan yo‘l varaqasi elektron va an’anaviy shaklda rasmiylashtiriladi va yuritiladi.

Elektron yo‘l varaqasida quyidagilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi shart:
▫️ yo‘l varaqasining turi, raqami, amal qilish muddati, shuningdek, avtotransport vositasining rusumi va egasi;
▫️ tashish turi, yuk turi, haydovchining kunlik tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi;
▫️ avtotransport vositasining sozligi va texnik ko‘rikdan o‘tganligi, haydovchiga berilgan yoqilg‘i miqdori, avtotransport vositasidagi yoqilg‘i qoldig‘i;
▫️ shahar va shahar atrofida muntazam yo‘nalishlardagi avtobusga o‘rnatilgan validatorlar orqali amalga oshirilgan to‘lovlar;
▫️ haydovchining ish soati, shu jumladan, kunlik va oylik, tungi vaqtda, bayram va dam olish kunlarida ishlagan soatlari, tejagan va sarf qilgan yoqilg‘isi miqdori, haydovchiga to‘langan ish haqi;
▫️ haydovchi tomonidan sodir etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilishi.

Elektron yo‘l varaqasiga kiritiladigan ma’lumotlar foydalanuvchilar hamda ularning tegishli mas’ul xodimlari tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-yanvardagi 44-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat xizmatlari orqali “Kredit tarixi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish” tartibidan xabardormisiz?

Batafsil videorolikda....

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_onlayn

Ayni vaqtda Yuridik xizmat xodimlari uchun “Yuridik transformatsiya: nuqtai nazarlarni bogʻlash” mavzusida seminar boʻlib oʻtmoqda.


Adliya vazirligi tomonidan Dentons Tashkent yuridik firmasi bilan hamkorlikda yuridik xizmat xodimlari uchun “Yuridik transformatsiya: nuqtai nazarlarni bogʻlash” mavzusida ikki kunlik seminar oʻz ishini boshladi.

Tadbirni Adliya vazirining oʻrinbosari Muzraf Ikramov ochib berib, sohani tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari, amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalarga toʻxtalib, chet davlatlarda yuridik xizmat sohasiga sunʼiy intellektdan foydalanish tizimlari joriy etilayotganligiga alohida urgʻu berib oʻtdi.

Seminarda Dentons Tashkent yuridik firmasi hamkori Bobur Shamsiyev ham soʻzga chiqib, yuridik xizmatlar faoliyatida sunʼiy intellektdan foydalangan holda innovatsion ishlash metodlariga oʻtishga va bu orqali sohani transformatsiya qilishga boʻlgan talab oshib borayotganligini va rejalashtirilgan tadbir shu yoʻnalishlarga qaratilishini toʻxtaldi.

@adliyangiliklari