#Adliya_xabari
Xabar berganimizdek, “Xalqaro hamkorlikning sud ekspertizani takomillashtirish va rivojlantirishdagi oʻrni” mavzusida konferensiya boʻlib oʻtmoqda.
Konferensiya doirasida adliya vaziri A. Toshqulovning Sud ekspertiza xalqaro assosiatsiyasi (IAFS) prezidenti, Bolgariyadagi Gabrovo sud ekspertizasi tashkiloti rahbari, professor Yanko Kolev, Osiyo sud ekspertiza tarmogʻi (AFSN) vitse-prezidenti, Malayziya Fan, texnologiya va innovatsiyalar vazirligi qoshidagi Kimyo departamenti rahbari Halimah binti Abdul Rahim xonim hamda Turkiya Adliya vazirligi huzuridagi Sud tibbiyot instituti prezidenti Xizir Asliyukseklar bilan ikki tomonlama uchrashuvlari boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvlar davomida xorijiy hamkorlar tomonidan mamlakatimizda sud ekspertiza sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar eʼtirof etilib, mazkur sohani yanada rivojlantirishda hamkorlikka tayyorligi maʼlum qilindi.
Mazkur uchrashuvlar davomida Respublika sud ekspertiza markazi sud ekspertlarini xalqaro stajirovkalarini tashkil etish, xorijiy ekspertlar bilan hamkorlikda tadqiqotlar olib borilishini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishib olindi.
Shuningdek, sohada yangi uslubiyotlarni ishlab chiqish hamda mavjudlarini yangilash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.
@adliyangiliklari

Adliya vaziri A. Toshqulov: raqamli dalillar bilan ishlash va kiber jinoyatlarni aniqlashga doir xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish lozim
Joriy yilning 18—19-aprel kunlari “Xalqaro hamkorlikning sud ekspertizani takomillashtirish va rivojlantirishdagi oʻrni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtmoqda.
Keng doiradagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Adliya vazirligi hamda Birlashgan millatlar tashkilotining Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan.
Konferensiyani kirish soʻzi bilan adliya vaziri A. Toshqulov ochib berdi. Vazir oʻz maʼruzasida kiber jinoyatchilik zamon va makon tanlamasligi shu oʻrinda hech bir davlat fuqarosi undan toʻliq himoyalanmaganini alohida taʼkidladi. Mazkur masalaga ijobiy yechim topish maqsadida bir qator takliflarni oʻrtaga tashladi.
Xususan, raqamli dalillar bilan ishlash va kiber jinoyatlarni aniqlashga doir hamkorlikni yanada kengaytirish lozimligi, ushbu sohada faoliyat yurituvchi ekspert va mutaxassislarni soha rivojlangan mamlakatlarda tizimli malaka oshirishini taʼminlash; yaratilayotgan yangi texnologiya va uslubiyotlar bilan mamlakatlarimiz ekspertiza muassasalarini doimiy ravishda taʼminlab borish. Vazir sohani yanada rivojlantirish maqsadida Sud ekspertlari sohadagi yangiliklardan xabardor qiluvchi maʼlumotlar bazalarini yanada rivojlantirish lozimligini taʼkidladi.
Shuningdek, Oʻzbekistonda bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida sud ekspertiza tizimi tezkorlik bilan rivojlanib borayotgani mazkur islohotlarni amalga oshirishda xalqaro hamkorlikning alohida oʻrni borligini aytib oʻtdi. Darhaqiqat, mazkur xalqaro konferensiyaning asosiy maqsadi ham sud-ekspertiza sohasining zamonaviy holati va muammolarini tahlil qilish, xorijiy sud ekspertiza muassasalarida mavjud ilgʻor tajribalarini mamlakatlarimizda tatbiq etish hamda uni yanada takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish uchun muhokama maydonini yaratish hisoblanadi.

“Xalqaro hamkorlikning sud ekspertizani takomillashtirish va rivojlantirishdagi oʻrni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻz ishini davom ettirmoqda
“Xalqaro hamkorlikning sud ekspertizani takomillashtirish va rivojlantirishdagi oʻrni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning ikkinchi kuni davom etmoqda.
Bugungi tadbirda konferensiya ishtirokchilari tomonidan sud ekspertiza sohasidagi muhim ahamiyatga ega boʻlgan mavzular boʻyicha maʼruzalar qilindi.
Xususan, Jinoyat ishlari boʻyicha maxsus bilimlardan foydalanish, sud organlari va ekspertiza muassasalarining elektron bazalarini integratsiyalashtirish, xalqaro amaliyotda virtual autopsiyaga yangi qarashlar, giyohvandlik vositalarini noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashishning ustuvor yoʻnalishlari, sud-ekspertlik faoliyatida sunʼiy intellektdan foydalanish, raqamli kriminalistika boʻyicha hamkorlikning dolzarbligi masalalari boʻyicha maʼruzalar qilindi.
Shuningdek, narkobiznesga qarshi kurashish samaradorligini oshirish maqsadida giyohvandlik vositalarini ekspertizadan oʻtkazish doirasida xalqaro hamkorlik, portlash va yongʻin bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlar joyini koʻzdan kechirishda dronlardan foydalanishning samaradorligi, odam DNKsi sud-biologik ekspertizasini rivojlantirishda xalqaro hamkorlik hamda yangi texnologiyalarni joriy qilishning ahamiyati, MPS texnologiyasiga asoslangan yechimlar orqali sud-genetik ekspertiza samaradorligini oshirish va boshqa sud ekspertiza sohasi faoliyatiga oid taqdimotlar namoyish qilindi.
Konferensiyaning ikkinchi kunida tadbir ishtirokchilari tomonidan sohani rivojlantirishga doir qiziqarli savollar, taklif va tavsiyalar berildi hamda xorijiy davlatlarning ushbu soha boʻyicha tajribalari muhokama qilindi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Endilikda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning reyestri yuritiladi.
@adliyangiliklari
Endilikda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning reyestri yuritiladi.
@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul
QASHQADARYODA BOSHQARMA BOSHLIGʻI TOMONIDAN FUQAROLAR MUAMMOLARI TINGLANDI
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan viloyatimizning olis va chekka hududlarida fuqarolar va tadbirkorlar uchun sayyor qabullar oʻtkazilib, ularning muammolari tinglanmoqda. Shunday qabullar tuman Xalq qabulxonalari masʼullari bilan hamkorlikda Mirishkor tumanining “Jenov” hamda Kasbi tumanining “Oqqamish” mahallalarida boʻlib oʻtdi.
Muloqotlar davomida boshqarma boshligʻi S.Nuriyev fuqarolarning uy-joy, moddiy yordam, tadbirkorlik, kredit olish, aliment undirish, pensiya va nafaqa tayinlash, bandlik singari masalalardagi 70 dan ortiq murojaat egalarining muammo va shikoyatlarini tingladi. Muhimi, mazkur murojaatlarning asosiy qismi shu joyning oʻzida oʻz yechimini topdi. Jumladan, 26 ta murojaat ish yurituviga qaratildi, 30 ga yaqin Davlat xizmatlari koʻrsatildi, 5 nafar fuqarolarga FHDY boʻlimi tomonidan tegishli hujjatlar taqdim etildi.
Shuningdek, qolgan fuqarolarga tegishliligi boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berildi. Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.