ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

10 nafar talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirdi

Joriy yilning 19-aprel kuni xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazildi.

Ochiqlik, shaffoflik va odillik prinsiplariga asosan bo‘lib o‘tgan malaka imtihonida talabgorlarning davlat va jamiyat qurilishi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolik huquqi, notariat sohasi va vorislik huquqi bo‘yicha savodxonligi sinovdan o‘tkazildi.

Imtihon suhbat asosida og‘zaki savol-javob tarzida o‘tdi. Unda ishtirok etish uchun Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasiga hujjat topshirgan 19 nafar talabgor ushbu malaka imtihonida ishtirok etishiga ruxsat berildi.

Malaka imtihoni natijasiga ko‘ra 10 nafar talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan deb topildi. Jumladan:

Andijon viloyatidan:

▫️Madaminov Feruzbek Ro‘zimaxamatovich;

Jizzax viloyatidan:

▫️Berdiyev Baxodir Olimjonovich;

Navoiy viloyatidan:

▫️Habibulloyev Sherzod Muxtorovich;

Surxondaryo viloyatidan:

▫️Boyqulov Jasurbek Xaitmurotovich;

Toshkent viloyatidan:

▫️Djurayev Sherali Ruziboyevich;

Toshkent shahridan:

▫️Bobojonov Jur’at Shuxratovich;
▫️Suyunov Fozil Shokir o‘g‘li;
▫️Saidova Umida Akmalovna;

Xorazm viloyatidan:

▫️Tairova Nodira Baxramovna;

Qoraqalpog‘iston Respublikasidan:

▫️Yusupov Temur Sheripbayevich;

Malaka imtihoni joriy yilning 19-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining www.minjust.uz rasmiy veb-sayti orqali onlayn tarzda yoritib borildi hamda malaka imtihoni jarayoni yozib olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston bolalar tashkiloti nodavlat notijorat tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Ushbu tashkilotning asosiy maqsadi bolalarni Vatanga muhabbatli, intellektual, ijodiy, jismoniy va ma’naviy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi, ularning ta’lim olishi va dam olishiga bo‘lgan huquqlarini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoit yaratishdan iborat.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

SAMARQAND ADLIYASI JAMOATCHILIKKA HISOBOT BERDI

Bugun Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Sattarov ishtirokida viloyatda davlat xizmatlari ko‘rsatish hamda FHDY sohasida Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2024-yil 1-choragida amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan
matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Muhim

Ehtiyojmand oilalarga me'yordan ortiq ishlatilgan elektr va gaz uchun kompensatsiya beriladi

@adliyangiliklari
#Muhim

2024-yil 1-may kunidan aholi uchun belgilangan elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari

@adliyangiliklari
#Biz_birgamiz

Toshkent VI xalqaro marafonida nogironligi bo‘lgan shaxslar ham ishtirok etdi

Joriy yilning 20-aprel kuni mamlakatimizda BYD Tashkent VI xalqaro marafoniga start berildi.

Ushbu marafonda Adliya vazirligining “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar ommaviy yugurish musobaqasiga jalb qilindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan Boʻstonliq tumanida 30 gektar yer maydonida bogʻ yaratildi

 
Adliya vazirligi tizimi xodimlari mamlakatimizni yashil makonga aylantirishga astoydil bel bogʻlab, ushbu xayrli ishlarga oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshib kelmoqdalar.

Bugun, 20-aprel kuni Boʻstonliq tumanida tashkil etilgan daraxt ekish aksiyasi bunga yana bir yaqqol misoldir. Oqsoq ota soy hududida keng miqyosli koʻkalamzorlashtirish ishlariga start berildi. Vazirlik tomonidan 30 gektar yer maydonida bodom, naʼmatak va boshqa bir qator manzarali va mevali daraxt koʻchatlari ekildi.

Taʼkidlash kerakki, daraxtlar havodagi zararli karbonat angidridni yutib, oʻrniga kislorod ishlab chiqaradi va bizning nafas olishimizga yordam beradi. Ular issiqda salqinlik beradi, atrof-muhitni shovqinlardan himoya qiladi. Aholi yashash punktlarida daraxtlar ekish, yashillikni yaratish va yangilash – doimiy jarayon, bunda asosiysi, niholni ekishda hududning xususiyatini, sugʻorish, iqlimi, tuprogʻini hisobga olishdir. Shuning uchun vazirlik jamoasi ushbu masalalarda oʻrmon xoʻjaligi mutaxassislarini, ekologlarni doimo jalb qilib keladi.

Boʻstonliq tumanida “Adliya bogʻi” yaratishda ham koʻchat ekish jarayonlari maxsus mutaxassis koʻrsatmalariga asosan, daraxt ekish qoidalariga rioya etgan holda amalga oshirildi. Shuningdek, mazkur xayrli ishlar shu bilan yakuniga yetmaydi, “Adliya bogʻlari” nafaqat bir kunda, balki doimiy ravishda oʻz tartib qoidasi boʻyicha parvarish qilinib boriladi.

Bahor mavsumida Adliya vazirligi tizimi tashkilotlari tomonidan qadar 80 ming dona koʻchat ekildi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili noyabr oyida Toshkentning Mirobod, Yakkasaroy, Yunusobod, Shayxontohur, Olmazor, Sergeli hamda Yangihayot tumanlarida 3 gektardan ziyod yer maydonida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Adliya bogʻlari” barpo etildi. Loyiha doirasida viloyat va tuman adliya organlari ham oʻz hududlarida bogʻlar barpo etib, 100 mingdan ortiq daraxt ko’chatlari ekildi.

@adliyangiliklari