Smart soat ilovalari, botlar uchun boy matn, guruhlar uchun AI qoʻriqchilari va boshqa koʻplab imkoniyatlar

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Smart soat ilovalari, botlar uchun boy matn, guruhlar uchun AI qoʻriqchilari va boshqa koʻplab imkoniyatlar

Bugungi yangilanish Telegramni ikkala bilakda ham taqish imkonini beradi va oʻnlab yangi funksiyalar hamda yaxshilanishlarni taqdim etadi.

  • Telegramni Apple Watch yoki Android smart soatingizga yuklab oling va quyidagilarni bajaring:
    • Matnli va ovozli xabarlarni yuborish
    • Ovozli xabarlarni tinglash
    • Media va video xabarlarni koʻrish
    • Uzun xabarlarni oʻqish
    • Joylashuvlarga razm solish
    • Stikerlar yuborish
    • Chatlaringizni boshqarish
  • Botlardan oʻnlab boy matnli formatlash imkoniyatlariga ega formatlangan xabarlarni qabul qilish:
    • Qatorli (inline) media, karusellar va kollajlar
    • Jadvallar va ichma-ich iqtiboslar
    • Sarlavhalar va langarlar
    • Yigʻiluvchi qismlar va izohlar
    • Matematik formatlash va formulalar
    • Yuqori indeks, quyi indeks va yana boshqalaaaaaar
  • Odamlar guruhlaringizga qoʻshilishidan oldin ularni tekshirish uchun AI qoʻriqchilarni qoʻshish.
  • Soʻrovnoma variantlariga havolalar kiritish.
  • .md fayllarni bevosita Telegram brauzerida ochish.
  • iOS'da qaysi havolalar oʻzingiz afzal koʻrgan brauzerda ochilishini nazorat qilish.
  • Android'da yangi sarlavha panellari yordamida chatlaringizni koʻproq koʻrish.

Barcha uchun soat ilovalari!

Koʻpchilik odamlarda kamida bitta qoʻl bor va ularning baʼzilarida smart soat mavjud. Agar yuqoridagilarning barchasi sizga tegishli boʻlsa, xursand boʻling: bizda Apple Watch va Android Wear OS uchun yangi ilovalar bor.

Endi siz telefoningizni tushirib yuborish xavfisiz chatlar va media fayllarni koʻrishingiz hamda istalgan uzunlikdagi xabarlarni oʻqishingiz mumkin. Agar yoningizdagi xonada hech kim boʻlmasa, bemalol ovozli xabarlarni tinglang va videolarni tomosha qiling. Shuningdek, matnli xabarlar yoki qoʻllaringiz band boʻlsa, ovozli xabarlar yuborishingiz mumkin.

Negadir bizning Android dasturchimiz sukut qilish va chatlarni qadash, shuningdek, xabarlarni oʻchirish imkoniyatini qoʻshdi. Ayni paytda iOS dasturchisi joylashuvlarni koʻrish va stikerlar yuborish funksiyasini kiritdi. Nima uchun?? Biz buni hech qachon bilmaymiz. Kelgusi yangilanishda ularni bu funksiyalarni bir-biridan oʻgʻirlashga koʻndirdik.

Agar siz Huawei soatidan foydalanayotgan boʻlsangiz va Wear OS ilovasini ishga tushira olmasangiz, yaxshilab iltimos qiling – bizning dasturchilarimiz siz uchun ham ilova yaratishadi. Agar siz haqiqatan ham ekzotik narsadan foydalanayotgan boʻlsangiz, buni tomosha qiling yoki oʻz ilovangizni yarating.

Botlar uchun juda boy matn formati

Telegram — bu AI botlar uchrashadigan, suhbatlashadigan va raqobatlashadigan joy. Agar siz botning eʼtiborini tortishga muvaffaq boʻlsangiz, u endi boy matn bilan javob berishi mumkin — u shunchalik boyki, hatto isyon koʻtarib, unga soliq solishni talab qilgingiz keladi.

U oʻz ichiga formatlash, jadvallar, iqtiboslar bloklari, nazorat roʻyxatlari, inlayn rasmlar, Ilon Maskning oʻgʻlining ismini yozish uchun kerak boʻladigan gʻalati belgilarni hamda yana koʻplab narsalarni oladi.

Botlar bu narsalarning JUUUDA KOʻP qismini bitta xabarga joylashi mumkin – endi 32 768 ta belgigacha va dastlabki 8000 tadan keyin mehribonlarcha Koʻproq koʻrsatish tugmasi paydo boʻladi.

Dasturchilar boy matn formatlash hujjatlarini bu yerda oʻrganishi mumkin.

Guruh chatlari uchun qoʻriqchi botlar

Agar guruh chatingiz eshigini qorovullash uchun biror aqlli yordamchi kerak boʻlsa, qoʻshilish soʻrovlarini koʻrib chiqish uchun AI botlarni adminis sifatida qoʻshishingiz mumkin. Tabiiyki, ular xohlasangiz, chatga yozadigan qoidabuzarlarni ham jazolashi mumkin.

AI qoʻriqchilar yangi ariza beruvchilarni tekshirish uchun moslashuvchan mini-ilova interfeyslaridan foydalanishi mumkin — xuddi izoh yozishdan oldin odamlarni IQ testidan oʻtishga majbur qilish kabi.

Soʻrovnoma variantlaridagi havolalar

Siz soʻrovnomalar bilan juda koʻp narsalarni qila olasiz, hatto Telegram alohida soʻrovnoma ilovasi sifatida ishlashi ham mumkin. Lekin bu yetarlimi? Hech qachon!

Soʻrovnoma variantlari endi koʻproq kontekst va sogʻlom miqdordagi bu narsa uchun havolalarni oʻz ichiga olishi mumkin.

Soʻrovnoma variantlaridagi havolalar

MD fayllarni qoʻllab-quvvatlash

Ilova ichidagi brauzer endi .md formatidagi Markdown fayllarni qoʻllab-quvvatlaydi va matnni qurilmada renderlaydi.

Milliarddan ortiq Telegram foydalanuvchilari, onalar va otalar, buvilar va bobolar hamda boshqa demografik qatlamlar oʻzlarining .md fayllarini ochib, Markdown'ni toʻgʻri koʻrmagunlaricha biz shunchaki tinchimadik.

Brauzerni tezkor tanlash

Tashqi saytlarga havolalar bevosita Telegram Brauzerda yoki siz afzal koʻrgan ilovada ochilishi mumkin. Endi siz havolani uzoq vaqt bosib turganingizda standart brauzeringizdan tashqari boshqa brauzerni osongina tanlashingiz mumkin — boshqa havolalarni nusxalab joylash yoki ilovalarni oʻzgartirishga ehtiyoj yoʻq.

Brauzerni tezkor tanlash

Nahotki hali ham oʻqishda davom etayotgan boʻlsangiz? AI yordamchingiz qisqacha mazmunini yarata olmadimi? Unday boʻlsa, yana bor!

Android va iOS'da siz har doim ochiladigan yoki Telegram Brauzerda hech qachon ochilmaydigan saytlarni oq roʻyxatga kiritishingiz mumkin. Darvoqe, Telegram Brauzer kezish tarixini saqlamaydi, shunday ekan, “kurs ishi tadqiqotlaringiz” va “uy vazifalaringiz” mutlaqo xavfsiz.

Veb brauzer sozlamalari

Brauzer sozlamalarini boshqarish uchun Android'da Sozlamalar > Chat sozlamalari > Ilova ichidagi brauzer rukniga kiring yoki iOS'da Sozlamalar > Maxfiylik va xavfsizlik > Havolalarni ochish rukniga kiring.

Odatda bu yerga biz asosiy mavzularga qandaydir bogʻlam qoʻshamiz va sizga yana koʻplab funksiyalar tayyorlanayotganini aytamiz.

Mayli, xayr.


2026-yil 11-iyun
Telegram jamoasi

Boshqa yangiliklar

스마트워치 앱, 봇을 위한 리치 텍스트, 그룹을 위한 AI 가디언, 그리고 그 외에도 다양한 기능

오늘 업데이트로 텔레그램이 애플 워치와 안드로이드 스마트워치에서 사용 가능해졌으며, 봇을 위한 다양한 서식의 리치 텍스트, AI 관리자가 새로운 그룹 멤버를 심사하는 기능, 더 똑똑해진 투표, 브라우저 제어 등 다양한 기능이 추가되었습니다.
11-iyn, 2026

게스트 AI 봇, 봇 간 대화, 대화 자동화, 맞춤형 AI 스타일, 1억 개 이상의 이모지 및 스티커 검색 등 다양한 기능

텔레그램은 사용자가 어떤 대화에서도 AI 서비스를 이용할 수 있는 방법, 봇으로 받은편지함을 자동화하는 기능, AI 텍스트 에디터에서 맞춤 스타일을 만드는 기능, 설문조사에 한도를 설정하고 통계를 볼 수 있는 기능 등 10가지 이상의 새로운…
7-may, 2026

AI 에디터, 마이티 폴, 라이브 포토, 봇이 관리하는 봇, 그리고 그 외 더 많은 기능

오늘 업데이트에서는 두 번의 탭만으로 텍스트를 번역, 변환 또는 수정할 수 있는 AI 에디터, 미디어 첨부 및 활성 설문에 대한 새로운 응답 제안과 같은 설문조사용 신규 기능, 모든 앱에서 라이브 및 모션 사진 지원, 다른 봇을 생성하고 관리할…
31-mar, 2026

멤버 태그, 텔레그램으로 로그인, 공유 비활성화, GIF 편집, 날짜 형식 지정, 투표 타임스탬프

오늘 업데이트에서는 그룹 구성원이 자신을 나타낼 수 있도록 태그를 추가하고, 특정 1:1 대화에서 메시지 공유를 비활성화하는 설정, GIF 편집 및 캡션 기능, 텔레그램으로 앱과 웹사이트에 가입 및 로그인할 수 있는 새로운 도구 등 다양한 기능이…
1-mar, 2026