Kanallarda yutuqli oʻyinlar va bepul Premium

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Kanallarda yutuqli oʻyinlar va bepul Premium

Kanal egalari endi obunachilari orasida mukofotlarni tasodifiy tarqatish orqali yutuqli oʻyinlarni oʻtkazishi mumkin. Bu kanalingizni tanitish, yangi obunachilarni jalb qilish yoki joriy obunachilarni mukofotlashning ajoyib usulidir.

Yutuqli oʻyinlar ijtimoiy tarmoqlarda ancha vaqtdan buyon mashhur trend boʻlib kelmoqda, lekin hozirgacha ularni tasdiqlangan va shaffof tarzda tezda tashkillashtirish imkonsiz edi. Bugun Telegram buni oʻzgartirmoqda. Bu millionlab foydalanuvchilarga Telegram Premium obunalari kabi mukofotlarni olishga yordam beradi va Telegram gʻoliblar adolatli tanlanishiga kafolat beradi.

Bepul Telegram Premium

Kanallar egalari atigi bir nechta bosish orqali yutuqli oʻyinlar yaratishi mumkin. Telegram gʻoliblarni kanal egalari belgilangan qoidalar asosida tasodifan tanlaydi va mukofotlarni tarqatadi.

Omadli gʻoliblar hadya kodlariga ega havolalarni oladi, bu ular gʻolib boʻlganining ommaviy tasdigʻi sifatida xizmat qilishi mumkin. Har bir kod Telegram Premiumga bepul obunani oʻz ichiga oladi, lekin tashkilotchilar kanalga qiziqishni orttirish uchun boshqa mukofotlarni (Teslalar kabi) qoʻshishi mumkin.

Buni sinab koʻrish uchun 13-noyabrgacha Telegram asoschisi va bosh direktori homiyligidagi yutuqli oʻyinga qoʻshiling. Premium obunangiz boʻlsa ham kirish va gʻolib boʻlishingiz hamda mukofotni doʻstingizga oʻtkazishingiz mumkin.

Ovozlar olish

Yangi kuzatuvchilar olish bilan birga, kanallar yutuqli oʻyinda bergan har bir obuna uchun avtomatik 4 ta ovoz oladi. Bu ovozlarni boshqa kanalga oʻtkazish imkonsiz va ular yutuqli oʻyindagi obunalar muddati davomida kanalda qoladi. Ovozlar kanallarga darajasini oshirish hamda hikoyalar, maxsus ranglarni ochish va boshqalarga yordam beradi.

Yutuqli oʻyinlar yaratish

Gʻoliblar soni va yutuqli oʻyin davomiyligidan tashqari, tashkilotchi barcha obunachilar yoki faqat yangi obunachilar qatnasha olishini belgilashi va muayyan mamlakatlarni tanlashi yoki ishtirokchilardan kiritiladigan boshqa kanallarga obuna boʻlishni soʻrashi mumkin.

Istalgan darajadagi kanallar yutuqli oʻyinni Kanal axboroti > ⋮ yoki
⋯ > Statistika > Ovozlar > Hadyalar orqali ovozlar olish
rukniga kirish orqali boshlashi mumkin.

Yutuqli oʻyinlar uchun toʻlash

Yutuqli oʻyinni boshlash uchun tashkilotchi mukofotlamoqchi boʻlgan Premium obunalar uchun oldindan toʻlashi kerak. Buni istalgan Telegram ilovasidan amalga oshirish mumkin, lekin @PremiumBot yoki Fragment orqali bu arzonroq.

App Store va Google Play tranzaksiyalar hajmini cheklaydi, @PremiumBot esa yirikroq xaridlar qilish imkonini beradi. Ulkan yutuqli oʻyinlar uchun Fragment bir vaqtda minglab obunachilarga tarqatish imkonini beradi.

Fragmentda yutuqli oʻyinlar uchun toʻlash

@PremiumBot botiga Telegram Web, Telegram Desktop yoki Android uchun Telegram bevosita versiyasi orqali kirishingiz mumkin.

Foydalanuvchilar uchun koʻproq ovozlar

Bugundan boshlab har bir Telegram Premium hisobi obunasining bir qismi sifatida koʻproq ovozlar oladi. Oʻz obunasiga toʻlaydigan foydalanuvchilar bir nechta kanalga ovoz berish yoki muayyan kanallarga bir nechta ovoz berish uchun bitta ovoz oʻrniga 4 ta ovozga ega boʻladi.

Ovoz berish uchun kanal tanlash

Agar kimgadir Premium hadya qilsangiz, u 1 ta ovoz oladi va siz oʻz hisobingiz uchun yana 3 ta ovoz olasiz. Agar yutuqli oʻyinda Premium yutsangiz, 4 ta ovozingiz avtomatik ravishda tashkillashtirgan kanalga oʻtadi.

Buguncha shular. Tez orada yangi funksiyalar bilan qaytamiz.


2023-yil, 6-noyabr
Telegram jamoasi

Boshqa yangiliklar

제휴 프로그램, AI 기반 스티커 검색, 콜라주 등

오늘, 우리는 텔레그램의 콘텐츠 제작자와 미니 앱 개발자를 위한 흥미로운 소식을 전합니다. 제작자는 이제 자신의 노력을 수익화하고 별을 얻을 수 있는 간단한 방법을 가지게 되었으며, 미니 앱 개발자는 새로운 사용자를 유치할 수 있는 강력한 도구를 얻게 됩니다. 또한, 텔레그램 사용자는 이제 AI를 사용하여 스티커를 찾고…
4-dek, 2024

미니 앱 2.0: 전체 화면 모드, 홈 화면 아이콘, 지리적 위치 및 10가지 추가 기능

오늘 우리는 미니 앱 역사상 가장 큰 업데이트를 출시합니다. 미니 앱은 전체 화면 모드, 구독 계획, 홈 화면 바로가기, 선물 보내기, 미디어 공유, 문서 작성, 위치 정보 접근, 모션 트래커, 이모지 상태 설정 등을 지원합니다.
17-noy, 2024

개선된 비디오 및 그 외 다수

오늘 업데이트에서는 영상의 더 빠른 로딩, 더 나은 품질 및 새로운 속도 제어 기능, 마지막 편집 타임스탬프, 보낸 메시지에 미디어 첨부, 미니 앱의 증가된 제한, 개발자를 위한 새로운 수익화 옵션 등 다양한 기능이 추가되었습니다.
31-okt, 2024

선물, 검증 플랫폼 및 기타

사용자들은 이제 친구들에게 선물을 보낼 수 있습니다: 선물의 수신자는 자신의 프로필 페이지에 선물을 표시하거나 별로 전환할 수 있습니다. 추가로, 텔레그램은 기업들이 고객의 전화번호를 인증할 수 있는 플랫폼을 출시했습니다: 이 새로운 인증 플랫폼은 사용자가 텔레그램을 통해 코드를 받아 전화번호를 쉽게 확인할 수 있게 하며…
5-okt, 2024