#Adliya_xabari
#notariat
⚔️ Notarial xizmatlardan onlayn foydalanishlar soni 500 mingdan oshdi!
🔹 Soʻnggi vaqtlarda Adliya vazirligi tomonidan notarial xizmatlardan foydalanishda aholiga qulaylik yaratish maqsadida notarial harakatlarni masofadan turib (onlayn) amalga oshirishga qaratilgan keng imkoniyatlar yaratib kelinmoqda.
📌 Xususan, hozirda 18 turdagi notarial harakatlarni notarial idoraga bormasdan onlayn amalga oshirish mumkin.
📊 2026-yil boshidan hozirga qadar 550 mingdan ortiq (2025-yilning shu davrida — 115 702 ta) onlayn notarial harakatlar rasmiylashtirildi.
📈 Quyida aholimiz tomonidan eng koʻp foydalanilgan onlayn xizmatlar:
1️⃣ Er yoki xotinning umumiy mol-mulkni tasarruf etish boʻyicha rozilik arizalari — 103 981 ta (2025-yilning shu davrida — 22 475 ta);
2️⃣ Boshqa turdagi ishonchnomalar — 65 477 ta (2025-yilning shu davrida — 24 478 ta);
3️⃣ Voyaga yetmagan shaxsni xorijga chiqishi uchun ota-onalari yoki vasiylar (homiylar)ining rozilik arizalari — 49 648 ta (2025-yilning shu davrida — 34 858 ta) onlayn rasmiylashtirilgan.
📢 Avval xabar berilganidek, 2026-yil 7-iyuldagi tegishli hujjat bilan onlayn notarial xizmatlar uchun undiriladigan 123 600 soʻm qoʻshimcha toʻlov bekor qilinib, notarial harakat shaxsan notarial idoraga kelib yoki masofadan turib rasmiylashtirilishidan qatʼi nazar, xizmat uchun toʻlovlar bir xillashtirilgan.
⚖️ Adliya vazirligi tomonidan boshqa notarial xizmatlardan ham masofadan turib foydalanish imkoniyatini yaratish boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda.
✅ Mazkur oʻzgartirishlardan maqsad avvalambor aholining onlayn notarial xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, ularning vaqti va xarajatlarini tejashga qaratilgan.
🌐 website📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

🌐 website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5🔥1