#Qonunchilikdagi_yangiliklar
#ikkinchi_qism
✅Joriy yilning 8-avgust kuni Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1080-son O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi.
🔸Qonun bilan intellektual mulkni ro‘yxatga olish jarayonlari soddalashtirildi.
🔸Mazkur Qonun aholining intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazishi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratishga xizmat qiladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

Xususan:
▪️intellektual mulk obyektini ro‘yxatdan o‘tkazishda davlat bojini to‘lash uchun belgilangan 3 oylik muddat o‘tkazib yuborilganda, ushbu muddatni qo‘shimcha to‘lov evaziga (patent bojining 50 foizi) 6 oygacha uzaytirish imkoniyati yaratildi;
▪️seleksiya yutuqlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda talab etiladigan ayrim hujjatlar (seleksiya yutug‘idan foydalanmaganligi to‘g‘risida deklaratsiya, sinovdan o‘tkazish uchun materialni belgilangan muddatda ixtisoslashtirilgan tashkilotga taqdim etish majburiyati) bekor qilindi;
▪️sanoat mulki obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarida davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talabi bekor qilindi;
▪️EHM uchun dasturlarni va ma’lumotlar bazalarini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan talabnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish muddati 10 kun etib belgilandi;
▪️intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi muhofaza hujjatlarini (patent, guvohnoma) yagona QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan holda elektron shaklda avtomatik tarzda berish nazarda tutildi;
▪️tovar kelib chiqqan joy nomini va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomada ifodalangan belgini ekspertizadan o‘tkazish muddati 7 oydan 1 oyga qisqartirildi;
▪️intellektual mulk sohasiga oid ayrim qonun hujjatlaridagi ayrim tahririy jihatdan o‘zgartirishlar kiritildi.
🔸Mazkur Qonun aholining intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazishi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratishga xizmat qiladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#ikkinchi_qism
✅ Avtotransport vositalarini ko‘p kvartirali uylar va unga tutash yer uchastkalaridagi gazonlar ustiga, xiyobonlarga, bolalar maydonchalariga, trotuarlarga, kirish yo‘laklari qarshisiga qo‘yish taqiqlanadi
🔹Shu bilan birga, ko‘p kvartirali uylarda quyidagilar taqiqlanadi:
▪️asosiy yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarga shikast yetkazish;
yong‘in xavfini keltirib chiqaruvchi uskunalarni balkonlar va lodjiyalarga o‘rnatish;
▪️balkonlarda og‘ir buyumlarni saqlash;
balkonlar va lodjiyalarning fasad (tashqi) qismlarida kir, kiyim-kechak, gilam va boshqalarni osib qo‘yish (ichki qismi bundan mustasno);
▪️uy hayvonlarini umumiy foydalanishdagi joylarda: zinapoyalarda, cherdaklarda, yerto‘lalarda, shuningdek umumiy foydalanishdagi oshxonalarda, balkonlarda va lodjiyalarda saqlash;
▪️kirish yo‘laklarinining zinapoya maydonlarida va zinapoyalarning ostida yonuvchi materiallarni saqlash;
▪️umumiy issiqlik parametrlariga ta’sir ko‘rsatuvchi qayta rejalashtirish (rekonstruksiya) ishlarini amalga oshirish, qo‘shimcha isitish yuzalariga (isitilmaydigan yuzalar) issiqlik uskunalarini o‘rnatish, shuningdek, umumiy mulk tarkibiga kiruvchi issiqlik tizimlariga o‘zgartirish kiritish.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍2