#Qonunchilikdagi_yangiliklar
#birinchi_qism
✅ Intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlik belgilandi.
✅Joriy yilning 8-avgust kuni Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1080-son O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi.
🔸Qonun bilan intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralari kuchaytirildi.
❗️Ushbu qism Qonun qabul qilingan kundan boshlab uch oy o‘tganidan keyin kuchga kiradi.
🔸Mazkur Qonun intellektual mulk huquqlarining samarali himoya qilinishiga, kontrafakt tovarlar aylanmasining oldini olishga, xorijiy investitsiyalar oqimini oshirishga hamda O‘zbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini jadallashtirishga xizmat qiladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

Xususan:
▪️intellektual mulk egalarining mulkiy huquqlarini (tovar belgisi, ixtirolar, dasturiy ta’minot, sanoat namunasi va boshqalarga doir huquqlar) buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi;
▪️muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik choralari kuchaytirilib, buzilishi javobgarlikka sabab bo‘ladigan intellektual mulk obyektlari doirasi kengaytirildi;
▪️adliya organlarining kontrafakt tovarlarni ko‘zdan kechirish va xatlash vakolatlari kiritildi;
▪️mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzganlik uchun ma’muriy jarima miqdori oshirildi;
▪️seleksiya yutug‘i va integral mikrosxemalar topologiyasiga bo‘lgan huquqlarni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi;
▪️patentga oid (ixtiro, foydali model, sanoat namunasi va seleksiya yutug‘i) huquqbuzarliklar sodir etishda foydalanilgan ashyolarni musodara qilish qo‘shimcha ma’muriy jazo chorasi sifatida kiritildi;
▪️tovar belgisi bo‘yicha ishlab chiqarilgan kontrafakt mahsulotlar huquqbuzar hisobidan muomaladan olib qo‘yilishi va yo‘q qilinishi nazarda tutildi.
❗️Ushbu qism Qonun qabul qilingan kundan boshlab uch oy o‘tganidan keyin kuchga kiradi.
🔸Mazkur Qonun intellektual mulk huquqlarining samarali himoya qilinishiga, kontrafakt tovarlar aylanmasining oldini olishga, xorijiy investitsiyalar oqimini oshirishga hamda O‘zbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini jadallashtirishga xizmat qiladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#birinchi_qism
✅ Endilikda ko‘p kvartirali uylarning kirish yo‘laklari va zinapoyalari haftada bir marta tozalanishi, bir oyda kamida bir marta devorlari bilan qo‘shib yuvilishi kerak
🔹Adliya vazirligi Ko‘p kvartirali uylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalari (ro‘yxat raqami 3824, 2025 -yil 29-aprel) davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
🔹Mazkur hujjat bilan quyidagilar belgilandi:
▪️ko‘p kvartirali uylar uchun boshqarish organlari tomonidan umumiy texnik pasport yuritiladi;
▪️boshqarish organlari yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar, kuzatuv kameralari va domofonlar soz holatda saqlanishi, xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, inventar va xo‘jalik anjomlarini sotib olish ishlarini amalga oshirishadi;
▪️ko‘p kvartirali uyning fasad qismlarida va umumiy foydalanish hududlarida mulkdorlar umumiy yig‘ilishining qarori bilan me’morchilik detallari, reklamalar, afishalar, va e’lonlarni o‘rnatish mumkin;
▪️uylarda shovqin darajasi belgilangan sanitariya me’yorlaridan oshmasligi shart;
▪️uylar (zinapoyalar, liftlar, chiqindi kamerasi, chiqindilarni to‘plash moslamalari yerto‘lalari va boshqalar), tutash hududlar zaruratga ko‘ra, boshqarish organi tomonidan deratizatsiyalanishi, dezinseksiya va dezinfeksiyalanadi;
▪️uylarning yerto‘la qismidagi quvurlarda avariya holati yuzaga kelishi natijasida suv yoki oqova suv to‘planib qolsa boshqarish organi 24 soat mobaynida yerto‘ladagi suv va oqova massalarini chiqarib yuborishi lozim;
▪️haftada 1 marta ko‘p kvartirali uylarning lift xonalarini tozalanadi hamda lift uskunalari doimiy texnik monitoring qilinadi;
▪️sovutish va isitish qurilmalarining jihozlari balkon yoki lodjiya ichki qismiga binoning tashqi ko‘rinishini buzmaydigan tarzda o‘rnatiladi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

❤2👍2