ADLIYA YANGILIKLARI
βœ”
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏒Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
πŸ“ž1008
☎️ (71)-207-04-38
πŸ“₯ info@adliya.uz
πŸ“² www.facebook.com/minjustuz
πŸ“² www.youtube.com/c/Adliya
πŸ“² www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirokida NNTlar tomonidan adliya organlariga topshiriladigan hisobot bo'yicha o'quv seminari o'tkazildi

Adliya vazirligi tomonidan O'zbekiston nodavlat tashkilotlar tashkilotlar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda #Siz_hisobotlarni_topshirdingizmi xeshtegi ostida o'tkazilayotgan aksiya doirasida NNTlar tomonidan adliya organlariga hisobotlarni topshirish yuzasidan NNTlar vakillarining bilim va ko'nikmalarini oshirishga qaratilgan o'quv-seminari o'tkazildi.

Mazkur seminar onlayn va oflayn tarzda o'tkazilgan bo'lib, unda hududlardan yuzdan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Seminarda Adliya vazirligi Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqarmasi ma'sullari NNTlar tomonidan topshiriladigan hisobot huquqiy asoslari, uni tayyorlash va topshirish tartibi bo'yicha batafsil tushuntirish berildi.  

Shuningdek, seminar davomida NNTlar vakillari oβ€˜zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Seminar yakunida mazkur tadbirlarni barcha hududlarda ham o'tkazishga kelishib olindi.

@adliyangiliklari