#Adliya_xabari
Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh viloyatning eng olis va chekka hududlaridan bo‘lgan Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Paxtachi va Narpay tumanlari va Kattaqo‘rg‘on shahar adliya bo‘limlari Davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo‘limlarida bo‘ldi.
Maʼlumki, mazkur tumanlar viloyatning eng olis hudularidan biri hisoblanadi. Ularning eng yaqinini viloyat markazidan 65-70 kilometrlik masofa ajratib turadi. Joriy yilning o‘tgan davrida viloyatdagi barcha davlat xizmatlari markazlari tomonidan jami 900 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lsa, ularning 130 mingdan ziyodi aynan yuqorida qayd etilgan tumanlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu mazkur hududlar aholisining davlat xizmatlariga bo‘lgan talablari yuqori ekanligini bildiradi.
Shundan kelib chiqib, X.Meliyev va ishchi guruh olis hududlarda aholi uchun davlat xizmatlarini olish tartibini yana-da soddalashtirish, markaz va FHDY binolarida fuqarolar uchun keng imkoniyatlarni yo‘lga qo‘yishni, bunda eng avvalo ushbu hududlardagi mavjud shart-sharoit, infratuzilmani inobatga olish muhim ahamiyatga egaligini taʼkidlashdi. Mazkur masalada zarur tavsiyalar, aniq chora-tadbirlarni belgilab berishdi.
Binolarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, zarur taʼmirlash ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish borasida topshiriqlar berildi.
Xodimlar bilan muloqotda davlat xizmati ko‘rsatish tizimini yana-da yaxshilash, bunda ham xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar, ham fuqarolarga xizmatlarni olishni osonlashtirish bo‘yicha takliflar o‘rganildi. Markazlar va FHDY xodimlari ish jarayonida duch kelayotgan va bartaraf etish mumkin bo‘lgan holatlar bo‘yicha taklif va mulohazalarini bildirib o‘tdi.
Ishchi guruhning o‘rganish ishlari davom etmoqda.
@adliyangiliklari

Adliya vazirligida “Davlat tilini rivojlantirishda innovatsion yechimlar” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Unda Yuridik atamalar elektron lug‘ati (tezaurusi) va O‘zbek ismlarining izohli imlo lug‘ati platformalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Bugungi kunda jami 3236 ta yuridik termin va tushunchaning tezaurus lug‘at maqolasi tayyorlangan, ulardan 2116 tasi thesaurus.tsul.uz platformasiga joylashtirilgan, 1126 ta termin ekspertiza bosqichida. Ekspertizadan o‘tgandan keyin ular ham platformaga joylashtiriladi. O‘zbek ismlarining izohli imlo lug‘ati portalida 10 ming atrofida ismlar mavjud. Xususan, arabcha, o‘zbekcha, turkcha, tatarcha, mo‘g‘ulcha, yunoncha, suryoniycha, pahlaviycha, yahudiycha, so‘g‘dcha, o‘zbekcha-qadimiy turkcha ismlar keltirilgan.
👉Batafsil

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev davlat xizmatlari ko‘rsatishga vakolatli bo‘lgan idoralar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlar faoliyati yuzasidan olib borilgan monitoringlar davomida ayrim tashkilotlar faoliyatida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotganligi aniqlandi. Xususan, vakolatli organlar tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 7 399 ta qonunbuzilish holatlari sodir etganligi aniqlangan bo‘lib, ularni bartaraf qilish bo‘yicha 30 ta taqdimnoma, 633 ta ogohnoma kiritildi hamda 259 nafar aybdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy jarimalar qo‘llanildi.
Bugun Samarqand viloyat adliya boshqarmasida adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligida davlat xizmatlari ko‘rsatishda vakolatli bo‘lgan tashkilotlar vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv ayni mavzuga bag‘ishlandi.

80_копия.pdf
2.5 MB
#OAV_biz_haqimizda
Raqamli muhitda intellektual mulkdan qanday foydalanish kerak?
Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi yig‘ilishida
“Intellektual mulkni ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonuni 12-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonun loyihasining birinchi o‘qish muhokamasi chog‘ida so‘z yuritildi. Loyihani ishlab chiqish sabablari hamda uning mazmun-mohiyati bo‘yicha adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov ma'lumot berdi.
Batafsil "Birja" iqtisodiy gazetasining 12-oktabr kuni chop etilgan sonidagi maqolada tanishing.