ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.79K videos
39 files
9.61K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Pastdarg‘om tuman DXMda “3 qadam” tamoyili yo‘lga qo‘yildi

Pastdarg‘om tuman davlat xizmatlari markazida “3 qadam” tamoyili joriy etildi. Ya'ni, xizmat ko‘rsatish tezkorligini oshirish maqsadida xizmatlar “oson”, “o‘rta” va “murakkab” toifalarga ajratildi. Bu tashrif buyuruvchilarning navbatda turish vaqtini sezilarli darajada qisqartirish imkonini beradi. Hozirda ushbu tartib Samarqand shahar davlat xizmatlari markazida mavjud.

Misol uchun, fuqarolar avvallari biror davlat xizmatidan foydalanish uchun aytaylik 30 daqiqa kutishi kerak bo‘lgan bo‘lsa, ayni paytda bunga 3 daqiqa yetarli bo‘lmoqda. Bu keyingi navbatda turgan fuqaroning qisqa fursatda hal bo‘lishi kerak bo‘ladigan masala uchun soatlab kutishiga o‘rin qoldirmaydi.

Qolaversa, ilgari barcha xodimlar istalgan turdagi xizmatni ko‘rsatgan bo‘lsa, endilikda ular ish tajribasidan kelib chiqib guruhlandi. Mazkur tartibning yo‘lga qo‘yilishi natijasida kunlik ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sonining ikki baravarga oshishiga hamda fuqarolar kutish vaqtining ikki baravar qisqarishiga erishildi. Xizmatlarni foydalanuvchiga qulay qilish, ularning mulohazalari bilan hisoblashish operatorlar va mijozlar vaqtining tejalishiga, xizmatlardan qoniqish darajasi ko‘tarilishiga xizmat qiladi.

Ushbu amaliyot xodimlarning malaka va tajribasi qay darajada ekanligini aniqlash, qaysi xizmatlarda muammoga duch kelayotganligiga e'tibor qaratib, malakasini oshirib borish, yangi ishga qabul qilingan xodimlarni “oson” davlat xizmatlari toifasida xizmat ko‘rsatishdan boshlab, “murakkab” toifasigacha bosqichma-bosqich o‘tkazish choralarini ko‘rish, “ustoz-shogird” an'analari asosida faoliyat yuritish tizimini mustahkamlash imkoniyatini vujudga keltiradi.

Bugungi kunda 27 ta davlat xizmatini kompozit tarzda ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, fuqaro bitta ariza orqali bir vaqtning o‘zida bir nechta xizmatni olish imkoniga ega.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Ishchi guruhning Samarqand viloyatiga xizmat safari yakunlandi

Bugun adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Pastdarg‘om, Bulung‘ur, Jomboy, Nurobod tumanlari adliya bo‘limlari davlat xizmatlari markazlari, FHDY bo‘limlari, shuningdek, adliya vazirligi huzuridagi viloyat davlat arxivi ish faoliyati bilan tanishdi. Lo‘nda qilib aytganda, viloyatdagi adliya organlaridagi mavjud sharoitlarni, jarayondagi muammolar hamda davlat xizmatchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Pastdarg‘om tumanidan boshlangan o‘rganish ishlari markazda yo‘lga qo‘yilgan yangi tajriba — “oson”, “o‘rta” hamda “murakkab” toifadagi yo‘laklar hamda boshqa qulayliklar bilan tanishdi. Bundan tashqari, Nurobod, Bulung‘ur, Jomboy tumanlaridagi markazlarda ilk marta yo‘lga qo‘yilgan xorijga chiqish biometrik pasportlarini rasmiylashtirish xizmatini ko‘rsatish jarayoni, mavjud imkoniyatlar ko‘lami, ulardan foydalanishda duch kelinayotgan to‘siqlar, qolaversa, FHDY organlarining bugungi holati, ulardagi xizmatlar sifati hamda ushbu xizmatlarni aholiga taqdim etishda yuzaga kelayotgan noqulayliklar, muammolarni o‘rgandi. Xodimlar bilan birgalikda tahlil qildi. Mavjud muammolarni bartaraf etish, xizmat ko‘rsatish jarayonini sifat jihatidan yaxshilash bo‘yicha zarur tavsiyalar, muhim topshiriqlarni belgilab berdi.

Shuningdek, ishchi guruh viloyat davlat arxivida ham bo‘lib, ular tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar, ularning sifati, arxiv hujjatlarini shakllantirish, belgilangan talablar asosida saqlash, xodimlarning ish jarayoni, ularga yaratilgan sharoitlarni ham borib ko‘rdi. Sohadagi mavjud muammo va kamchiliklar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash davomida duch kelinayotgan muammoli holatlar o‘rganildi. Bu borada tizim xodimlarining fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Sirdaryodagi xorijiy investorlar bilan uchrashdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Sirdaryo va Oqoltin tumanlarida quyi tuzilmalar faoliyati bilan tanishdi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari