ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.2K photos
2.79K videos
39 files
9.61K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
📣 Yuristlar malakasini oshirish markazi qisqa muddatli oʻquv kursiga taklif etadi

📝 Mavzu: "Kiber-jinoiy huquq"

❕Mazkur kurs an‘anaviy va masofaviy shaklda tashkil etiladi.

⚠️ Kurs yuzasidan batafsil ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.

📞 Murojaat uchun: +998 91 019 11 81

@adliyangiliklari
#qabul

📣 Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan “IP MANAGEMENT (INTELLEKTUAL MULKNI BOSHQARISH)” nomli qisqa muddatli o‘quv kurs uchun qabul boshlanganini ma‘lum qilamiz.


📁 Malaka oshirish kurslari shartnoma asosida pullik amalga oshiriladi. 1 nafar tinglovchi uchun o‘quv kursining (60 soatlik) narxi –1 386 000 so‘mni tashkil etadi.

♻️ Mashg‘ulotlar malakali mutaxassislar tomonidan olib boriladi.

✅ O‘z joyingizni band qilishga ulguring, kursga yozilish uchun: +998909690609, +998915918180 raqamlari bilan bog‘laning.

@adliyangiliklari
📣 Yuristlar malakasini oshirish markazi qisqa muddatli oʻquv kursiga taklif etadi

📝 Mavzu: "SUN’IY INTELLEKT, ROBOTOTEXNIKA VA JINOYAT HUQUQI"

❕Mazkur kurs an‘anaviy va masofaviy shaklda tashkil etiladi.

⚠️ Kurs yuzasidan batafsil ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.

📞 Murojaat uchun: +998 91 019 11 81

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Turkiya Adliya vazirligi bilan axborot texnologiyalarini qo‘llanilishi bo‘yicha tajribalar almashiniladi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Botanika bog‘i mojarosi: qonunchilikka va islohotlarga zid loyiha nima uchun ishlab chiqildi? Huquqiy tahlil

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida joylashgan Botanika bog‘ini Fanlar akademiyasi tasarrufidan chiqarib poytaxt hokimligiga o‘tkazish to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Hudud24.uz masalani huquqiy jihatdan o‘rgandi.

Batafsil 👉 https://hudud24.uz/?p=22066

@adliyangiliklari
#Adliya_xabar

Adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev ishtirokida Navoiy viloyat hokimligida ijro intizomini samarali tashkil etish yuzasidan amaliy-seminar tashkil etildi. Tadbirda 40 dan ortiq viloyat darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining 100 nafarga yaqin ijro intizomiga mas’ul rahbarlari hamda xodimlari qatnashdi.

Tadbir davomida «Ijro.gov.uz» platformasi bilan ishlash, ijro intizomini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilishi, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini belgilangan muddatlarda, to‘laqonli va sifatli taʼminlashning muhim ekanligi alohida ta’kidlandi hamda sohaga oid taklif va mulohazalar bildirildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Bugun adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Samarqand viloyatiga yetib keldi.

Ishchi guruh bir necha kun davomida viloyatdagi adliya organlari faoliyatini o‘rganadi.

Masʼullar dastlab Samarqand shahar adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazida bo‘ldi. Xususan, bu yerda jismoniy va yuridik shaxslar uchun yaratilgan qulayliklar, shart-sharoitlar, ularning davlat xizmatlaridan yana-da qulay, oson va tez foydalanishlariga zamin yaratuvchi mavjud imkoniyatlarni, muammo va kamchiliklarni o‘rgandi. Xizmat ko‘rsatish jarayoni, uning sifatini ko‘zdan kechirdi. Jumladan, fuqarolar, xodimlar bilan muloqotda bo‘lib, ham xizmat ko‘rsatuvchilarni, ham xizmatdan foydalanuvchilarni fikr-mulohazalariga quloq tutdi.

Shu o‘rinda taʼkidlash kerakki, hozirgi paytda Samarqand shahar davlat xizmatlari markazida xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish, ID-karta berish, milliy namunadagi eski haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish xizmatlaridan viloyatimiz ahli va fuqarolar foydalanib kelishmoqda. Asosiysi, xizmatlar “oson”, “o‘rta” hamda “murakkab” toifalar orqali taqdim qilinmoqda.

Birgina joriy yilning o‘tgan davrida markaz tomonidan 203 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilgan. Mazkur xizmatlardan aholi yuqorida qayd etganimizdek, uch qadam tizimi orqali foydalanmoqda.

Shundan:
▫️
Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha — 8 574;
▫️
ID-karta berish bo‘yicha — 7 783;
▫️
Milliy namunadagi eski haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish bo‘yicha — 7 400 dan ziyod xizmatlar ko‘rsatilgan.

Ishchi guruhning o‘rganish ishlari barcha tuman (shahar) larda davom etmoqda.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari