#Adliya_xabar
NAVOIYDA ISHLAB CHIQARISH QUVVATLARI, TADBIRKORLARNING MUAMMO VA TAKLIFLARI O'RGANILDI
Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rgangan holda huquqiy ko‘maklashish adliya organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalardan biri.
Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazildi.
Aytib o‘tish kerak, sanoat shahri deya e’tirof etiladigan “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida bugungi kunda 100 dan ortiq ishtirokchi tadbirkorlar tomonidan 150ga yaqin ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilmoqda. “IHLAS ELEKTRIK” MCHJ ana shunday tadbirkorlik subyektlaridan biri hisoblanadi.
Ishchi guruh vakillari dastlab zavodning ishlab chiqarish quvvati, mahsulotlar turi va sifati bilan yaqindan tanishdilar. Mas’uliyati cheklangan jamiyat bugungi kunda “LED” yoritish lampalari, sanoatda keng qo‘llaniladigan elim quvurlar ishlab chiqaradi.Umumiy quvvati 55,3 milliard so‘m,eksport salohiyati esa 375 ming dollarga teng. Tashkilotda 104 ta ish o‘rinlari mavjud.
Muloqotlar davomida tadbirkorlik subyekti mas’ullari ishchi guruh vakillariga eksport salohiyatini oshirish va yirik ishlab chiqarish quvvatlari bilan shartnomaviy munosabatlar bo'yicha o'z takliflarini bildirdilar.
Shuningdek, Ishchi guruh vakillari "HAYAT POWER CABLE SYSTEMS" MCHJ faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar. Mazkur tadbirkorlik subyekti bugungi kunda tikilgan polietilendan kuchlangan kabel ishlab chiqarishni tashkil etib kelmoqda.
O'rganish davomida, tadbirkorlarga o‘z soha faoliyatiga oid huquqiy axborotni, shu jumladan, qonunchilikdagi yangiliklarni olish manbalari va shakllari haqida ma’lumotlar berish bilan bir qatorda, ularning muammo va takliflari o‘rganildi hamda mavjud masalalar bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
@adliyangiliklari

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha
📺 Adliya vazirligi tomonidan navbatdagi yangi loyiha “Muallif minbari” taqdim etilmoqda.
Agar siz muallif bo‘lsangiz hamda mualliflik huquqlaringiz buzilayotgan bo‘lsa biz sizni minbarida tinglaymiz.
@adliyangiliklari
Agar siz muallif bo‘lsangiz hamda mualliflik huquqlaringiz buzilayotgan bo‘lsa biz sizni minbarida tinglaymiz.
@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from ️Training Institute for Lawyers
⚡️Bevosita ta'lim shaklida tashkil etiladigan Oliy ma'lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash (6 oylik) kurslariga qabul boshlanmoqda.
🎓Kurslarda o‘qish uchun barcha oliy ma'lumotli shaxslar hujjat topshirishlari mumkin.
⏰Hujjatlarni qabul qilish 2023-yilning 3-31-oktabr kunlari qabul.centertsul.uz sayti orqali faqat elektron ravishda amalga oshiriladi.
📩Talabgorlardan quyidagi hujjatlar qabul qilinadi:
📌fuqarolik pasporti;
📌oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasi;
📌3.5x4.5 o‘lchamdagi rangli fotosurat.
♻️Qabul kvotasi 100 nafarni (o'zbek tilida), to‘lov-kontrakt miqdori esa 14 500 000 so‘mni tashkil etadi.
❗️Eslatib o‘tamiz, kursni tugatib, diplom olgan shaxslar davlat organlari va boshqa tashkilotlarning yuridik xizmatida yurist va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ishlash huquqiga ega bo‘ladi.
☎️ 71 236-28-55 (1018)
☎️ 71 233-66-36 (1018)
📱90 930-70-74
📱99 937-04-33
📱95 988-01-50
📱98 125-73-92
👉@centertsul👈

#Mutaxassis_sharhi
Avtotransport vositalaridagi gaz balonlaridan xavfsiz foydalanish – salomatligimiz kafolati.
💡Gaz ballonlaridan foydalanish yuzasidan tavsiyalar
👉Batafsil

📢📢 Tadbirkorlar diqqatiga!
Butunjahon intellektual mulk tashkiloti tomonidan kichik va o‘rta biznes vakillarini qo‘llab-quvvatlash hamda intellektual mulk obyektlaridan kelib chiqqan huquqlardan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishni targ‘ib qilish maqsadida “WIPO IP Diagnostics” platformasi yaratilgani haqida xabar bergan edik.
Shu munosbat bilan bugun, 30-sentabr kuni soat 15:00da WIPO Diagnostics platformasidan foydalanish tartibi va foydalanuvchilar tomonidan yuzaga kelayotgan savollarga javob berish maqsadida ovozli chat tashkil etilmoqda.
@adliyaimd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Buxoro viloyati davlat arxivlari faoliyati bilan tanishmoqda
Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbarining “Yangi O‘zbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan O‘zarxiv agentligi Adliya vazirligi tarkibiga o'tkazildi. Bugungi kunda Agentlik tizimidagi arxivlarni adliya organlari bilan uyg‘unlashtirish jarayonlari faol ravishda amalga oshirilmoqda.
Xususan, aholiga arxiv sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini va qulayligini yanada oshirish maqsadida, arxiv organlarini zamonaviy binolar bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Shu o‘rinda, adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh tuman xokimi va sektor mas’ullari bilan birgalikda Shofirkon tuman davlat arxivining moddiy texnik bazasi, hujjatlarni saqlanish holati, arxiv xodimlari tomonidan raqamlashtirilayotgan arxiv hujjatlarini elektron tizimga kiritish jarayonlari bilan tanishib, mavjud muammolar ham o‘rganildi.
Shofirkon tuman davlat arxivi hujjatgohida asosan 1926-yildan boshlab davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va jamoat tashkilotlarining xujjatlari saqlanmoqda.
Arxivdagi xujjatlar o‘zbek va rus tillarida bo‘lib, arab, lotin va krill alifbolarida yozilgan asl nusxa va nusxalar hamda elektron nusxalardan iborat. Bundan tashqari arxivimizda 14 mingdan ortiq saqlov birlikdagi shaxsiy tarkib hujjatlari saqlanadi.
Respublikadagi arxiv organlarini ham bosqichma-bosqich zamonaviy binolar bilan taʼminlash bir qatorda Shofirkon tuman davlat arxivi ham tez kunlarda yangi binoga oʻtishi rejalashtirilgan.
O‘rganish davomida davlat arxivi sohani tubdan takomillashtirish bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi yuzasidan soha xodimlari bilan muhokama qilindi.

Shofirkon tumanida zamonaviy davlat xizmatlari markazi binosi foydalanishga topshirildi
Endilikda ushbu markaz orqali fuqarolar 300 dan ortiq davlat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin boʻladi.
Yangi davlat xizmatlari markazi ham davlat xizmatlaridan eksterritoriallik tamoyili asosida, yaʼni yashash joyidan qatʼiy nazar foydalanish imkonini beradi.
Shu oʻrinda takrorlanmas meʼmoriy dizaynga ega Markaz Shofirkon tumanining 184 000 dan ortiq aholisiga xizmat koʻrsatish uchun barcha shart-sharoitlarga ega.
Yangi binoda adliya boʻlimi, yuridik xizmat koʻrsatish markazi, FHDY boʻlimi va davlat xizmatlari markazining bir joyda boʻlishi hudud aholisiga yana bir qulaylik yaratadi.
Tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev, Buxoro viloyat hokimi, adliya boshqarmasi rahbariyati va Shofirkon tuman hokimi A.Fayzulloyev, adliya boʻlimi vakillari, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, mehnat faxriylari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishib, Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yilida fuqarolarimizga yaxshi qulayliklar yaratilganligini taʼkidlab oʻtishdi.

Adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev yoshlar bilan uchrashdi.
Davlatimiz tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtiga mazmun olib kirish ustuvor vazifa sifatida belgilab olingan bo‘lib, hozirda yoshlar bilan ishlashning mahalla-tuman-viloyat-respublika tizimi yaratildi.
Shu o'rinda Adliya vazirligi rahbariyati tomonidan muntazam ravishda yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etib borilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 29-sentabr kuni adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev Toshkent viloyati Zangiota tumanida yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda yoshlarni qiynayotgan muammolar va ular duch kelayotgan qiyinchiliklar tinglanib, har bir yoshga tegishli taklif, tavsiya va maslahatlarni bergan holda ularning muammolari yuzasidan mas’ul tashkilotlarga ko‘rsatmalar berildi.