ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.2K photos
2.79K videos
39 files
9.61K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_hudud

Bugun, 29-sentabr kuni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Samarqand viloyat adliya boshqarmasida adliya tizimida uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan va hozirda o‘z hayot saboqlari bilan shogirdlariga kamarbasta bo‘lib kelayotgan bir qator faxriylar hamda adliya organlarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar ishtirokida “Avlodlar uchrashuvi” o‘tkazildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Xon_atlas_festivali

Respublikamizning barcha hududlarida, mahallalarda, vazirlik va idoralarda “Xon atlas” festivali o‘tkazilmoqda.

Mazkur festivalda Adliya vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlarda faoliyat yurituvchi xotin-qizlarimiz ham faol ishtirok etishmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Oʻrganishlar davomida Pop tumani davlat xizmatlari markazida
sayyor qabul oʻtkazildi

Aholi va tadbirkorlik subʼektlarini huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini qonuniy himoya qilish adliya organlariga yuklatilgan asosiy vazifalaridan biridir. Bunda adliya organlari tomonidan fuqarolarning huquqiy muammolari shaxsiy va sayyor tartibda oʻrganish orqali ularning muammolari hal etilib kelinmoqda.

Shu maʼnoda adliya vazirining oʻrinbosari Sherzod Rabiyev davlat xizmatlari markazida “Uch uyli”, “Ultarma”, “Uy’ur” hamda “Tinchlik” mahallalarida istiqomat qiladigan aholi murojaatlarini tinglash, ularni hal etish va huquqiy maslahatlar berish maqsadida sayyor qabul oʻtkazildi. Qabul davomida jami 20 nafar fuqaro qabul qilinib, ularning 25 ta masaladagi murojaatlari tinglandi.

Kelib tushgan 25 ta murojaatlarning 14 tasi joyida va 5 tasi yuzasidan huquqiy maslahat berish orqali ijobiy hal etildi hamda oʻsha joyning oʻzida yechimi topilmagan 6 ta murojaatlar sayyor qabul bayonnomalariga qayd etilib, tegishli tartibda koʻrib chiqish uchun ish yurituviga olindi.

Bu kabi uchrashuv va muloqotlarni oʻtkazishdan asosiy maqsad, aholini qiynab kelayotgan muammo va masalalarni tizimli hal etish hamda fuqarolarning davlat organlariga boʻlgan ishonchini yanada oshirish, shuningdek fuqarolarining huquqiy savodxonligini oshirishdan iborat.

@adliyangiliklari