ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.2K photos
2.79K videos
39 files
9.61K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Xon_atlas_festivali

Respublikamizning barcha hududlarida, mahallalarda, vazirlik va idoralarda “Xon atlas” festivali o‘tkazilmoqda.

Mazkur festivalda Adliya vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlarda faoliyat yurituvchi xotin-qizlarimiz ham faol ishtirok etishmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Oʻrganishlar davomida Pop tumani davlat xizmatlari markazida
sayyor qabul oʻtkazildi

Aholi va tadbirkorlik subʼektlarini huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini qonuniy himoya qilish adliya organlariga yuklatilgan asosiy vazifalaridan biridir. Bunda adliya organlari tomonidan fuqarolarning huquqiy muammolari shaxsiy va sayyor tartibda oʻrganish orqali ularning muammolari hal etilib kelinmoqda.

Shu maʼnoda adliya vazirining oʻrinbosari Sherzod Rabiyev davlat xizmatlari markazida “Uch uyli”, “Ultarma”, “Uy’ur” hamda “Tinchlik” mahallalarida istiqomat qiladigan aholi murojaatlarini tinglash, ularni hal etish va huquqiy maslahatlar berish maqsadida sayyor qabul oʻtkazildi. Qabul davomida jami 20 nafar fuqaro qabul qilinib, ularning 25 ta masaladagi murojaatlari tinglandi.

Kelib tushgan 25 ta murojaatlarning 14 tasi joyida va 5 tasi yuzasidan huquqiy maslahat berish orqali ijobiy hal etildi hamda oʻsha joyning oʻzida yechimi topilmagan 6 ta murojaatlar sayyor qabul bayonnomalariga qayd etilib, tegishli tartibda koʻrib chiqish uchun ish yurituviga olindi.

Bu kabi uchrashuv va muloqotlarni oʻtkazishdan asosiy maqsad, aholini qiynab kelayotgan muammo va masalalarni tizimli hal etish hamda fuqarolarning davlat organlariga boʻlgan ishonchini yanada oshirish, shuningdek fuqarolarining huquqiy savodxonligini oshirishdan iborat.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabar

NAVOIYDA ISHLAB CHIQARISH QUVVATLARI, TADBIRKORLARNING MUAMMO VA TAKLIFLARI O'RGANILDI

Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rgangan holda huquqiy ko‘maklashish adliya organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalardan biri.

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazildi.

Aytib o‘tish kerak, sanoat shahri deya e’tirof etiladigan “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida bugungi kunda 100 dan ortiq ishtirokchi tadbirkorlar tomonidan 150ga yaqin ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilmoqda. “IHLAS ELEKTRIK” MCHJ ana shunday tadbirkorlik subyektlaridan biri hisoblanadi.

Ishchi guruh vakillari dastlab zavodning ishlab chiqarish quvvati, mahsulotlar turi va sifati bilan yaqindan tanishdilar. Mas’uliyati cheklangan jamiyat bugungi kunda “LED” yoritish lampalari, sanoatda keng qo‘llaniladigan elim quvurlar ishlab chiqaradi.Umumiy quvvati 55,3 milliard so‘m,eksport salohiyati esa 375 ming dollarga teng. Tashkilotda 104 ta ish o‘rinlari mavjud.

Muloqotlar davomida tadbirkorlik subyekti mas’ullari ishchi guruh vakillariga eksport salohiyatini oshirish va yirik ishlab chiqarish quvvatlari bilan shartnomaviy munosabatlar bo'yicha o'z takliflarini bildirdilar.

Shuningdek, Ishchi guruh vakillari "HAYAT POWER CABLE SYSTEMS" MCHJ faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar. Mazkur tadbirkorlik subyekti bugungi kunda tikilgan polietilendan kuchlangan kabel ishlab chiqarishni tashkil etib kelmoqda.

O'rganish davomida, tadbirkorlarga o‘z soha faoliyatiga oid huquqiy axborotni, shu jumladan, qonunchilikdagi yangiliklarni olish manbalari va shakllari haqida ma’lumotlar berish bilan bir qatorda, ularning muammo va takliflari o‘rganildi hamda mavjud masalalar bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

@adliyangiliklari