ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.2K photos
2.79K videos
39 files
9.61K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasida adliya vaziri o'rinbosari Muzraf Ikramov raisligida hay'at majlisi o'tkazildi

Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan joriy yilning 17—28-sentabr kunlari Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi hamda uning tuzilmalari faoliyati kompleks o'rganildi. O'rganish natijalari yuzasidan aniqlangan kamchiliklar va ijobiy amaliyotlar yuzasidan yig'ilish o'tkazildi.

Tanqidiy ruhda o'tgan yig'ilishda yo‘l qo‘yilgan sustkashliklarga barham berish hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov boshchiligidagi ishchi guruh Shirin shahar adliya bo‘limi faoliyati bilan tanishdi.

Mas’ullar xodimlar bilan suhbatlashib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularga huquqiy axborotni yetkazish hamda huquqiy xizmat koʻrsatishda adliya boʻlimining faoliyatini yanada kuchaytirish masalalariga to'xtalib o'tishdi.

Shundan so‘ng sohani yanada takomillashtirish, huquqni qo‘llash amaliyotida duch kelinayotgan muammolar tahlil qilindi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab berildi.

Tashrif davomida adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, davlat xizmatlari markazi, FHDY organida aholiga xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik baza, mavjud imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan navbatdagi o'rganish Qiziltepa tumani adliya bo'limida bo'ldi.

Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani mahalliy xalq tilida "tadbirkorlar shaharchasi" deb yuritiladi. Bu yerda ishlab chiqarish va mahsulotlarni chet davlatlarga eksport qilish hajmi yuqori. Shu bois, fuqarolarga ko'rsatilayotga davlat xizmatlarining aksariyati tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish masalalari bilan bog'liq. Birgina joriy yilning shu davriga qadar tumanda aholiga 37 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko'rsatilgan bo'lsa,shundan, 70 foizdan ko'prog'i YTT va boshqa tadbirkorlik subyektlariga litsenziya berish, davlat ro'yxatidan o'tkazish va davlat reestridan chiqarish xizmat turlaridan iborat.

Ishchi guruh vakillari tomonidan avvalo markaz binosida yaratilgan sharoitlar, mavjud moddiy- texnik baza ko'zdan kechirildi.

Muloqot mobaynida fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish ko‘nikmalarni oshirishdan tashqari, markaz binosida kuz-qishga tayyorgarlik ko'rish borasida muhim topshiriqlar  belgilab berildi.

Shuningdek, ishchi guruh vakillari tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, FHDY organi faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, arxiv hujjatlari, FHDY tantanalar uyi holati, mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirishdi, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Bugun, 29-sentabr kuni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Samarqand viloyat adliya boshqarmasida adliya tizimida uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan va hozirda o‘z hayot saboqlari bilan shogirdlariga kamarbasta bo‘lib kelayotgan bir qator faxriylar hamda adliya organlarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar ishtirokida “Avlodlar uchrashuvi” o‘tkazildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari