ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.2K photos
2.8K videos
39 files
9.63K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Respublika sud ekspertizasi markazi Sirdaryo viloyat bo‘limi hamda viloyat davlat arxivi faoliyati bilan tanishdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Adliya vazirligining eng quyi tizimlari faoliyatini o‘rganish davom etmoqda

Joriy yilning 27-sentabr kuni adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Navoiy viloyatining olis hududlaridan biri bo'lgan Tomdi tumani Adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi.

Takidlash joizki, Navoiy viloyatining Tomdi tumani shahar markazidan 300-400 kilometr uzoqlikda joylashgan. Yerlik aholi asosan chorvachilik bilan shug'ullanadi. Maydoni jihatdan keng bo'lsa-da, xonadonlar tarqoq joylashgani bois, bu yerda aholi gavjum emas. Adliya bo'limi davlat xizmatlari markazi tomdiliklar uchun nafaqat xizmat ko'rsatadigan, balki, o'zaro yig'ilishib, diydorlashadigan maskanga aylanib ulgurgan.

An'anaga ko'ra, o'rganish jarayon dastlab binoda fuqarolar va xodimlar uchun yaratilgan shart- sharoitlar, moddiy- texnik baza, mavjud qulayliklar bilan tanishishdan boshlandi.

Muloqot davomida, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini aniqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etishdan, tizim masʼullari faoliyatini jadallashtirish, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish ko‘nikmalarni oshirishdan tashqari, markaz binosida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish borasida muhim topshiriqlar ham belgilab berildi.

Shu birga, ishchi guruh vakillari Tomdi tuman hokimi, sektor rahbarlari ishtirokida mahalliy aholining huquqiy ongini oshirish, murojaatlariga huquqiy yechim topish, fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalarni uyma-uy yurib hal qilishga ko‘maklashish hamda sayyor qabullarni samarali tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Ma'lumot o'rnida aytish joiz, Tomdi tuman Davlat xizmatlari markazi tomonidan joriy yilning shu davriga qadar 3 000 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko'rsatilgan.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o'rinbosari Alisher Karimov Sirdaryo viloyat davlat organlari yuriskonsultlari bilan uchrashdi

Uchrashuvda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar va yuristlar uchun yaratib berilayotgan yangi imkoniyatlar haqida atroflicha so‘z yuritilib, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida qonuniylikni yanada mustahkamlash, demokratik va huquqiy islohotlarni amalga oshirishda yuridik xizmatlarning roli muhim ekanligi alohida ta’kidlandi.

Muloqot mobaynida faoliyatda duch kelinayotgan muammolar hamda ularning huquqiy yechimiga oid masalalar tahlil qilindi.

Shuningdek, sohani yanada takomillashtirishga qaratilgan taklif va mulohazalar tinglanib, uchrashuvda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruhi Navoiy viloyatining Nurota tumani adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi

Nurota tumani Navoiy viloyatining milliy qadriyatlarni o'zida eng ko'p saqlab kelayotgan maskanlardan biri hisoblanadi. Nurotada hunarmandchilik mahsulotlari, ayniqsa, kashta buyumlarining boshqa hududga qaraganda eksporti ancha yuqori. Shu bois, mahalliy xalq asosan hunarmandchilik, xususan, milliy liboslar ishlab chiqarish bo‘yicha YTT ochish maqsadida davlat xizmatlaridan foydalanishadi. Bu yerda joriy yilning shu davriga qadar fuqarolarga 20 mingga yaqin davlat xizmatlari ko‘rsatilgan.

Muloqot mobaynida fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish ko‘nikmalarni oshirishdan  tashqari, markaz binosida kuz-qishga tayyorgarlik ko'rish borasida muhim topshiriqlar belgilab berildi.

Shuningdek, ishchi guruh vakillari yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, FHDY organi faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, arxiv hujjatlari, FHDY tantanalar uyi holati, mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirishdi, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Mas'ullar Navoiy viloyatining olis hududlaridan biri Uchquduq tumanida ham bo‘lib, adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, FHDY bo‘limi faoliyati o'rganildi. O'rganish mobaynida, avvalo, binoda xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik baza, mavjud qulayliklar ko'zdan kechirildi.

Shundan so'ng fuqarolarga davlat xizmatlari ko'rsatish sifati, xizmatdan foydalanishda ularga yanada qulaylik yaratish imkoniyatlari, mavjud kamcjiliklarni bartaraf etish choralari va xodimlarning mazkur sohadagi bilim-salohiyati bilan tanishildi.

@adliyangiliklari