ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.2K photos
2.8K videos
39 files
9.63K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Sherzod Rabiyev Uchqo‘rg‘on tumanida bo’ldi.

Galdagi uchrashuv Uchqo‘rg‘on tumani adliya boʻlimida faoliyat olib borayotdan xodimlari ishtirokida tashkil qilindi.

Uchrashuvda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularga huquqiy axborotni yetkazish hamda huquqiy xizmat koʻrsatishda tuman adliya boʻlimining faoliyatini yanada jonlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yuzma-yuz muloqotda har bir xodim bilan suhbatlashilib, sohani yanada rivojlantirish, amaliyotda uchrayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha fikr-mulohazalar tinglandi.

Shuningdek, davlat xizmatlariga tashrif buyurgan aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan yuzma-yuz muloqot qilib, sohani rivojlantirish, yangi xizmatlarni joriy etish va xizmat sifatini yaxshilash yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Boyovut tumanida Adliya vaziri o'rinbosari Alisher Karimovning sayyor qabuli tashkil qilindi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Joriy yilning 28-sentabr kuni adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev ishtirokida 2023-yilning o‘tgan davri mobaynida Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli tashkilotlarning rahbar xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Ma’lumot uchun:
2023-yil davomida Navoiy viloyatidagi davlat xizmatlari markazlari tomonidan 225 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko’rsatilgan.

Shu o‘rinda, Adliya vazirligi tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatish axborot tizimi orqali monitoring qilinganda vakolatli tashkilotlar tomonidan ushbu davrda fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida jami 1 190 ta muddat buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.

Tadbir davomida bu kabi salbiy holatlar, aholiga sifatsiz xizmat ko‘rsatilishiga, sohada korrupsiya holatlari ortishiga, vakolatli tashkilotlar tomonidan arizalarini asossiz rad qilinishi natijasida fuqarolar tomonidan DXMlarga takroran murojaat qilishlariga va buning natijasida markaz xodimlarining vaqti cheklanishiga va markazlarda navbatlarning ortishiga sabab bo‘layotganligi ta’kidlandi.

Shundan song, uy-joy qurilishi, kadastr, elektr ta’minoti yonalishlarida davlat xizmatlari korsatish sohalari alohida tahlil etilib, taklif va amaliy ko‘rsatmalar berildi.

Uchrashuvda davlat xizmatlarini ko‘rsatishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sabablari bo‘yicha rahbarlarning izohi eshitilishi bilan birga shu kabi qonun buzilishi holatlarini oldini olish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasini takomillashtirish, mavjud muammolarni bartaraf etish borasida aniq chora-tadbirlarni belgilab olindi.

@adliyangiliklari