ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.2K photos
2.8K videos
39 files
9.64K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Xabar berganimizdek, ayni kunlarda adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Navoiy viloyatidagi adliya bo‘limlari va muassasalar faoliyati o‘rganilmoqda.

Jumladan, 26-sentabr kuni mas’ullar Xatirchi tumani adliya bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Aytib o‘tish kerak, Xatirchi tumani viloyatning aholi soni jihatdan eng katta hududlaridan biri hisoblanadi. Shu bois, adliya bo‘limi va davlat xizmatlari markazida fuqarolar doimo gavjum. Ishchi guruh vakillari dastlab binoda davlat xizmatlari ko‘rsatish, fuqaro murojaatlarini qabul qilish, xodimlar ish faoliyati samarali tashkil qilish uchun mavjud sharoitlarni ko‘zdan kechirib chiqdilar.

Shundan so‘ng, davlat xizmatlaridan foydalanishda fuqarolarga yatib berilayotgan qulayliklar, FHDY organi faoliyati va sohada yanada samaradorlikka erishish borasidagi takliflar o‘rganildi.

Shuningdek, davlat xizmatlardan foydalanish uchun tashrif buyurgan fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, aniqlangan muammolar hamda aholi tomonidan berilgan takliflar bo‘yicha adliya bo‘limi mas‘ullariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Vazir oʻrinbosari Namangan shahar "Majnuntol" mahallasidagi “mahalla beshligi” bilan uchrashdi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Buyuk Britaniya parlamentining Parlamentlararo ittifoqidagi guruhi (BGIPU) rahbari bilan uchrashdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Kichik sanoat zonasida tadbirkorlar bilan muloqot

Adliya vazirining oʻrinbosari Namangan shahridagi “Barkamol avlod” yoshlar sanoat va tadbirkorlik kichik sanoat zonasida tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Ishchi guruh aʼzolarini viloyatdagi tashrifidan maqsad, tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etish va ularga huquqiy tushuntirishlar berish orqali mavjud muammolarni hal etishga koʻmaklashishdan iborat.

Ushbu kichik sanoat zonasidagi uchrasvuv davomida tadbirkorlarni “Brend” olish bilan bogʻliq masalalariga adliya organlari tomonidan amaliy yordam koʻrsatilishi belgilab olindi.

Kichik sanoat zonasida boʻlgan ishchi guruh ko‘plab ishchi oʻrin yaratgan trikotaj, poyabzal va mebel mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida soʻz yuritilib, aholi bandligini taʼminlagan ishbilarmonlarga berilayotgan imtiyozlar haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Ayni paytda ucharuvlar davom etmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimovning Sirdaryoda tadbirkorlar bilan uchrashuvlari davom etmoqda.

Xususan, vazir o‘rinbosari 26-sentabr kuni metall konstruksiyalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Wangda group” qo'shma korxonasi, Xitoyning "Exeed" brendi ostidagi avtomobillarni ishlab chiqaruvchi “Asaka motors” zavodi, shuningdek "Bekzodsher" birlashmasining gazobeton bloklari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuvlar davomida mamlakatimizda biznesni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan islohotlar haqida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, tadbirkorlarga o‘z soha faoliyatiga oid huquqiy axborotni, shu jumladan, qonunchilikdagi yangiliklarni olish manbalari va shakllari haqida ma’lumotlar berildi.

Bundan tashqari, tadbirkorlar va ishchilar bilan ishlab chiqarish joylarida bevosita suhbat o‘tkazilib, ularning muammo va takliflari o‘rganildi hamda ularni hal qilish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov Mirzaobod tuman adliya bo‘limi faoliyati bilan tanishdi

Ayni kunlarda adliya vaziri o‘rinbosari A.Karimov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Sirdaryo viloyatidagi adliya organlari va muassasalari faoliyati o‘rganilib ularga amaliy yordam ko'rsatilmoqda.

Mas’ullarning navbatdagi o'rganish manzili Mirzaobod tuman adliya bo‘limi bo‘ldi.

Tizim xodimlari bilan muloqot ochiq formatda tashkil etilib, dastlab faoliyatni tashkil qilish, xususan, davlat organlari va tashkilotlari, mahallalar bilan hamkorlik, huquqiy axborotni tizimli va manzilli yetkazish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir mobaynida ish unumdorligi, huquqiy xizmat sifati va samaradorligini oshirish yuzasidan atroflicha tavsiyalar berildi hamda adliya, FHDY organlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi va davlat xizmatlari markazi xodimlarining sohaga oid muammo va takliflari tinglandi.

Shuningdek, mas’ullar adliya bo‘limida xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlarini ko‘zdan kechirishdi, davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan fuqarolar bilan ham suhbatlashib, xizmatlar sifati haqidagi fikr va takliflarini o'rganishdi.

O'rganish doirasida aniqlangan kamchiliklar hamda fuqarolar tomonidan berilgan takliflar yuzasidan adliya bo‘limi mas’ullariga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Adliya vaziri o‘rinbosari A.Karimovning Sirdaryo viloyatidagi o‘rganishlari davom etmoqda.

@adliyangiliklari