ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.2K photos
2.8K videos
39 files
9.63K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliyada yoshlar

Bugun Adliya vazirligida bir guruh yoshlar mehmonda bo‘lishdi. Ular uchun "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi.

60 nafarga yaqin Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari Adliya vazirligi faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi. Tadbir davomida Adliya organlari tarixi muzeyi, qonun ijodkorligiga mas'ul boshqarmalarga sayohat qilindi.

Vazirlik matbuot xizmatining ish jarayoni bilan yaqindan tanishib, vazirlik media-markazi faoliyatini ko‘zdan kechirishdi hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o'rinbosari tadbirkorlar bilan uchrashdi

Adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Tadbirda Prezidentimizning tadbirkorlar bilan uchrashuvida belgilangan vazifalar kelgusida biznes uchun yanada qulay muhit yaratishi haqida o'zaro fikr almashildi.

Shuningdek, bugungi kunda tadbirkorlar faoliyatiga huquqiy jihatdan yordamlashishga qaratilgan loyihalar, xususan b-advice — tadbirkorlarga bepul huquqiy yordam berishga mo'ljallangan portal, yurxizmat.uz — mustaqil ravishda onlayn shaklda shartnoma, da'vo va talabnoma hujjatlarini tayyorlovchi tizimlar haqida batafsil tushuntirish berildi.

Bundan tashqari, erkin iqtisodiy zonasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va ishchilar bilan ishlab chiqarish joylarida bevosita suhbat o‘tkazildi, ularning muammo va takliflari o‘rganilib, ularni hal qilish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘ribosari Sherzod Rabiyev Namangan viloyatida o‘z o‘rganishlarini boshladi.

Dastlab, Namangan shahar davlat xizmatlari markazi faoliyat bilan yaqindan tanishdi. Davlat xizmatlari markaziga kuniga 1000-1200 nafar fuqaro tashrif buyurgan holda xizmatlardan foydalanadi. Markazda eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish, xorijga chiqish biometrik pasportini hamda ID-kartani olish xizmatlari joriy etilganligi fuqarolarni uzog‘ini yaqin qilish barobarida ularni vaqt va ortiqcha xarajatlardan holi qilmoqda.

Shuningdek, aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun qulaylik yaratish hamda xizmat foydalanuvchilarni ortiqcha vaqtlarini tejash maqsadida alohida yo‘laklar tashkil etilgani ayni muddao ekanligi ta'kidlandi.

Uchrashuv davomida Sh.Rabiyev xodimlar va aholi bilan ularning muammolari hamda taklif va mulohazalari yuzasidan yaqindan suhbatlashdi.

@adliyangiliklari
#Huquqiy_gap

Adliya vazirligining Intellektual mulk departamenti tomonidan intellektual faoliyat natijasini amaliyotga joriy qilish, tijoratlashtirish, intellektual mulkka nisbatan mutlaq huquqni sotish yuzasidan "Intellektual mulk obyektlaridan foydalanishda litsenziya shartnomasining ahamiyati" mavzusida huquqiy gap ovozli chati tashkil etiladi.

⏰26-sentyabr soat 11:00da

🎙️Spiker: Adliya vazirligi Intellektual mulkni ro‘yxatga olish va rivojlantirish boshqarmasi xodimi Murodjon Jaloldinov.

Ushbu ovozli chatda ishtrokchilar litsenziya shartnomalarini tuzish va uni roʻyxatdan oʻtkazish yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

🎵Ovozli chat @adliyaimd telegram kanalida oʻtkaziladi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM