#Adliya_xabari
Surxondaryo viloyatining Denov, Uzun, Sariosiyo tumanlari adliya bo‘limlari faoliyati o‘rganildi
Bugun adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi va Oltinsoy tumani adliya bo‘limlari faoliyati o‘rganilganligi haqida xabar bergandik.
Kunning ikkinchi yarimida ishchi guruh viloyatning Denov, Uzun, Sariosiyo tumanlari adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazlari, FHDY organi hamda yuridik xizmat ko‘rsatish markazida bo‘lib, bu yerda jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatlaridan yanada qulay, oson foydalanishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ko‘lami bilan tanishdi.
O'rganishlar davomida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini aniqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bilan bir qatorda, tizim masʼullari faoliyatini jadallashtirish, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish ko‘nikmalarni oshirish kerakligi ta'kidlandi.
Ishchi guruh tumanlarning Davlat xizmatlari markazida fuqarolarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirish bilan bir qatorda DXMga tashrif buyurgan fuqarolar bilan ham muloqot tashkil etildi. Muloqot davomida aholining davlat xizmatlarini olishda duch kelayotgan muammolar bo'yicha murojaatlari tinglandi va ayrim masalalar yuzasidan joyida huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, o‘rganib chiqish muddat talab etadigan murojaatlar ish yurituvga qaratilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
@adliyangiliklari

Buxoro viloyatida Intellektual mulkni rivojlantirishga qaratilgan sayyor uchrashuv o‘tkazildi
👉Batafsil
🌐 На русском

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
Yangiliklar 24 | O‘zbekiston va Malayziya: hamkorlik sohalari kengaymoqda
@adliyangiliklari
Yangiliklar 24 | O‘zbekiston va Malayziya: hamkorlik sohalari kengaymoqda
@adliyangiliklari
#Adliya_hudud
Qiziltepaliklarning murojaatlari tinglandi
Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida adliya boshqarmasi va ichki ishlar boshqarmasi boshliqlarining sayyor qabuli tashkil etildi. "Mustaqillik" mahallasi binosida o'tkazilgan qabul mobaynida 30 nafarga yaqin fuqaro murojaatlariga yakka tartibda yechim topdilar.
Sayyor qabul jarayonida uy-joyiga kadastr kitobi shakllantirish, ta’lim, tadbirkorlikka kredit olish, meros masalasi, yo‘llar ta’miri, ishga joylashish kabi murojaatlari yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi. Kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal qilinib, ayrimlari tegishliligiga ko‘ra yo‘naltirildi. Оʻrganish talab etiladigan 10 tadan ortiq murojaat ish yurituvga qabul qilindi. Мoddiy yordam olish, aliment undirish, imtiyozli kredit olish hamda boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlariga joyda huquqiy maslahatlar berildi.
Bundan tashqari, qabul mobaynida mobil ofis orqali aholiga sayyor tartibda FHDY, notarius va davlat xizmatlari ham ko‘rsatildi. Sayyor xizmat jarayonida arxiv hujjatlariga murojaat tashlandi, yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, uy-joyiga kadastr kitobi shakllantirildi, fuqarolarning 11 turdagi murojaatiga davlat xizmati ko‘rsatildi.

#Adliya_murojaat
Adliya vazirligida jismoniy va yuridik shaxsning vakillarini qabul qilish: jarayonlar va tartiblar
@adliyangiliklari
Adliya vazirligida jismoniy va yuridik shaxsning vakillarini qabul qilish: jarayonlar va tartiblar
@adliyangiliklari
#Adliya_xabari
Faoliyat samaradorligi tanqidiy tahlil qilindi
Davlat xizmatlari koʻrsatish jarayonini oʻrganish, tahlil qilish, sohadagi muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish Adliya vazirligining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Joriy yilning 21-sentabr kuni adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev ishtirokida 2023-yilning o‘tgan davri mobaynida Surxondaryo adliya boshqarmasi tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli tashkilotlarning rahbar xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Ma’lumot uchun: 2023-yil davomida Surxondaryo viloyatidagi Davlat xizmatlari markazlari tomonidan 340 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko’rsatilgan.
Shu o‘rinda, Adliya vazirligi tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatish axborot tizimi orqali monitoring qilinganda vakolatli tashkilotlar tomonidan ushbu davrda fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida jami 20 024 ta muddat buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan.
Tadbir davomida bu kabi salbiy holatlar, aholiga sifatsiz xizmat ko‘rsatilishiga, sohada korrupsiya holatlari ortishiga, vakolatli tashkilotlar tomonidan arizalarini asossiz rad qilinishi natijasida fuqarolar tomonidan DXMlarga takroran murojaat qilishlariga va buning natijasida markaz xodimlarining vaqti cheklanishiga va markazlarda navbatlarning ortishiga sabab bo‘layotganligi ta’kidlandi.
Uchrashuvda davlat xizmatlarini ko‘rsatishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sabablari bo‘yicha rahbarlarning izohi eshitilishi bilan birga shu kabi qonun buzilishi holatlarini oldini olish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasini takomillashtirish, mavjud muammolarni bartaraf etish borasida aniq chora-tadbirlarni belgilab olindi.
Shuningdek, huquqbuzarliklarning sabablari tubdan o‘rganib, aybdorlarga tegishli chora qo‘llanilishi belgilanib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni oldindan ko‘ra olish mumkinligi va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Forwarded from Huquqiy Gap
⚡️“Ta'lim sohasidagi muammo va yechimlar: ta'lim krediti, tabaqalashtirilgan to'lov-kontrakt, yotoqxona bilan ta'minlash masalalari” mavzusida audio-podkast tashkil etiladi!
🎙Suhbat spikerlari:
➖O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
➖Toshkent davlat yuridik universiteti va hamkor tashkilotlar mutaxassislari.
⏰Ovozli chat 22-sentyabr kuni soat 16:00da @huquqiy_gap kanalida boshlanadi.
📥Savollaringizni izohlarda qoldiring.
Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiy_gap

#Biz_kontrafaktga_qarshimiz
Aholining asl mahsulot iste’mol qilishini ta’minlash — asosiy maqsadimizdir!
Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti tomonidan Buxoro viloyati markaziy bozorining savdo rastalarida hamda shahar markazidagi dorixonalarda kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasiga qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Xususan, dorixona farmatsevtlariga kontrafakt dori vositasining salbiy oqibatlari, zararlari tushuntirildi. Farmatsevt-sotuvchilarga kontrafakt dori vositalarini sotganlik uchun ma’muriy javobgarlik mavjudligi yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Bekzod Ro‘ziyev, boshqarma boshlig‘i:
— Asosiy vazifamiz sotuvchilarni kontrafakt dori vositalarini sotmaslikka targ‘ib etish. Sababi bemor o‘ziga kerakli dori vositasi o‘rniga kontrafakt dorini xarid qilsa, sog‘lig‘i yetarlicha tiklanmasligi yoki dori kutilganidek ta’sir etmasligi mumkin. Shunday holatlarni oldini olish uchun dorixona farmasevtlariga kontrafakt dori va uni haqiqiysidan farqlash imkoniyatini beruvchi kontrafakt mahsulotlar kataloglarini tarqatmoqdamiz.

Qoʻqon shahrida “Geografik koʻrsatkichlar koʻrgazmasi” tashkil etildi
Qoʻqon shahrida 2023-yil 21—23-sentyabr kunlari oʻtkazilayotgan "II Xalqaro Hunarmandchilik festivali" doirasida "Geografik koʻrsatkichlar koʻrgazmasi" tashkil etildi.
Xususan, koʻrgazmada geografik koʻrsatkich sifatida roʻyhatdan oʻtkazilgan Margʻilon atlasi, Margʻilon adrasi, Qoʻqon pichoqlari, Zomin tadir gʻoʻshti, Gʻijduvon shashligi hamda geografik koʻrsatkich sifatida roʻyxatdan oʻtkazish mumkin boʻlgan istiqbolli mahsulotlar namoyish qilindi.
Bugungi kunda Oʻzbekiston dunyoga ochilmoqda, turizm salohiyati kengaymoqda va respublikamizning har bir hududining oʻziga xos tabiati va anʻanalari mavjud boʻlib, ularni jahon miqyosida mashxurlikka erishishida albatta hududiy brendlarni rivojlantirish va uni shu hudud bilan bogʻliqligini koʻrsatishda intellektual mulk obyektlarning bir turi boʻlgan geografik koʻrsatkichlar alohida oʻringa ega.
Koʻrgazma doirasida tashrif buyuruvchilarga hamda hunarmanlarga geografik koʻrsatkichlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishning afzalliklar hamda tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisini roʻyhatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish, koʻrib chiqish tartibi va qoidalari haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.