ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.2K photos
2.8K videos
39 files
9.64K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi va Oltinsoy tumani adliya bo‘limlari faoliyati o‘rganildi

Ayni kunlarda adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Adliya vazirligining eng quyi tizimlari faoliyatini o‘rganishmoqda.

Jumladan, 20-sentabr kuni adliya vaziri o‘rinbosari X. Meliyev tomonidan Sho‘rchi va Oltinsoy tumanlari adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazlari,  FHDY organi hamda yuridik xizmat ko‘rsatish markazi faoliyati o‘rganildi.

Mazkur tumanlarning davlat xizmatlari markazlarida bo‘lib, bu yerda fuqarolarga davlat xizmatlaridan yanada qulay, oson foydalanishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va boshqa qulayliklar ko‘zdan kechirildi.

Fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini aniqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etishdan tashqari, tizim masʼullari faoliyatini jadallashtirish, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish ko‘nikmalarni oshirish kerakligi takidlandi.

Shuningdek, davlat xizmatlardan foydalanish uchun tashrif buyurgan fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, aniqlangan muammolar hamda aholi tomonidan berilgan takliflar bo‘yicha adliya bo‘limi mas‘ullariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_tabrigi

Adliya vazirligi Faxrliy kengashi raisi, Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining Kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish kafedrasi mudiri Xayriddin Sirojiddinovich Fayziyev bugun, 20-sentabr kuni qutlig' 65 yoshni qarshiladi.

Adliya vazirligi ustozlarni va tajribali hamkasblarni doimo qadrlaydi va Xayriddin Sirojiddinovichni hayotidagi muhim sana bilan samimiy qutlaydi!

Xayriddin Sirojiddinovich adliya tizimidagi mehnat faoliyatini 1994-yilda Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshlab, vazirlik va uning tizimida sal kam 30 yildan buyon mehnat qilib, jamoaning jonkuyar va tajribali a’zosiga aylangan. Shu bilan birga, huquq sohasida ko‘plab shogirdlar yetishtirib kelayotgan tajribali ustozlardan biri hisoblanadi.

Xayriddin Fayziyev qonun ustuvorligini ta’minlash va huquqiy davlatni barpo etish yo‘lidagi jonbozligi davlatimiz tomonidan yuksak baholanib, "Do‘stlik" ordeni va "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan.

Adliya vazirligi jamoasi Xayriddin Sirojiddinovichni ulug‘ yosh bilan tabriklaydi, mustahkam sog‘lik, uzoq va mazmunli umr, xonadoniga fayzu-baraka, oilaviy baxt va mas’uliyatli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!

Hurmat bilan,
Adliya vazirligi jamoasi

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Joriy yilning 20-sentabr kuni Adliya vazirligi, Qashqadaryo viloyat hokimligi va viloyat adliya boshqarmasi bilan birgalikda “Ijro intizomi — samaradorlik omili” mavzusida seminar tashkil etildi.

Tadbirda viloyat davlat organlari va tashkilotlarining 100 dan ortiq xodimlari, shuningdek tuman (shahar) tashkilotlaridan 150 dan ortiq ishtirokchilar ZOOM platformasi orqali ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF–6166-son Farmoni bilan mamlakatimizda ijro intizomini mustahkamlash va qonunchilik hujjatlari ijrosini tashkil etishning yagona va uzluksiz tizimi yaratilgan.

Adliya vaziri o'rinbosari Sh. Rabiyev va boshqa mas’ullar tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni xodimlarga yetkazish va hududlarda ijrosini tashkil qilish, bu borada jamoatchilik nazoratini yo'lga qo'yish bo'yicha muhim vazifalarga alohida to'xtalib o'tildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PQ–162-son qarorining mazmun-mohiyati, ijro intizomini tashkil etishda “edo.ijro.uz” elektron tizimining oʻrni va ahamiyati haqida tushuntirish berildi.

Tadbir davomida soha vakillari oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar hamda ijro intizomini yanada oshirish, hujjatlar bilan ishlash jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.

Seminardan so'ng vazir o'rinbosari Sh.Rabiyev Qashqadaryo viloyat transport boshqarmasiga tashrif buyurib boshqarmada qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro etilishi mexanizmi bilan yaqindan tanishdi.

@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

Adliya vaziri oʻrinbosari Sh.Rabiyev tomonidan Qashqadaryo viloyatiga xizmat safari davomida aholi bilan muloqotni yaqindan yoʻlga qoʻyish maqsadida G’uzor tumani “Tinchlik” mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi.

Sayyor qabulda 100 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etdi. Aholining aksariyat murojaatlari joyida hal etilgan boʻlsa, oʻrganish talab etiladigan 10 tadan ortiq murojaat ish yurituvga qabul qilindi. 10 nafar fuqarolarning moddiy yordam olish, aliment undirish, imtiyozli kredit olish hamda boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlariga joyda huquqiy tushuntirish (maslahatlar) berildi.

Shuningdek, qabul davomida ishtirokchilarga yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati, jinoyatchilikni oldini olish bilan bogʻliq tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, adliya vaziri o‘rinbosari tomonidan tumandagi huquqbuzarlik, jinoyatchilik va og‘ir toifaga kiritilgan hududlar soni bo‘yicha "Qizil" toifaga kiritilgan MFY yoshlar yetkchilari ishtirokida davra suhbati o‘tkazilib ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari tomonidan tabdirkorlar muammolari joyiga chiqqan holda o‘rganildi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari