ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.2K photos
2.81K videos
39 files
9.65K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Asian Forensic Science Network – AFSN tashkilotining to‘laqonli a’zoligiga qabul qilindi

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Osiyo sud ekspertiza tarmog‘ining (Asian Forensic Science Network - AFSN) 15-yalpi yig‘ilishi va «Yorug‘lik va qorong‘ulik: texnologiya dalillarga qarshi» mavzusidagi simpoziumining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda AFSNning yangi a’zolariga a’zolik sertifikatlarini topshirish tadbiri o‘tkazildi. Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi AFSNning 65-a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi esa 18-davlat etib tasdiqlanganligi e’lon qilindi.

AFSNning 15-yalpi yig‘ilishi ishchi guruhlarining ish faoliyati va simpozium yakunlari bo‘yicha hisobotlar tinglandi hamda X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktori Akram Xalilov tomonidan O‘zbekistonda sud ekspertiza sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va Markaz faoliyati haqida ma’ruza qilinib, taqdimot o‘tkazildi, shuningdek AFSNga a’zo davlat vakillarining qiziqtirgan savollariga javob berildi.

Bundan tashqari, Filippin, Janubiy Koreya, Xitoy, Indoneziya, Hindiston, Singapur, Tailand va boshqa AFSNga a’zo davlat vakillari bilan sud ekspertiza sohasida keng qamrovli hamkorlik masalalari muhokama etildi.

AFSNning 15-yillik yig‘ilishi va simpoziumi tantanali yopildi.

@adliyangiliklari
📢📢 OʻzNNTMA NNT rahbarlari uchun malaka oshirish kurslariga talabgorlar arizalari qabuli boshlanganligini eʼlon qiladi

Malaka oshirish joyi: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.

Malaka oshirish vaqti: 2023-yil 24-oktyabr — 3-noyabr.

Malaka oshirish kursi bepul!

Hujjatlar "zip fayl" koʻrinishida uznntma2023@gmail.com elektron pochtasiga yuboriladi:

1. Ariza (ilovaga muvofiq);
2. NNT rahbarining maʼlumotnomasi ("obyektivka", word formatda);
3. NNT rahbari etib saylanganligi toʻgʻrisidagi hujjat (buyruq)dan koʻchirma;
4. NNT rahbarining shaxsini tasdiqlovchi hujjati (fuqarolik pasporti, ID kartasi) nusxasi;
5. NNT rahbarining fotosurati – 1 dona (9 x 12 hajmda, oq fonda);
6. NNT guvohnomasi nusxasi;
7. NNTning yuqori turuvchi tashkilotidan rozilik xati.

❗️Arizalar 2023-yil 5-oktyabrga qadar qabul qilinadi.

Saralab olish boʻyicha tanlov Nizomi va qoʻshimcha maʼlumotlar www.ngo.uz va @UZNNTMA1 kanalida

☎️ (55) 503-05-12, (90) 003-41-42

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2023-yil 8-sentabrdagi 8-son majlis bayoniga asosan:
▪️Jizzax shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius M.Malikovga berilgan (litsenziya GZ 0001, 21.04.2020-y) xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya va notarius maqomi 1 oy muddatga ya‘ni 2023-yil 13-sentabrdan 2023-yil 13-oktabrga qadar to‘xtatildi;
▪️ Zarbdor tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius I.Artikmurodovaga berilgan (litsenziya GZ 0016, 21.04.2020-y) xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya va notarius maqomi 1 oy muddatga to‘xtatib turilganligini inobotga olgan holda notarius litsenziyasi va maqomi 6 oy muddatga ya’ni 2023-yil 21-avgustdan 2023-yil 21- fevralga qadar to‘xtatildi;
▪️Zarbdor tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius I.Artikmurodovaga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi to‘xtatilgan davrda Zarbdor tumanida haftaning chorshanba va shanba kunlari notarial harakatlarni amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi notarial palatasi Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan holda Jizzax shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius M.Usmonov zimmasiga yuklatildi.

@adliyangiliklari
#konferensiya #uzarxiv

‼️DIQQAT E‘LON‼️

📣📣 Hurmatli jurnalistlar, blogerlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari!

✅Joriy yilning 20-sentabr kuni, Samarqand shahri "Ipak yoʻli" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida MDH ishtirokchi davlatlari arxiv xizmatlari rahbarlarining Maslahat kengashi 19-yig‘ilishi hamda “Arxivlar va elektron hujjatlar: davr talablari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo'lib o'tadi.

📍Ushbu tadbirga barcha mustaqil jurnalistlar, blogerlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlarini taklif etamiz.

⏰Vaqti: 20-sentabr, soat 09:00 da

🏢Manzil: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17-uy, "IPAK YOʻLI" TURIZM VA MADANIY MEROS XALQARO UNIVERSITETI

—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | Twitter
#Xalqaro_hamkorlik

Intellektual mulk tizimini avtomatlashtirish bo‘yicha Koreya delegatsiyasi bilan muzokaralar boshlandi

Hozirda Adliya vazirligi hamda Koreya intellektual mulk idorasi (KIPI) KOICA o‘rtasida “Intellektual mulk tizimini avtomatlashtirish” dasturi bo‘yicha hamkorlik amalga oshirilib kelinmoqda.

Ayni damda ushbu hamkorlik doirasida Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti rahbari E.Kanyazov boshchiligidagi ishchi guruh va Koreya Respublikasidan kelgan bir guruh delegatsiya a’zolari bilan (KIPI) KOICA “Rivojlanish uchun rasmiy yordam” dasturi doirasida muzokaralar o‘tkazilmoqda.

Ushbu hamkorlik dasturi doirasida delegatsiya 18 – 23-sentyabr kunlari vakolatli organlar bilan o‘zaro hamkorlik masalasida muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Hafta davomidagi muzokara tafsilotlari keyingi xabarlarda berib boriladi.

👉На русском

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Ayni kunlarda adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Adliya vazirligining eng quyi tizimlari faoliyatini o‘rganishmoqda, navbatdagi manzil Surxondaryo viloyati bo‘ldi.

Maqsad — fuqarolarga koʻrsatilayotgan xizmat sifatini aniqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etishdan tashqari, tizim mas’ullari faoliyati yanada jadallashtirish, byurokratik cheklovlarni qisqartirish, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish qobiliyatlari va stressni boshqarish kabi koʻnikmalarni oshirish hamda yuqori professionallik bilan ularga xizmat koʻrsatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berishdan iborat.

Joriy yilning 18-sentabr kuni adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev tomonidan Surxondaryo viloyatining Termiz shahar, Termiz va Angor tumani adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazlari, FHDY organi hamda, yuridik xizmat ko‘rsatish markazida bo‘lib, bu yerda jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatlaridan yanada qulay, oson foydalanishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ko‘lami bilan tanishdi.

Shuningdek, davlat xizmatlardan foydalanish uchun tashrif buyurgan fuqarolar bilan muloqot tashkil etildi. Muloqot davomida aniqlangan muammolar hamda aholi tomonidan berilgan takliflar bo'yicha adliya bo‘limi mas'ullariga tegishli ko'rsatmalar berildi.

Jumladan aholining huquqiy muammolari bilan joyiga chiqqan holda ishlash, fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalarni uyma-uy yurib hal qilishga ko‘maklashish hamda sayyor qabullarni samarali tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Joriy yilning 18-sentabr kuni Yuristlar malakasini oshirish markazi mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Madaniy me’ros agentligi va uning tizimdagi yuridik sohaga oid bilim talab etiladigan mutaxassislari uchun huquqiy bilimlarni oshirishga qaratilgan o‘quv kurslar yuzasidan taqdimot o'tkazildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Аdliya_xabari

Vazir o‘rinbosari Qarshi shahridagi kichik sanoat zonasida bo‘ldi

Joriy yilning 18-sentyabr kuni adliya vaziri oʻrinbosari Sh.Rabiyev Qarshi shaharda joylashgan “Buyuk Turon” MFYda tashkil etilgan kichik sanoat zonasida boʻlib, u yerda faoliyat koʻrsatib kelayotgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlik subyektlari vakillariga kichik sanoat zonasi faoliyatiga oid qonun hujjatlari mazmun – mohiyati tushuntirilib tadbirkorlik faoliyati subyektlarining qiziqtirgan savollariga javoblar berildi va ularning faoliyatida vujudga kelayotgan muammolar va qaonunchilikdagi yangiliklar to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

@adliyangiliklari