ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.3K photos
2.82K videos
39 files
9.67K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari Gruziya Respublikasi adliya vazirining birinchi o'rinbosari bilan uchrashdi

2023-yilning 17-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev hamda Gruziya Respublikasi adliya vazirining birinchi o'rinbosari T.Tkeshelashvili oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida ikki davlat adliya vazirliklarining koʻp yillik hamkorligiga alohida urgʻu berildi. Tomonlar mavjud idoralararo munosabatlarni yanada chuqurlashtirish hamda mustahkamlash maqsadida ikki davlat adliya vazirliklari oʻrtasida hamkorlik doirasidagi tadbirlarni davom ettirishga hamda o‘zaro tajriba almashishga qaratilgan qator ishlarni o‘tkazishga kelishib oldilar.

Xususan, ushbu hamkorlik doirasida davlat xizmatlarini koʻrsatishni takomillashtirish, normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish, davlat organlari faoliyatidagi huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish, huquqiy axborotni tarqatish va aholiga ularning mazmun-mohiyatini yetkazish, davlat xizmatchilarining huquqiy savodxonligini oshirish borasidagi faoliyati boʻyicha tajriba almashish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_loyiha

Nodavlat tashkilotlarining xorijiy grantlarni amalga oshirish tartibi soddalashtirilmoqda

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ijtimoiy foydali dasturlar va loyihalar amalga oshirilishida ijtimoiy sheriklik hamda xalqaro hamkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Hokimlik fuqaroga 548 million so‘mdan ortiq kompensatsiya to‘laydi

Fuqaro Sh.K.ning Samarqand shahri Ro‘dakiy ko‘chasida joylashgan dorivor o‘simliklarni qadoqlash sexining binosi Samarqand shahar hokimining 2015-yil 17-iyundagi 791-Q-sonli qarori bilan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan, ammo shu paytga qadar kompensatsiya to‘lab berilmagan.

👉Batafsil

@adliyaniliklari
#Bilasizmi

📝Rasmiy hujjatlarga elektron apostil qoʼyish boʼyicha davlat xizmati haqida bilasizmi?

✔️ Hukumat qaroriga (732-son, 03.12.2021-y.) asosan O‘zbekiston Respublikasi hududida tuzilgan rasmiy hujjatlarga elektron apostil qoʼyish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

🔹 Hozirda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga doir taʼlim va fan sohasiga tegishli rasmiy hujjatlarga

🔹Tegishli hududdagi adliya organlari va muassasalaridan hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;

🔹Sudlardan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;

🔹Prokuratura, tergov, surishtiruv va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlardan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;

🔹Shu bilan birga boshqa rasmiy hujjatlarga Tashqi ishlar vazirligi tomonidan apostil qoʼyish boʼyicha davlat xizmatidan foydalanishingiz mumkin.

🖥Murojaatlar qabul qilinadi:
— Davlat xizmatlari markazlari;
— YIDXP – my.gov.uz orqali;

📄So‘rovnomani ko‘rib chiqish uchun murojaat etuvchidan BHMning 20 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

❕YIDXP orqali murojaat etilganda, yigʻim miqdorining 90 foizi undiriladi.

🗓 Soʻrovnoma rasmiy hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 2 ish kuni ichida (zarur hollarda, 10 ish kuni ichida) koʻrib chiqiladi.

☑️ Rasmiy hujjatga elektron apostil qoʻyish bilan bogʻliq barcha jarayonlar “E-App” va “E-register” dasturlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📢📢 20-iyul kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida quyidagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi:

🕙 15:00 da “O‘zarxiv” agentligi.

Mavzu: “2023-yil 6 oy davomida “O‘zarxiv” agentligi tizimida amalga oshirilgan ishlar”.

📲 Matbuot anjumani translyasiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning Facebook hamda YouTube'dagi sahifasi orqali JONLI tomosha qiling.

👉 Ushbu matbuot anjumaniga OAV vakillari, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

@adliyangiliklari
#Infografika

Adliya vazirligi yuridik texnikumlariga qabul 1 avgustdan boshlanadi

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olish uchun arizachining yoshiga nisbatan talab mavjudmi?

— Ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badal va foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya olish maqsadida ariza bilan murojaat qiluvchi shaxs 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lishi lozim.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_sarhisob

2023-yilning 1-yarim yilligida Adliya vazirligi tizimida murojaatlar bilan ishlash holati

Murojaatlar yuzasidan qoʻllanilgan taʼsir choralar:
▫️
Qoʻllanilgan taʼsir choralar soni – 11 875 ta
Shundan:
▪️Daʼvo arizalar soni – 7 533 ta
▪️Daʼvo arizalari summasi – 258 mlrd 341 mln 964 ming soʻm
▪️
Kiritilgan taqdimnomalar soni – 3 172 ta
▪️Maʼmuriy takliflar soni – 868 ta
▪️Jinoiy takliflar soni – 25 ta
▪️Boshqa turdagi taʼsir choralari – 277 ta.

Murojaatlar yuzasidan qoʻllanilgan taʼsir choralari natijasida:
▪️
873 nafar xodim - intizomiy javobgarlikka tortilgan. (shundan, 69 nafari bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan);
▪️ 749 nafar xodim - maʼmuriy javobgarlikka tortilgan;
▪️ 3 nafari - jinoiy javobgarlikka tortilgan;
▪️ 12 425 ta hujjatlar bekor qilingan yoki ijrosi toʻxtatilgan;
▪️ ta’sir choralar natijasida 473 836 367 000 soʻm undirilgan.

@adliyangiliklari
#Diqqat_muhim

📢📢 Bugun, 21-iyul kuni soat 17:00 da Adliya vazirligi yuridik texnikumlariga qabuliga oid muhim masalalar bo‘yicha onlayn muloqot bo‘lib o‘tadi.

Asosiy maqsad — yuridik texnikumlarga 2023/2024-o‘quv yili uchun qabul jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish masalalarini ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilikka yetkazish.

Muloqot vazirlikning Facebook dagi “Adliya bilan muloqot” guruhi va YouTube dagi “Adliya vazirligi / Ministry of Justice” kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi.

Onlayn muloqotda Adliya vazirligi mas'ul xodimlari savollarga javob beradi.

Mavzu yuzasi bo‘yicha savollarni @adliyaga_savolbot manzili orqali yuborishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan huquqiy aksiyasida 111 mlrd so‘mdan ortiq pul mablag‘lari undirib berildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya ajratish to‘g‘risida xabarnoma olgan shaxslarga dastlabki badal uchun Davlat byudjeti hisobidan qancha miqdorda pul ajratiladi?

— Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya ajratish to‘g‘risida xabarnoma olgan shaxslarga dastlabki badal uchun Davlat byudjeti hisobidan 32 000 000 so‘m miqdorda mablag‘ to‘lab beriladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

❗️Xabaringiz bor, Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga qabulga oz qoldi.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 21-iyul kuni Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i J. Nuritdinov boshchiligida vazirlik, TDYU mas’ul xodimlari hamda yuridik texnikumlarning rahbar va xodimlari ishtirokida onlayn shaklda 2023/2024 o‘quv yili qabuliga tayyorgarlik va yuridik texnkumlarning tashkiliy-kadr va masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda yuridik texnikumlarning joriy yil 1-avgustdan boshlanadigan 2023/2024 o‘quv yili qabuliga tayyorgarlik masalalari muhokama qilinib, qabul jarayonida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar aniqlanib olindi.

Shuningdek, yuridik texnikumlarning tashkiliy va kadr sohasidagi joriy yilda qilinishi lozim bo'lgan vazifalar muhokama qilindi.

Yig‘ilish natijasi yuzasidan yuridik texnikum direktorlariga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatda turaman. Subsidiya asosida uyni Toshkent viloyati hududidan olishim mumkinmi?

— Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatga olingan fuqaro subsidiya dasturi doirasida Toshkent viloyatida qurilgan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olishga haqli.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM