ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.3K photos
2.82K videos
39 files
9.67K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Joriy yilning 13-iyul kuni Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti Idoralararo ilmiy-uslubiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kengash a’zolari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vakillari ishtirok etgan ushbu tadbirda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar hamda o‘tgan davr mobaynida Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan qilingan ishlar, shuningdek rejalashtirilgan masalalar muhokama qilindi.

Tadbirda Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i, Idoralararo ilmiy-uslubiy Kengash raisi J.Nuritdinov Kengash tomonidan sud ekspertiza sohasida amalga oshirilgan tadbirlar hamda idoralararo ilmiy-uslubiy Kengashining 2023-yilda amalga oshirgan ishlari xususida ma’ruza qildi.

Shuningdek, Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti direktori N.Qolqanov tomonidan 2023-yilda sud ekspertiza sohasida mavjud bo‘lgan va tanqidiy ko‘rib chiqilgan 100 ta uslubiyotlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Bundan tashqari, yig‘ilishda “Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazish bo‘yicha vaqt me'yorlari va o‘tkaziladigan ekspertiza tadqiqotlarining murakkablik darajasini aniqlash me'yorlarini hamda ularni qo‘llash bo‘yicha” hamda 2022-yilda tanqidiy ko‘rib chiqish natijasida umumlashtirilgan 5 uslubiyotlar asosida tayyorlangan “Maydalangan va o‘zgartirilgan o‘simlik qismlarining va hayvonlardan olingan obyektlarning sud-biologik tadqiqot uslublari” nomli uslubiy qo‘llanmalar loyihalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, ilg‘or xorijiy mamlakatlarning sud ekspertiza muassasalaridagi mavjud imkoniyatlar va uni milliy amaliyotga joriy qilish masalalari bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Tadbir yakunida Kengash yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan qizg‘in savol-javoblar qilindi va kun tartibidagi masalalarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunining 15-2-moddasiga koʻra, Samarqand viloyati adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining tegishli majlisi bayonnomasiga asosan:
▪️Samarqand shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar Ulugbek Rabbimovich Murtazayev (litsenziya SA 0001, 23.04.2020-y.), Mashxurjon Yusufovich Aminovning (litsenziya SA 0003, 23.04.2020-y.) litsenziyasining amal qilishi va notarius maqomi 2023-yilning 10-iyul kunidan 1 oy muddatga to‘xtatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Hokim qarori bekor qilindi

Yangiqo‘rg‘on tumani adliya bo‘limining ish yurituviga Uchqo‘rg‘on tumani, Yoshlik mahallasida yashovchi fuqaro B.Z ning Yangiqo‘rg‘on tuman hokimining 2019-yil 18-fevraldagi qarorini bekor qilishda amaliy yordam berishni so‘rab qilgan murojaati o’rganildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Eksklav hudud – Cho‘ng‘arada sayyor qabul tashkil etildi.

Cho‘ngara qishlog‘i Rishton tumanining eksklav hududi. Uning chor tarafi Qirg‘iziston sarhadlari bilan tutashib ketgan. Bir yarim mingga yaqin ko‘p millatli aholi istiqomat qiladigan ushbu mahalla fuqarolar yig‘inini o‘ziga hos deyishimiz mumkin.

Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi, Rishton tuman hokimligi va 10 dan ortiq tashkilotlar mas’ullari tomonidan o'tkazilgan sayyor qabulda 150 dan ortiq fuqarolarning 80 ga yaqin murojaatlari o‘rganildi.

Sayyor qabul davomida xorijga chiqish passportini rasmiylashtirish, onlayn davlat xizmatlari va yuridik xizmatlar ko‘rsatish, ID-karta olish, notarial harakatlar, uy-joy, kommunal, moddiy yordam olish, pensiya va boshqa masalalar o‘rganildi.

Jumladan, xorijga chiqish passportini rasmiylashtirish bo'yicha 26 ta, haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish bo'yicha 5 ta, notarial harakatlarni amalga oshirish bo'yicha 6 ta, biometrik passport o'rniga ID-karta olish bo'yicha 3 ta xizmat ko'rsatildi. Shuningdek, tegishliligi bo‘yicha 31 ta murojaat adliya boshqarmasi ish yurituviga olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_sarhisob

Adliya sarhisob: notariat sohasidagi o‘zgarishlar

Batafsil 👉 infografikada

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Menga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma o‘rniga tibbiyot muassasi tomonidan QR-kod tasviri tushirilgan ma’lumotnoma berildi. Bu tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma bilan tenglashtiriladimi?

— Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-sentyabrdagi 540-son qaroriga ko‘ra, 2023-yil 1-iyundan boshlab tug‘ilganlik holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan ma’lumotnoma beriladi va ushbu ma’lumotnoma tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtirilishi hamda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qat’iyan taqiqlanishi belgilandi. Ya’ni tibbiyot muassasalari tomonidan QR-kodli ma’lumotnoma tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnoma bilan bir xil kuchga ega.

Fuqarolarga tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnoma ularning istalgan vaqtdagi murojaatlariga asosan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari tomonidan belgilangan miqdorda gerb yig‘imi undirilgan holda rasmiylashtirib beriladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_sarhisob

Adliya sarhisob: advokatura va yuridik xizmat sohasidagi o‘zgarishlar

Batafsil 👉 infografikada

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini ixtiyoriy tugatish uchun qayerga murojaat qilishim lozim va qanday hujjatlar talab etiladi?

— Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini ixtiyoriy tugatish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ, ya’ni Davlat xizmatlari markazlariga bevosita tashrif buyurib yoki tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish moduli (https://new.birdarcha.uz/) orqali ariza bilan murojaat qilish lozima.

Tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy to‘xtatish uning ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etgan arizasi asosida amalga oshiriladi.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
▪️ muhr va shtamplar (agar mavjud bo‘lsa);
▪️barcha litsenziyalar (ruxsatnomalar)ning asl nusxalari (agar mavjud bo‘lsa);
▪️agar mavjud bo‘lsa, asosiy hisobvarag‘i yopilganligi to‘g‘risidagi tijorat bankining ma’lumotnomasi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom.

@adliyangiliklari
#Adliya_sarhisob

Adliya sarhisob: intellektual mulk huquqini himoya qilish doirasida 103 nafar huquqbuzar shaxs sud tomonidan ma'muriy jarimaga tortilgan, 287 t tashkilotga qounbuzilishlarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnomalar kiritilgan

Batafsil 👉 infografikada

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o’rinbosari Muzraf Ikramov Yevroosiyo patent tashkiloti prezidenti bilan uchrashdi

Adliya vaziri o’rinbosari Muzraf Ikramov Jeneva shahrida Yevroosiyo patent tashkilotining (YPT) Yevroosiyo patent idorasi prezidenti Grigoriy Ivliyev bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida M. Ikramov O’zbekistonda soha yo’nalishida olib borilyotgan ishlar, xususan, shakllantirilyotgan innovatsion muhit, ixtirochilar uchun yaratilyotgan shart-sharoitlar va berilyotgan keng imkoniyatlar hamda intellektual mulk obyektlarini ro’yxatdan o’tkazishni soddalashtirish uchun olib borilyotgan qonunchilikdagi o’zgartirishlar to’g’risida so’z olib bordi.

G. Ivliyev tomonidan O’zbekistonning mintaqadagi ahamiyati, innovatsion potensiali hamda YPTga a’zo davlatlarda olib borilgan ishlari to’g’risida ma’lumot keltirilib o’tildi. Shu o’rinda, O’zbekiston Respublikasining YPTga a’zo bo’lishi respublikamizning mintaqaga integratsiyasida yordam berishi hamda aholimiz tomonidan mintaqa darajasida ixtirochilik uchun patent olish jarayonlarini soddalashtirishi ta’kidlandi.

Uchrashuv so’nggida, O’zbekiston Respublikasi YPT bilan birgalikda mamlakatimizdagi ixtirochilarga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida soha yo’nalishlarida hamkorlik memorandumi ishlab chiqish hamda YPTga a’zo bo’lish masalasi ko’rib chiqilishiga kelishib olindi.

@adliyangiliklari
🏆🏆🏆 🏆📊 • TDYU “World’s Universities with Real Impact” xalqaro reytingining TOP-100 ro‘yxatidan joy egalladi

“World’s Universities with Real Impact” (WURI) xalqaro reytingi natijalari e’lon qilindi.

🚀 Reyting natijalariga ko‘ra, Toshkent davlat yuridik universiteti talabalarning harakatchanligi va ochiqligi yo‘nalishi bo‘yicha 51-o‘rinni, WURI global umumiy reytingida 101-o‘rinni egalladi.

📊 “World’s Universities with Real Impact” (WURI) xalqaro reytingi Amerika, Osiyo, Yevropa va Afrika davlatlarining eng nufuzli universitetlari tomonidan tashkil etilgan global reyting hisoblanadi.

🖐 WURI reytingi universitetlarni 5 ta yo‘nalish: sanoat dasturlari, yangi startap dasturlari va tadbirkorlik, axloqiy qadriyatlar, talabalarning harakatchanligi va faolligi, inqirozni boshqarish, to‘rtinchi sanoat inqilobi bo‘yicha eng yaxshi innovatsion loyihalar orqali baholaydi. 2023-yilda reytingda 800 dan ortiq innovatsion loyiha ko‘rib chiqildi.

⁉️ Ma’lumot uchun: WURI 2023 reytingida eng yuqori pog‘onalarni Minerva Universiteti (AQSH), Arizona davlat universiteti (AQSH), Massachusetts texnologiya instituti (AQSH) va Stanford universiteti (AQSH) egalladi.

👉 Batafsil…

👍 ❤️ 📩 @tsulofficial #yutuq #reyting #wuri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_sarhisob

Adliya sarhisob: 2023-yilning birinchi yarmida 197 ta nodavlat notijorat tashkilotlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Batafsil 👉 infografikada

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓ Mening korxonam tizimda harakatsiz holatga o‘tkazilibdi. Harakatsiz holat nima va qanday asoslarga ko‘ra korxona harakatsiz holatga o‘tkaziladi.

— Hukumatning 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qaroriga asosan moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish choralari ko‘rilmaganda, ularni davlat reyestridan chiqarishga qadar korxonani harakatsiz holatga o‘tkazish chorasi qo‘llaniladi.

Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tijorat tashkilotlari faoliyatini harakatsiz holatga o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
▪️to‘qqiz oy mobaynida moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha bank hisobvaraqlariga pul mablag‘lari tushmaganligi;
▪️to‘qqiz oy mobaynida soliq hisobotlari taqdim etilmaganligi.

@adliyangiliklari
#Adliya_sarhisob

Adliya sarhisob: sud ekspertiza tadqiqotlari soni 85 taga yetkazildi. Hududlarda yangi 8 ta ekspertiza turlari joriy etildi.

Batafsil 👉 infografikada

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓ Men MCHJ tugatuvchisi etib belgilandim. Men ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan keyin qanday harakatlarni amalga oshirishim lozim?

— Hukumatning 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qaroriga asosan tugatuvchi ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin quyidagi harakatlarni amalga oshirishi lozim:

a) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tijorat tashkiloti xodimlari bilan mehnatga oid huquqiy munosabatlarni to‘xtatish chora-tadbirlarini ko‘radi;
b) tijorat tashkilotining aktivlari va majburiyatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xatlovdan o‘tkazadi, shu jumladan tijorat tashkiloti qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlari reyestrini tuzadi;
v) yil boshidan boshlab ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida xabardor qilingan sanagacha bo‘lgan davrda tijorat tashkiloti tomonidan to‘lanadigan barcha turdagi soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha hisob-kitoblarni tuzadi;
g) tijorat tashkilotining debitorlik qarzlarini olish, shuningdek, tasdiqnoma olgan holda (qabul qilib olingan sanasi to‘g‘risidagi belgi, pochta kvitansiyasi, yozma yoki elektron xabar va shu kabilar) kreditorlarni aniqlash va tijorat tashkilotining tugatilishi to‘g‘risida ularni yozma ravishda xabardor qilish chora-tadbirlarini ko‘radi.

@adliyangiliklari
#Adliya_sarhisob

Adliya sarhisob: 2023-yilning birinchi yarim yilligida yuridik ta'lim sohasidagi ko‘rsatkichlar

Batafsil 👉 infografikada

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

✅ Ўзбекистонда амалга оширилаётган маъмурий ислоҳотлар натижасида вазирлик ва идоралар сони оптималлаштирилди, айрим ташкилотлар бир-бирига қўшилди ёки қисқарди. Шунинг учун, биз давлат органлари ва ташкилотларининг Телеграмдаги каналлари рўйхатини янгиладик.

🔵 Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

📌 Давлат органларининг расмий каналларининг янгиланган рўйхати билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_sarhisob

Adliya sarhisob: 2023-yilning birinchi yarim yilligida yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasidagi ko‘rsatkichlar

Batafsil 👉 infografikada

@adliyangiliklari