#Adliya_xabari
Adliya vazirligi tizimidagi tashkilotlar “Gender tenglik faoli” milliy tanlovi nominatsiyalari g‘olibi deb topildi
👉Batafsil
@adliyangiliklari

“Enajon” she’ridan ruxsatsiz foydalangan qoʻshiqchi jarimaga tortildi
Аdliya vazirligi tomonidan fuqaro B. Muxamedxodjayevning mualliflik huquqlari buzilganligi yuzasidan qonuniy chora ko‘rish to‘g‘risidagi murojaati ko‘rib chiqildi.
Murojaatni ko‘rib chiqish davomida fuqaro J.R. tomonidan muallif B. Muxamedxodjayev qalamiga mansub “Enajon” nomli she’rdan huquq egasining ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan foydalangan holda qo‘shiq ijro etilganligi hamda “You tube” platformasi orqali barchaning e’tiboriga yetkazilganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan fuqaro J.R. ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177(1)-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, javobgarlik masalasini ko‘rib chiqishlik uchun tegishli sudga yuborildi.
Sud qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177(1)-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etganligi uchun jarima jazosi tayinlandi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonuni 65-moddasiga muvofiq huquq egasi zararlar yetkazilishi faktidan qat’iy nazar huquqbuzardan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha tovon puli talab qilish huquqiga ega.
Hurmatli fuqarolar, agarda sizning mualliflik yoki turdosh huquqlaringiz buzilayotgan bo‘lsa, huquqlaringizni himoya qilish maqsadida mualliflarning mulkiy huquqlarini jamoaviy asosda boshqaruvchi jamoat birlashmalariga a’zo bo‘ling, shuningdek tegishli tartibda sudga yoki Adliya vazirligiga murojaat qiling.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 19-iyun kungi 141-um-sonli buyrug‘iga asosan Nukus shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Z.Yaxipov (litsenziya QR 0001, 20.04.2020-yil) tegishli litsenziyasining amal qilish muddati 19-iyun sanasidan e’tiboran 1 (bir) oy muddatga toʻxtatildi.
Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining 2023-yil 14-iyundagi 74-um-son buyrug‘iga asosan Mirzaobod tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Abdumutallip Sayfulla o‘g‘li Maxsudjanovga tegishli SI 0009-sonli lisenziyasining amal qilish muddati uning mehnat ta'tili tugaganidan so‘ng, 2023-yil 1-iyuldan boshlab 1 (bir) oy muddatga to‘xtatiladi.

#Adliya_tabrigi
Hurmatli jurnalistlar!
Sizni 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan tabriklaymiz!
Siz o‘z qalamingiz bilan yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, o‘zaro hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqdasiz.
Shunday sharafli, mas'uliyatli va fidokorona mehnatingiz, haqiqatni so‘zlashdagi jasoratingiz mamlakatimizda demokratik islohotlarni amalga oshirishda katta ahamiyatga ega.
Barchangizni qutlug‘ kasb bayramingiz bilan samimiy tabriklab, xayrli tashabbuslaringizda kuch-quvvat, mustahkam sog‘liq, oilangizga totuvlik, ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Xonadoningizdan fayz-u baraka arimasin. Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Adliya vazirligi jamoasi

29—30-iyun hamda 1-iyul kunlari Davlat xizmatlari markazlari aholiga xizmat ko‘rsatadi
Xabaringiz bor, Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan joriy yilning 28-iyun — 2-iyul kunlari dam olish kuni etib belgilangan.
Shu o'rinda, Adliya vazirligi tomonidan fuqarolarning ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularga qulaylik yaratish maqsadida, davlat xizmatlari markazlari dam olish kunlari ham xalqimiz xizmatida bo‘lishini maʼlum qilamiz.
Xususan, 29-iyun – 1-iyul, yaʼni payshanba – shanba kunlari Respublikamizning barcha tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari soat 09:00 dan 15:00 ga qadar navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatadi.

Adliya vazirligining eng quyi tizimlari faoliyati oʻrganilmoqda
Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Adliya vazirligining eng quyi tizimlari faoliyatini oʻrganishmoqda.
Ayni vaqtda vazirlik ishchi guruhi tomonidan Qashqadaryo viloyatidagi adliya boʻlimlari, yuridik xizmat ko'rsatish markazlari, hududiy arxiv bo'limlari, davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY organlari faoliyati o'rganilmoqda.
Quyi tizimlar faoliyatini o'rganish jarayonida fuqarolarga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini aniqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etishdan tashqari, tizim mas’ullari faoliyatini jadallashtirish, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish koʻnikmalarni oshirish maqsad qilingan.

Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazildi