This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi
Aziz yurtdoshlar!
Jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat, saxovat va hamjihatlik, sabru qanoat va shukronalik singari ulug‘ fazilatlarni mustahkamlovchi muqaddas ayyom – Qurbon hayiti bilan barchangizni samimiy muborakbod etamiz.
Yurtimizda tinchlik bardavom bo‘lsin, xonadonlarimizdan osoyishtalik, ahillik, fayzu baraka hech qachon arimasin.
Hurmat bilan,
Adliya vazirligi jamoasi
@adliyangiliklari

#Adliya_xabari
Davlat xizmatlari markazlari aholiga xizmat ko‘rsatmoqda
Avval xabar berganimizdek, Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan joriy yilning 28-iyun — 2-iyul kunlari dam olish kuni etib belgilangan.
Shu o'rinda, Adliya vazirligi tomonidan fuqarolarning ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularga qulaylik yaratish maqsadida, Davlat xizmatlari markazlari dam olish kunlari ham xalqimiz xizmatida bo‘lishmoqda.
Xususan, bugun 29-iyun kuni ham – Respublikamizning barcha tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari soat 09:00 dan 15:00 ga qadar navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatishdi.
Ma'lumot uchun: Ushbu qulaylikni tashkil etishda Adliya vazirligi, xodimlarning ish grafigini mehnat qonunchiligi doirasida qayta koʻrib chiqilgan. Shu o'rinda tashkil etilgan grafigka asosan, xodimlar belgilangan ish kunlarida navbatcilik asosida ishlashadi (har bir xodim bir marotaba chiqadi) hamda ularga qonunchilikda belgilangan tartibda ish xaqqi berilishi kafolatlanadi.
Hurmatli fuqarolar!
Adliya vazirligi davlat xizmatlarini taqdim etish jarayonida qulayliklarni yaratishda davom etadi.
❗️Sizlardan ham xizmatlardan foydalanishda tartibni saqlashingizni, navbatga rioya qilishingizni hamda oʻzaro hurmatni saqlab, sabrli boʻlishingizni soʻrab qolamiz.

Aziz yoshlar!
Sizlarni sevimli bayramingiz, azmu shijoat, go‘zallik va kamolot ayyomi – Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.
Sizlarning chuqur mushohadali, vaziyatni atroflicha tahlil qila oladigan, muammolarga qonun doirasida yechim topishga intiladigan keng fikrli insonlar bo‘lib kamol topishingizda tilakdoshmiz.
Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad tilaymiz. Ezgu intilishlaringizni ro‘yobga chiqarish yo‘lida boshlagan har bir ishingizda ulkan zafarlar hamisha hamroh bo‘lsin!

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
Adliya organlari tomonidan yoshlar ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanmoqda
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Xatirchi tumanida "Yoshlar daftari" ga kiritilgan, profilaktik nazoratda turuvchi, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar muammosi o‘rganilib, ularning masalalariga ijobiy yechim topilmoqda.

Adliya va yoshlar
Yoshlar — jamiyatimiz ertasi, bugunimizning bebaho xazinasi hisoblanadi. Bugun Adliya vazirligi tizimida o‘zining intellektual salohiyati, tanlagan kasb yo‘nalishi, tizimda erishgan yutuqlari bilan tengdoshlariga namuna bo‘lib kelayotgan faol va yetakchi yoshlarimiz talaygina.
Adliya vazirligining markaziy apparatida faoliyat ko‘rsatayotgan yosh xodimlar soni 161 nafar bo‘lib, shundan 67 nafarini qizlar tashkil qiladi. Shuningdek, tizimdagi yoshlarning 5 nafari xorijiy OTM larini tamomlab, yosh bo‘lishlariga qaramasdan, tizim rivojiga munosib hissa qo‘shib kelishmoqda.
Xususan, vazirlik markaziy apparatining 13 nafar yosh xodimi rahbarlik lavozimida ishlab kelmoqda.
Tizimda yoshlarga yaratilgan sharoitlar va boshqa tafsilotlar bilan videolavhamiz orqali to‘liq ma'lumot olishingiz mumkin.

QASHQADARYONING KO'KDALA TUMANIDA ZAMONAVIY DAVLAT XIZMATLARI MARKAZI ISHGA TUSHDI
Davlat xizmatlari markazining ochilishi nafaqat Ko’kdalaliklar uchun, balki barchamiz uchun muhim voqeadir. Endlikda ushbu markaz orqali fuqarolar 250 dan ortiq davlat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Ko’kdala tuman davlat xizmatlari markazi 180 000 dan ortiq tuman aholisiga xizmat ko‘rsatish uchun qulay sharoitga ega.
Tuman davlat xizmatlari markazida tashrif buyuruvchilarning farzandlari uchun bolalar maydonchasi ham tashkil etilgan.
Bundan tashqari, nogironligi bо‘lgan shaxslarga qulayliklar yaratish maqsadida, markaz binosiga kirishda alohida yо‘lakchalar bilan ta’minlangan.
Albatta, bunday ish kо‘lami jarayonida xodimlar, xizmat oluvchilar uchun markazning avvalgi binosi torlik qilgan. Endi bunday noqulayliklar ortda qoldi. Qariyib 6 500 mlrdga yaqin mablag’ sarflangan bino 2 qavatdan iborat bo’lib, zamonaviylik hamda milliylikni o’z ichiga olgan.

Forwarded from Rasmiy xabarlar I Официальные новости
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!
✅ Ўзбекистонда амалга оширилаётган маъмурий ислоҳотлар натижасида вазирлик ва идоралар сони оптималлаштирилди, айрим ташкилотлар бир-бирига қўшилди ёки қисқарди. Шунинг учун, биз давлат органлари ва ташкилотларининг Телеграмдаги каналлари рўйхатини янгиладик.
🔵 Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.
📌 Давлат органларининг расмий каналларининг янгиланган рўйхати билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Intellektual_mulk
Kontrafakt mahsulotlarning yorliqlari yoqib yuborish yoʻli bilan yoʻq qilindi
Adliya vazirligiga Mars, Incorporated (AQSh) kompaniyasining ishonchli vakili “SNICKERS” hamda “BOUNTY” tovar belgilaridan “A.B” MChJ tomonidan huquq egasining roziligisiz foydalanib kelayotganligi yuzasidan chora ko‘rish to‘g‘risida murojaat etgan.
Kompaniyaga tegishli “SNICKERS”, “BOUNTY” tovar belgilariga adashtirib yuborish darajasida fonetik, hamda grafik jihatdan o‘xshash bo‘lgan “SNIKERS”, “BOUNT” belgilardan foydalangan holda kontrafakt mahsulotlar (muzqaymoq) ishlab chiqarib, savdoga taklif etib kelinayotganligi aniqlandi.
Aniqlangan huquqbuzarlik holati bo‘yicha “A.B” MChJga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177-moddasi birinchi qismi boʻyicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib ishni ko‘rib chiqish uchun tegishli sudga yuborildi.
Shuningdek, kontrafakt mahsulotlarning yorliqlari yoqib yuborish yoʻli bilan yoʻq qilindi.