#Adliya_hudud
Joriy yilning 22-iyun kuni Toshkent shahar adliya boshqarmasi tashabussi bilan Toshkent shahar IIBB Fuqarolikni rasmiylashtirish va migratsiya boshqarmasi boshlig‘i U. Mirzaqambarov hamda Pensiya jamg‘armasi Toshkent shahar boshqarma boshlig‘i A. Sultanov bilan hamkorlikda davlat xizmatlarini ko’rsatishdagi muammolar va ularning yechimlari mavzusida seminar tashkil etildi.
Tadbirda Tashqi ishlar vazirligi, Personallashtirish agentligi mas'ul xodimlari, poytaxtimizning barcha tuman DXM direktorlari, FHDY bo’limlari mudiralari, tuman Fuqarolikni rasmiylashtirish va migratsiya bo’limi boshliqlari hamda Pensiya jamg‘armasining tuman bo’limi boshliqlari ishtirok etdi.
Seminarda fuqarolarning idorama-idora sarson bo'lishlarini oldini olish, sohadagi tizimli muammolarning yechimlari hamda fuqarolarga yanada qulayliklar yaratish yuzasidan fikrlar almashilib, sohaning istiqboli uchun amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.
@adliyangiliklari

“Inson huquqlari — oliy qadriyat” huquqiy aksiyasi doirasida Andijon viloyatida sayyor qabullar davom etmoqda.
Mazkur aksiya doirasida Andijon viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyatning Asaka, Bo'ston, Ulug'nor, Qo'rg'ontepa, Oltinko'l va Shahrixon tumanlarida ommaviy sayyor qabullar o'tkazildi.
Ommaviy sayyor qabulda 100 nafardan ziyod fuqarolarning muammolari tinglanib, aksariyat muammolarni joyida hal etish choralari ko'rildi.
Ommaviy sayyor qabullarda asosan mehnat, uy-joyga kadastr hujjatlarini tayyorlash, elektr va gaz ta'minoti, subsidiya, ish bilan ta'minlash, aliment, moddiy yordam ajratish va boshqa sohalarda murojaatlar qabul qilindi.
Mazkur murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi va o'rganish talab etiladigan murojaatlar adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo'limlari ish yurituviga qabul qilinib nazoratga olindi.
Andijon viloyatida “Inson huquqlari —oliy qadriyat” huquqiy aksiyasi doirasida ommaviy sayyor qabullar o'tkazilishi davom etmoqda.

#Adliya_xabari
Adliya vazirligi ishchi guruhi Buxoro viloyatida
Ayni kunlarda adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Adliya vazirligining eng quyi tizimlari faoliyatini oʻrganish maqsadida Buxoro viloyatida.
Tashrif davomida vazirlik ishchi guruhi tomonidan Buxoro viloyatidagi adliya boʻlimlari, yuridik xizmat ko'rsatish markazlari, hududiy arxiv bo'limlari, davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY organlari faoliyati o'rganilmoqda, yangi binolarni qurish jarayonlari ko'zdan kechirilmoqda.
Maqsad fuqarolarga koʻrsatilayotgan xizmat sifatini aniqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etishdan tashqari, tizim mas’ullari faoliyati yanada jadallashtirish, byurokratik cheklovlarni qisqartirish, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish qobiliyatlari va stressni boshqarish kabi koʻnikmalarni oshirish hamda yuqori professionallik bilan ularga xizmat koʻrsatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berishdan iborat.

Intellektual mulkka oid Oliy sud Plenumi qarori qabul qilindi
2023-yil 23-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlisda Oliy sud Plenumining bir qator masalalar yuzasidan, shuningdek, “Intellektual mulkka oid ishlarni ko‘rib chiqishning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilindi.
Bugungi texnologik taraqqiyotda intellektual mulk har bir mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda, davlatning global iqtisodiyotdagi raqobatbardoshligini belgilab bermoqda. Dunyo bo‘yicha eng qimmatbaho mulk – bu intellektual mulkdir. Mamlakatimizda ham intellektual mulk sohasini rivojlantirish, muallif va huquq egalarining qonuniy manfaatlarini yetarli darajada himoya qilishga katta e’tibor berilmoqda. Intellektual mulkni rag‘batlantirishga doir normalar Asosiy qonunimizdan ham o‘rin olgan. Intellektual mulk obyektlari muhofazasini ta’minlash bilan birga ularni samarali himoya qilish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish va amalga oshirish hamda bu yo‘nalishdagi amaliyotni takomillashtirish davr talabidir.
Shu maqsadda, sudlar tomonidan bu boradagi da’vo arizalari, ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqishda turlicha yondashuvlarning oldini olish va sud amaliyotini birxillashtirish zarurati mavjudligi sababli Oliy sud Plenumi tomonidan qonunni qo‘llash bo‘yicha tushuntirish berishni davrning o‘zi taqozo etdi. Ishlab chiqilgan Oliy sud Plenumining “Intellektual mulkka oid ishlarni ko‘rib chiqishning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorida bu boradagi ishlarni ko‘rishda yagona sud amaliyotini shakllantirishga oid tushuntirishlar aks ettirildi.

#Audiopodkast
Xabaringiz bor Adliya vazirligi tomonidan “Mehnat huquqlarimizni o‘rganamiz” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda:
Mazkur aksiya doirasida shu kunga qadar o‘tkazilgan huquqiy audiopodkast quyidagilardan iborat:
2-iyundagi soni
9-iyundagi soni
16-iyundagi soni
21-iyundagi soni
📣 Aksiya 2023-yil 1-iyundan – 1-avgustgacha davom etadi.
Xabaringiz bor Adliya vazirligi tomonidan “Mehnat huquqlarimizni o‘rganamiz” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda:
Mazkur aksiya doirasida shu kunga qadar o‘tkazilgan huquqiy audiopodkast quyidagilardan iborat:
2-iyundagi soni
9-iyundagi soni
16-iyundagi soni
21-iyundagi soni
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegram
Huquqiy axborot
#Диққат_акция
✅ Адлия вазирлиги томонидан “Меҳнат ҳуқуқларимизни ўрганамиз“ ҳуқуқий акцияси ўтказилади.
⏳ Акция 2023 йил 1 июндан 1 августгача давом этади.
🔰 Мазкур ҳуқуқий акция доирасида қуйидагилар режалаштирилган:
📖 Меҳнат кодекси бўйича аввалги…