#Adliya_hudud
SAYYOR QABULDAN SO‘NG MUSLIMA PASPORT OLADIGAN BO‘LDI
Zebiniso Otamurodovaning qizi 16 yoshga to‘ldi va pasport olishga kelganda chigal muammolarga duch keldi.
Ma'lum bo‘lishicha, fuqaro qizi Muslima Hikmatovaga Andijon viloyatining Xonobod shahridan tug‘ilganlik guvohnomasi olgan. Ammo texnik xatolik sabab Muslimaning ismi tizimga noto‘g‘ri kiritilgani pasport olish uchun murojaat qilinganda aniqlangan.
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Maqsud Qurbanovning “Inson huquqlari — oliy qadriyat” aksiyasi doirasida Narpay tumanida tashkil etilgan sayyor qabulida fuqaro mazkur muammoni qonuniy tartibda ko‘rib chiqishni so‘rab, murojaat qildi.
👉Batafsil
@adliyangiliklari

#Adliya_xabari
Respublika ishchi guruhi tomonidan Xo‘jayli tumanida joylashgan “Navro‘z” mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat xizmatlari departamenti boshlig‘i Sanjar Abdullayev va Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari Elmurod Tursunovlar boshchiligida sayyor qabul tashkil qilinib, qabul davomida 86 ta davlat xizmatlari ko‘rsatildi va har xil mazmundagi 15 dan ortiq murojaatlar qabul qilindi.
Qabul davomida mamlakatimizda fuqarolarga yaratilayotgan imkoniyatlar va Yagona interaktiv davlat xizmatlar portalidan foydalanish imkoniyatlari bor ekanligi haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Xabaringiz bor, joriy yilning 2–30-iyun kunlari Adliya vazirligi tomonidan “INSON HUQUQLARI — OLIY QADRIYAT” huquqiy aksiyasi o‘tkazilib kelinmoqda.
Mazkur aksiya doirasida hamda “Mehnat huquqlarini o‘rganamiz” huquqiy aksiyasiga muvofiq Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Peshku, Shofirkon, Buxoro, G'ijduvon, Olot, Qorako'l, Romitan tumanlari va Buxoro shahrida ommaviy sayyor qabullar tashkil etildi.
Sayyor qabullarda aholining muammolari tinglandi. Qabul davomida uy-joyga kadastr hujjatlarini tayyorlashda ko'maklashish, elektr va gaz ta'minoti, subsidiya ajratilishida ko'maklashish, ish bilan ta'minlash va boshqa sohalarda murojaatlar qabul qilindi. Aksariyat muammolarning joyida hal etish choralari ko'rildi.
Shuningdek, o'rganish talab etiladigan murojaatlar adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo'limlari ish yurituviga qabul qilindi.
Tibbiyot mutaxassislari tomonidan tashkil etilgan tibbiy ko‘riklarda 200 ga yaqin fuqarolarning sog‘lig‘i bilan bog‘liq tibbiy xizmatlar ko‘rsatildi. Kerakli maslahatlar berildi.
Shu bilan birga, aksiya doirasida davlat tashkilotlari xodimlari uchun manzilli seminarlar tashkil etildi. Хodimlarning yangi tahrirdagi Konstitutsiya hamda Mehat kodeksining mazmun-mohiyati bo‘yicha huquqiy bilimlarini oshirish yuzasidan tegishli tushuntirishlar ham berib o'tildi.

Qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishning huquqiy asoslari takomillashtirilmoqda