ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.3K photos
2.82K videos
39 files
9.68K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi Davlat xizmatlari departamenti boshlig‘i Sanjar Abdullayev boshchiligidagi respublika ishchi guruhi tomonidan joylarda sayyor qabullar hamda aholi va tadbirkorlik subyektlariga yanada qulaylik yaratish maqsadida mahallalar, savdo majmualari, ta’lim muassasalari hamda boshqa aholi gavjum joylarda sayyor davlat xizmatlari ham tashkil etilmoqda.

Xususan, joriy yilning 13-iyun kuni tuman (shahar) adliya bo‘limlari davlat xizmatlari markazlari tomonidan 20 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida 432 nafar fuqarolarga jami 448 ta (shundan 180 ta “Mobil ID” tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tkazish, 57 nafar bolalarni bog‘chaga navbatga qo‘yish, 76 ta ERI kalitlarini rasmiylashtirish, 3 ta kadastr pasportini rasmiylashtirish, 12 ta sanatoriyaga navbatga qo‘yish, 11 ta sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) to‘g‘risida ma’lumotnoma olish, 2 ta ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, 15 ta ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish hamda 92 ta boshqa masalalar bilan bog‘liq) sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi, shuningdek 89 ta tadbirkorlik subyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Ushbu davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan tadbirkorlik subyektlarining 55 tasi yuridik shaxs tashkil etgan holda va qolgan 34 tasi yuridik shaxs tashkil etmagan holda tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi.

Birgina Angor tumani “Angor Kelajagi savdo kompleksi”da o‘tkazilgan tadbir davomida, 8 ta YTT shaklidagi tadbirkorlik subyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Shuningdek, FHDY bo‘limlari tomonidan ham 24 nafar fuqarolarga davlat xizmatlari sayyor tartibda ko‘rsatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Uzbekistan’s club” roʻyxatdan oʻtkazildi

Adliya vazirligi tomonidan “Uzbekistan’s club” nodavlat notijorat tashkiloti qayta roʻyxatdan oʻtkazildi.

Ushbu tashkilotning asosiy maqsadi xalqaro miqyosda muvaffaqiyat qozonib kelayotgan xorijdagi o‘zbekistonliklar bilan ishlash, ular haqidagi sifatli media mahsulotlar yaratib, targ‘ib qilish, shuningdek, xorijiy davlatlardagi o‘zbekistonliklarning o‘zaro hamkorligini rivojlantirish, ularning O‘zbekiston bilan aloqalarini mustahkamlash orqali milliy diasporamiz salohiyatini hamda ularning O‘zbekiston taraqqiyotiga qo‘shadigan hissasini oshirishdan iborat.

Shuningdek, tashkilot xorijiy davlatlarda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklar bilan aloqa o‘rnatilishiga erishish, dunyo bo‘ylab turli sohalarda muvaffaqiyatga erishgan o‘zbekistonliklar haqida eksklyuziv va yuqori sifatli audiovizual asarlar yaratish, dublyaj qilish va dunyo hamjamiyatiga taqdim etish, xorijdagi o‘zbekistonliklar bilan doimiy muloqot maydonini yaratish maqsadida elektron platforma, mobil ilova, bosma nashrlar kabi turli internet va media vositalarini tashkil etish, xorijdagi o‘zbekistonliklarni yurtimiz tarixi, madaniyati, o‘zbek tili va adabiyoti, buyuk ajdodlarimizning boy madaniy merosi va dunyo tamadduniga qo‘shgan hissasi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirib borish kabi bir qator vazifalarni amalga oshirishni o‘z oldiga maqsad qilgan.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

Chust tumanida 54 nafar fuqaroning 200 million soʻmga yaqin ish haqqi undirib berildi

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

"Inson huquqlari — oliy qadriyat" huquqiy aksiyasi doirasida ommaviy sayyor qabullar davom etmoqda

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Adham Shayjigitovning Mirzaobod tumani “Toshkent” mahallasida o'tkazgan sayyor qabuli davomida aholi vakillari o‘z muammolari bilan murojaat etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Аdliya_tayinlov

Yangi boshqarmaga yangi tayinlov

Аdliya vazirining tegishli buyrug'i bilan Regina Levonovna Davidova Adliya vazirligi Milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uyg‘unlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

R.Davidova 1988-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2009-yilda Toshkent davlat yuridik institutining bakalavr, 2011-yilda magistratura darajasini tamomlagan.

Regina Davidova shu kunga qadar Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Adliya vazirligi jamoasi R.Davidovani yangi lavozimga tayinlangani bilan muborakbod etadi. Uning kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi.

@adliyangiliklari
#Adliya_tayinlov

Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Аdliya vazirining tegishli buyrug'i bilan Uzakbergen Bekbergenovich Jaksimuratov Adliya vazirligi Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

U. Jaksimuratov 1987-yilda Nukus shahrida tug‘ilgan. Mutaxassisligi huquqshunos. 2009-yilda Qoraqalpoq davlat universitetini tamomlagan.

U. Jaksimuratov shu kunga qadar mazkur boshqarmada bo'lim boshlig'i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Adliya vazirligi jamoasi U. Jaksimuratovni yangi lavozimga tayinlangani bilan muborakbod etadi. Uning kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya aralashuvi bilan xodim va ish beruvchining nizosiga fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudi tomonidan yakuniy nuqta qo‘yildi

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Aksiya doirasidagi tadbirlarda fuqarolarning murojaatlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda

Adliya vazirligi tomonidan iyun oyida “Inson huquqlari — oliy qadriyat” huquqiy aksiyasi oʻtkazilmoqda. Mazkur yoʻnalishda Namangan viloyati adliya boshqarmasi shahar va tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan ham tizimli ishlar tashkil etilmoqda.

Uychi tumani “Beruniy” mahallasida yashovchi J.Toshbayevning ish haqiga qo‘shimcha to‘lanishi lozim bo‘lgan ustama haqlari to‘lanmayotganligidan norozi bo‘lib, ushbu masalada amaliy yordam so‘ragan. Mazkur murojaat yuzasidan tuman adliya bo‘limining tashabbusi bilan fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilib, sudning hal qiluv qaroriga asosan da’vo arizasi qanoatlantirilib, fuqaro foydasiga jami
45 789 544 so‘m ustamalarni undirish belgilandi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Toshqulov bilan Yaponiya elchisi Takashi Hatori o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi

2023-yil 14-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Toshqulov bilan Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Takashi Hatori o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv boshida adliya vaziri A.Toshqulov O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlar bacha sohalarda tez rivojlanib borayotganligini qayd etib, Yaponiyaning Adliya vazirligi bilan ham hamkorlik aloqalarining yanada rivojlanishiga umid bildirdi.
Uchrashuv davomida yapon tomoniga adliya va huquq sohasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, shuningdek, Adliya vazirligining asosiy vazifalari va faoliyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot taqdim qilindi.

Elchi Takashi Hatori, oʻz oʻrnida tomonlarni qiziqtirgan ko‘pgina sohalarda, jumladan adliya va huquq sohasida O‘zbekiston-Yaponiya munosabatlarining barqaror va ildam tus olayotganligini va kelgusida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari kengayishidan mamnun ekanligini qayd etdi.

Adliya vaziri samarali faoliyati hamda mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirishdagi shaxsiy hissasi uchun Elchi Takashi Hatoriga minnatdorlik bildirdi va keyingi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Uchrashuv davomida Tomonlar Yaponiya bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar va tadbirlar haqida atroflicha fikr almashdilar hamda huquq va adliya sohasida oʻzaro istiqbolli hamkorlikni jadallashtirishga kelishib oldilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar adliya va huquq hamda boshqa o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni rivojlantirishni kelishib oldilar.

@adliyangiliklari
#Adliya_tayinlov

Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi

Аdliya vazirining tegishli buyrug'i bilan Akbarjon Muxammad o‘g‘li Radjapov Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

A. Radjapov 1992-yilda Urganch shahrida tug‘ilgan. 2013-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

A. Radjapov shu kunga qadar mazkur boshqarmada bo'lim boshlig'i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Adliya vazirligi jamoasi A. Radjapovni yangi lavozimga tayinlangani bilan muborakbod etadi. Uning kelgusi ishlarida omad va zafar tilaydi.

@adliyangiliklari