ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.3K photos
2.82K videos
39 files
9.68K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Sayyor_qabul

XOMKONDA FUQARO MUROJAATLARI IJOBIY HAL ETILDI

Aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar muammolari bilan ishlashni samarali tashkil etish, hududlarda yechimini kutayotgan masalalarni “mahallabay” o‘rgangan holda joyida va tezkor hal etish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Xususan, Adliya vazirligi Davlat xizmatlari departamenti boshlig‘i Sanjar Abdullayev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Angor tumanidagi “Xomkon” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Mazkur sayyor qabul davomida aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish va joyida bartaraf etish choralari ko‘rilishi bilan bir vaqtda sayyor davlat xizmatlari ham ko‘rsatildi, jumladan, jami 36 ta fuqarolarning murojaatlari qabul qilinib, shundan 6 ta “Mobil ID” ro‘yhatga olingan bo‘lsa, 4 nafar bolalarni bog‘chaga navbatga qo‘yish, 5 ta ERI kalitlarini rasmiylashtirish, 2 ta muddati o‘tgan tug‘ilishni qayd etish, 9 ta sanatoriyaga navbatga qo‘yish bilan bog‘liq hamda 7 ta subsidiya asosida uy-joy xarid qilish bo‘yicha murojaatlar qabul qilindi, shuningdek, shu joyning o‘zida 3 ta tug‘ilganlik guvohnomasi sayyor tartibda o‘z egalariga topshirildi.

Shu bilan birga, aholining ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolari xolidan ham xabar olinib, vakolat doirasida amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida muammolari o‘rganildi va ijrosi muddat talab etadigan murojaatlar bo‘yicha tez kunlarda hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

O‘zbek tilida so‘zlashgan investor

O‘zbekistonga kelgan ishbilarmon eng avvalo adliya bo'limlarining davlat xizmatlari markazlaridan o‘z bizneslarini rasmiylashtiradi. Kuzatganimiz, xorijlik investorlar tashrifi chog‘ida o‘zbek tilida salomlashib, sog‘lik salomatlik tilashini aytishga harakat qilishadi.

Nega? Chunki, bu millatimizga bo‘lgan hurmat. Tijoratga yo‘l topish. Neki bo‘lmasin, til orqali ko‘ngil olish. Tujjorlar tilida, "...men sizni hamkoringizman..." deyishning eng qulay usuli. Konimex tumani adliya bo'limi davlat xizmatlari markazidan koreyalik investorlar trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bizneslarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdilar.

— 40 nafar xotin-qizlarni ishga taklif qildik, — deydi koreyalik ishbilarmon Bayek Chan.

Davlat xizmatchilari biznes vakiliga yashil yo'lak tamoyili asosida "FACTORY UNICORN" mas’uliyati cheklangah jamiyatini davlat ro'yxatidan o'tkazdilar.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya organlariga bitiruvchilarni ishga qabul qilish bo‘yicha suhbatlar o‘tkazilmoqda

Adliya vazirligi tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti bitiruvchilari bandligini ta'minlash maqsadida hududiy adliya organlaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari uchun suhbatlar tashkil qilinmoqda.

TDYUning 280 dan ortiq bitiruvchilari hududiy adliya organlarida ishlash istagini bildirgan. Ular bilan suhbatlar ochiqlik, shaffoflik prinsiplari asosida o‘tkazilmoqda.

Suhbatdan o‘tgan nomzodlarni ishga qabul qilish masalasini ko‘rib chiqish uchun tegishliligi bo‘yicha hududiy adliya organlari rahbarlariga tavsiya kiritiladi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

Tibbiyot sohasi faxriysi Ostonqul Nurullaev bilan suhbat

Paxtachilik fuqaro tibbiyot sohasida 40 yil faoliyat yuritgan. Hozirda nafaqada, II-guruh nogironi. Tizim faxriysi bo‘lishiga qaramay soha imtiyozlaridan foydalanishda sarsongarchiliklarga duch kelgan. Adliya aralashuvi bilan fuqaroga amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati soha faxriysi bilan suhbatda bo‘ldi.

Batafsil 👉 videotafsilotda

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Xalqaro notariuslar ittifoqi Prezidenti Lionel Galliez bilan uchrashdi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev yoshlar bilan uchrashdi

Davlatimiz tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtiga mazmun olib kirish ustuvor vazifa sifatida belgilab olingan bo‘lib, hozirda yoshlar bilan ishlashning mahalla-tuman-viloyat-respublika tizimi yaratildi.

Shu o'rinda Adliya vazirligi rahbariyati tomonidan muntazam ravishda yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etib borilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 14-iyun kuni adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyevning Toshkent viloyati Zangiota tumani yoshlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Uchrashuvlarda yoshlarni qiynayotgan muammolar va ular duch kelayotgan qiyinchiliklar tinglanib, har bir yoshga tegishli taklif, tavsiya va maslahatlarni bergan holda ularning muammolarini hal qilish borasida kelishib olindi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

📹Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Adliya vazirligining “Inson qadri uchun” tamoyili asosida joriy yilning 2-iyunidan - 30-iyun kuniga qadar o‘tkaziladigan “Inson huquqlari oliy qadriyat” huquqiy aksiyasi” bo‘yicha Navoiy viloyatida targ‘ibot ishlari davom etmoqda.

Bugun viloyat adliya boshqarmasi Karmana tumanida sayyor qabul o'tkazdi. Sayyor qabulda 80 nafardan ortiq fuqaro murojaatlari tinglandi. Shundan, davlat xizmati, FHDY va adliya ish yurituviga olingan murojaatlar joyida hal etildi.

@adliyangiliklari