ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.3K photos
2.82K videos
39 files
9.69K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

YANGI INKLYUZIV DAVLAT XIZMATLARI MARKAZI NUKUS TUMANIDA: TEZ, OSON VA QULAY

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumanida 2023-yil 10-iyun kuni BMT Taraqqiyot dasturi va Yevropa Ittifoqi ko‘magida yangi inklyuziv davlat xizmatlari markazining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimi va OAV vakillari uchun press-tur bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Adliya: Tadbirkorning 942 million so‘mlik ish haqi to‘lanadi

Tadbirkor N.Berdiyev hamda Paxtachi tuman Obodonlashtirish boshqarmasi o‘rtasida 2022-yilda bir qancha shartnomalar tuzilgan bo‘lib, unga ko‘ra, tadbirkor jami 942 632 934 so‘mlik ishlarni bajarib topshirgan, ammo unga ish haqi to‘lanmagan.

Tadbirkor o‘rtada nizo kelib chiqqach, qonuniy manfaatlari ta'minlanishini so‘rab Paxtachi tuman adliya bo‘limiga murojaat qildi. Bo‘lim tomonidan tadbirkor manfaatini ko‘zlab, Kattaqo‘rg‘on tumanlararo Iqtisodiy sudiga da'vo ariza kiritidi.

Sud O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi 118, 176-180-moddalarini qo‘llab, tadbirkor foydasiga 942 632 934 so‘m undirish haqida qaror qabul qildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_onlayn

“Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga yo‘l harakatini tartibga solishning shaffofligi va ochiqligini oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi Qonun loyihasi.

AOKAda Adliya vazirligi mutasaddilari ishtirokida shu mavzuda matbuot anjumani boshlandi.

📹 Quyidagi 👉havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
#Matbuot_anjumani

Qonun loyihasiga ko‘ra yo‘l belgilari reyestri shakllantiriladi. Reyestrga kiritilmagan taqiqlovchi yo‘l belgilari huquqiy oqibat keltirib chiqarmaydi

AOKAda Adliya vazirligi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga yo‘l harakatini tartibga solishning shaffofligi va ochiqligini oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi Qonun loyihasi haqida ma'lumot berildi.

2022-yil davomida tuman va shahar hokimlarining yo‘l belgilarini o‘rnatish to‘g‘risidagi 5 ta qarori bekor qilingan.

Shuningdek, taqiqlovchi yo‘l belgilari yo‘l harakati qatnashchilarini oldindan xabardor qilmasdan o‘rnatib kelinmoqda.

Loyihada esa, taqiqlovchi yo‘l belgilari faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, tuman (shahar) hokimining qarori asosida o‘rnatilishi hamda taqiqlovchi yo‘l belgilari o‘rnatilishidan kamida 20 kun oldin bunday qaror qilish sabablari haqida jamoatchilik mahalliy ijro hokimiyati organining tegishli rasmiy Internet sahifalari va ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilinishi ko‘zda tutilmoqda.

👉 Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Adliya aralashuvi bilan bir fuqaroning ustamasi undirildi, yana birining muammosi hal boʻldi

Namangan viloyat adliya boshqarmasi hamda tuman, shahar adliya boʻlimlari aholi va tadbirkorlik subyektlarini buzilgan huquqlarini tiklash, ularga huquqiy koʻmak berish borasida tizimli ishlarni amalga oshirmoqda.

Uchqoʻrgʻon tumanida yashovchi fuqaro F.Rahimjonovaning fizika fani boʻyicha olimpiadaning respublika bosqichi gʻolibi boʻlganligi hamda hozirda Namangan muhandislik texnologiya instituti qoshidagi Akademik litseyda fizika fani oʻqituvchisi vazifasida ishlayotganligi sababli, litsey tomonidan olimpiada gʻoliblari uchun toʻlanishi lozim boʻlgan 100 foizlik ustama haqi toʻlanmayotganligidan norozi boʻlib qilgan murojaatini oʻrganib chiqildi.

👉 Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan hududda turizm sohasini rivojlantirish istiqbollari va mavjud muammolar o'rganildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Tadbirkorlikka oid barcha talablarning elektron reyestri yuritiladi

👉Batafsil

@adliyangiliklari