#TashkentLawSpring2023
Intellektual mulk ekotizimini yaratish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajriba va undagi dolzarb muammolar muhokamasi
"Tashkent Law Spring" III xalqaro yuridik forumi doirasida “Intellektual mulk ekotizimi – O‘zbekistonning innovatsion va sanoat muhitini shakllantirish vositasi sifatida” muhokama sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Muhokama sessiyasida intellektual mulk sohasi bo‘yicha bir qator xalqaro tashkilotlar, xususan, Butunjahon intellektual mulk tashkiloti, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, Yevroosiyo patent tashkiloti vakillari, xalqaro miqyosdagi taniqli ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy xodimlari, xorijiy davlatlarning intellektual mulk idoralari mas’ullari (CNIPA, Xitoy), huquqshunoslar hamda patent vakillari o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdi.
Sessiya davomida ma’ruzachilar tomonidan intellektual mulkning zamonaviy tendensiyalari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan qiziqarli ma’ruza va taqdimotlar namoyish qilindi.
Xususan, ma’ruzachilar tomonidan intellektual mulk ekotizimini yaratish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajriba va undagi dolzarb muammolar, intellektual mulk sohasidagi xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning o‘rni, vazifalari va afzalliklari, zamonaviy intellektual mulk huquqi va siyosatini yuritish, intellektual mulkni samarali himoya qilish bo‘yicha davlat tashkilotlarining o‘zaro hamkorligi, mamlakat brendi sifatida intellektual mulk obyektlari, xususan, geografik ko‘rsatkichlarni targ‘ib etish masalalarida ma’lumotlar berildi.
Sessiya yakunlangach, ma’ruzachilar va qatnashchilar o‘zaro aloqlarni mustahkamlash va kelgusidagi hamkorlik to‘g‘risida kelishib oldi.
@adliyangiliklari

Poraxo‘r siyosatchilar bilan kurashgan jurnalistlar, pora olmay qo‘ygan "GAI"lar — Latviya korrupsiyadan qanday qutulgan?
Latviyalik siyosiy ekspert va jamoatchilik faoli Inese Voikaning taʼkidlashicha, O‘zbekiston korrupsiyadan qutulish uchun davlat mansabdorlarining deklaratsiya va manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi qonunni albatta qabul qilishi kerak. Latviya korrupsiya bilan kurashishni dastlab shu qonunni qabul qilishdan boshlagan.
👉 Batafsil

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita O‘zbekistonda taqiqlangan materiallar ro‘yxatini eʼlon qildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan bunday materiallarni O‘zbekistonga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish qilish taqiqlanadi.
👉Batafsil

#Adliya_xabari
Yaponiya Adliya vazirligining delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Adliya vazirligida joriy yilning 19-may kuni boshqarma boshlig‘i A. Saydaxmedov boshchiligida Adliya vazirligi vakillari bilan Yaponiya Adliya vazirligining Tadqiqotlar va malaka oshirish instituti mutaxassislari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Yaponiya delegatsiyasi joriy yilning 17—18-may kunlari bo‘lib o‘tgan “Tashkent Law Spring” III xalqaro yuridik forumida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Yaponiya delegatsiyasi bo‘lib o‘tgan Forumning xalqaro yuridik hamjamiyatni birlashtirish, huquq sohasidagi muammolarni yechish bo‘yicha fikr almashish hamda yuridik olamning yangi trendlarini muhokama qilish uchun yaxshi platforma sifatida xizmat qilganini qayd etdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan Yaponiya Adliya vazirligi va uning huzuridagi Tadqiqotlar va malaka oshirish instituti o‘rtasidagi hamkorlik masalalari atroflicha muhokama qilindi va kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

Adliya fuqarolarni qabul qiladi
Murojaatlarning qabul qilish hamda muammolarning batafsil o‘rganishning samarali usuli bo‘lgan shaxsiy qabullarni tashkil etishga ham Adliya vazirligi rahbariyati tomonidan alohida e'tibor qaratilib kelinmoqda.
Holbuki, har bir murojaat zamirida insonlar taqdiri yotadi.
Xususan, joriy yilning 19-may kuni vazirlik binosida adliya vaziri tomonidan 30 nafarga yaqin jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilindi.
E'tiborlisi shundaki, qabulda Farg‘ona va Buxoro viloyatlaridagi fuqarolarning video-konferens-aloqa vositasi orqali murojaatlari eshitildi.
Bu esa fuqarolarning uzoq hududlardan poytaxtga kelib-ketishlari uchun vaqt va mablag‘larining tejalishini ta'minladi.
Qabul jarayonida vazirlik faoliyatiga tegishli murojaatlarni o‘rganib chiqish hamda qonun doirasida hal etish uchun mas'ul tarkibiy bo‘linma rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.
Vazirlikning vakolatiga kirmaydigan masalalar yuzasidan esa, fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

#Ochiq_adliya
Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni hamda davlat notarial idoralari notariuslari lavozimiga tanlov o‘tkazilmoqda.
Malaka imtihoni jarayoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilinmoqda.
📹 https://www.youtube.com/embed/2zI4yHH8Q30

YouTube
Хусусий нотариал фаолият билан шуғулланиш ҳуқуқини бериш бўйича малака имтиҳони (онлайн трансляция)
#Adliyadan_javob
❓ID-kartani rasmiylashtirish va berish qaysi hollarda amalga oshiriladi?
— ID-kartani rasmiylashtirish va berish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
▪️ota-onalar, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga ko‘ra — bola tug‘ilgandan boshlab 16 yoshga to‘lguniga qadar;
▪️fuqaro 16 yoshga to‘lganda;
▪️O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinganda yoki O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi sifatida tan olinganda;
▪️ID-kartaning amal qilish muddati tugaganda;
▪️fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, tug‘ilgan sanasi, jinsi o‘zgarganda;
▪️ID-kartaga yoki chipga kiritilgan ma’lumotlarda noaniqliklar, xatolar va texnik nuqsonlar mavjudligi aniqlanganda;
▪️ID-karta yoki chip yaroqsiz holga kelganda;
▪️ID-karta ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilganida;
▪️ID-karta yo‘qotib qo‘yilganda.
Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentyabrdagi PF-6065-son farmoni.

Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida “O‘rta professional yuridik kadrlar uchun mehnat bahori” tadbirlari bo‘lib o‘tdi
Adliya vazirligi tashabbusi bilan joriy yilning mart-may oylarida hududiy 14 ta yuridik texnikumlarda bitiruvchi kurs o‘quvchilarining bandligini ta'minlash maqsadida yirik va mayda biznes tashkilotlari hamda huquqni muhofaza qilish organlari ishtirokida “O‘rta professional yuridik kadrlar uchun mehnat bahori” tadbirlari yuqori saviyada o‘tkazildi.
Ushbu mehnat yarmarkalarida respublika bo‘yicha bitiruvchi kurs bo‘lgan 1 586 nafar o‘quvchi, o‘tgan yillarda bitirgan 512 nafar sobiq o‘quvchilardan iborat bo‘lgan ja’mi 2098 nafar shaxslarga hududlardagi barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlar va davlat tashkilotlari hamda 185 ta yirik va mayda biznes tashkilotlar qatnashdi.
Mehnat yarmarkalari jarayonida o‘quvchilarga tashkilotlar vakillari tomonidan sohalar bo‘yicha tegishli ma’lumotar berildi.
Tadbirlar natijasida, o'quvchilarga ishga qabul qilish jarayonlari va tartiblari tushuntirildi hamda 200 nafardan ortiq o‘quvchilarning bandligi ta’minlandi.
Mehnat yarmarkalari to'g'risida har bir hudud bo‘yicha ma’lumot olishingiz mumkin.
🏢 Qoraqalpog'iston Respublikasi yuridik texnikumi;
🏢 Andijon viloyati yuridik texnikumi;
🏢 Buxoro viloyati yuridik texnkumi;
🏢 Jizzax viloyati yuridik texnikumi;
🏢Namangan viloyati yuridik texnikumi;
🏢 Navoiy viloyati yuridik texnikumi;
🏢Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi;
🏢Samarqand viloyati yuridik texnikumi;
🏢 Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi;
🏢 Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi;
🏢Toshkent viloyati yuridik texnikumi;
🏢 Farg'ona viloyati yuridik texnikumi;
🏢 Xorazm viloyati yuridik texnikumi;
🏢Toshkent shahar yuridik texnikumi.

#Bilasizmi
Quyidagilar mualliflik huquqi obyektlari hisoblanmaydi:
O‘zbekiston Respublikasi "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida"gi Qonunning 8-moddasiga ko‘ra
🔸 rasmiy hujjatlar (qonunlar, qarorlar, to‘xtamlar va shu kabilar), shuningdek ularning rasmiy tarjimalari;
🔸rasmiy ramzlar va belgilar (bayroqlar, gerblar, ordenlar, pul belgilari va shu kabilar);
🔸 xalq ijodiyoti asarlari;
🔸 oddiy matbuot axboroti tusidagi kundalik yangiliklarga doir va joriy voqealar haqidagi xabarlar;
🔸 insonning bevosita individual asar yaratishga qaratilgan ijodiy faoliyati ishtirokisiz, muayyan turdagi ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan texnika vositalari yordamida olingan natijalar.

#Davlat_xizmatlari
FHDY BOʻLIMLARIDA HAM EKSTERRITORIALLIK AMALDA
Xabaringiz bor fuqarolarning doimiy (vaqtincha) roʻyxatdan oʻtgan joyidan qatʼi nazar fuqarolik holati dalolatnomalari:
▪️tugʻilish
▪️ nikoh
▪️oʻlim
▪️nikohdan ajratishni qayd etish eksterritorial tamoyil asosida amalga oshiriladi.
Xoʻsh, xizmatlardan eksterritorial tamoyil asosida foydalanish oʻzi nima?
❗️Eksterritorial tamoyil — yashash joyingizdan qatʼiy nazar, yuqorida qayd etilgan davlat xizmatlarini istalgan FHDY boʻlimidan olish imkoniyati.
Yaʼni, Siz xizmat safari yoki biror yumush bilan Toshkentga yoinki respublikamizning boshqa hududiga tashrif buyurdingiz va u yerda Sizga FHDY xizmatlariga zarurat tugʻildi. Avvalgidek, roʻyxatdan oʻtgan joyingizdagi FHDY boʻlimiga qaytib borib, vaqt va naqdingizni sarflamay, hozir boʻlib turgan joyingizdagi istalgan FHDY boʻlimiga murojaat qilgan holda xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.

❓Fuqaro ID-karta olish uchun o‘ziga qulay bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish punktiga qaysi hujjatlarni taqdim etadi?
— Fuqaro ma’lumotlarni yig‘ish punktiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
▪️belgilangan shakldagi ariza-anketa;
▪️ilgari berilgan pasport yoki ID-karta;
▪️tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma (ID-karta birinchi marotaba rasmiylashtirilayotganda);
▪️vakolatli organning qarori (ID-karta ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilganida);
▪️davlat boji to‘langanligi haqida kvitansiya (elektron to‘lov tizimlari orqali to‘langanda kvitansiya majburiy emas).
___________
❓Fuqarolarga qanday hollarda ID-karta rasmiylashtirish rad etiladi?
— Agar fuqaro qo‘l barmoq izlari olinishidan bosh tortsa yoxud ko‘zoynakda yoki bosh kiyimda suratga tushish istagidan qaytmasa, ma’lumotlarni yig‘ish punkti fuqaroga ID-karta rasmiylashtirishni rad etadi.

❓O‘zbekiston Respublikasida doimiy ro‘yxatga olingan chet davlat fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs ID-karta olish uchun ma’lumotlarni yig‘ish punktiga qaysi hujjatlarni taqdim etadi?
— O‘zbekiston Respublikasida doimiy ro‘yxatga olingan chet davlat fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs ma’lumotlarni yig‘ish punktiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy ro‘yxatga olingan chet davlat fuqarolariga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga:
▪️ularning ota-onalari, vasiylarining (homiylarining) ixtiyoriga ko‘ra — bola tug‘ilgandan boshlab 16 yoshga to‘lguniga qadar;
▪️shaxs 16 yoshga to‘lganda;
▪️shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, fuqaroligi, tug‘ilgan sanasi, jinsi o‘zgarganda;
b) ID-kartaning amal qilish muddati tugaganda;
v) ID-kartaga yoki chipga kiritilgan ma’lumotlarda noaniqliklar, xatolar va texnik nuqsonlar mavjudligi aniqlanganda;
g) ID-karta yoki chip yaroqsiz holga kelganda;
d) ID-kartani ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilganida;
e) ID-karta yo‘qotib qo‘yilganda.

Bugun, 24-may kuni Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan Adliya vazirligining 2022-yilda huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning holati haqidagi axboroti ko‘rib chiqildi.