ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.7K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#TashkentLawSpring2023
 
Toshkentda Markaziy Osiyo mintaqasida huquq sohasidagi muhim voqealardan biri hisoblangan “Tashkent Law Spring” III Xalqaro yuridik forumi bo‘lib o‘tdi. Forum yagona platformada 600 dan ortiq mahalliy va xorijiy ekspertlarni birlashtirdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#TashkentLawSpring2023

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Xalqaro xususiy huquqni unifikatsiya qilish instituti Bosh kotibi o‘rinbosari Anna Venetsiano bilan uchrashdi

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Tashkent Law Spring” III xalqaro yuridik forumi doirasida adliya vaziri Akbar Toshqulov bilan Xalqaro xususiy huquqni unifikatsiya qilish instituti (UNIDROIT) Bosh kotibi o‘rinbosari Anna Venetsiano o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida xorijiy mehmon bilan ikki tashkilot o‘rtasidagi hozirgi hamkorlik holati va uni istiqbollari muhokama qilindi, xususan O‘zbekiston Respublikasining UNIDROIT tomonidan ishlab chiqilgan 3 ta xalqaro shartnomasidagi ishtiroki hamda istiqbolda yangi shartnomalariga hamda UNIDROITga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilish masalalari bo‘yicha atroflicha fikr almashildi.

Shu o‘rinda, A.Venetsiano bu borada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ijobiy fikr bildirib, Xalqaro xususiy huquqni unifikatsiya qilish instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istagini bildirdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan 2023-yilning 22 va 23-may kunlari xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni hamda davlat notarial idoralari notariuslari lavozimiga tanlov o‘tkaziladi.

Malaka imtihoni jarayoni soat 10:00 dan boshlab Internet tarmog‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilinadi.

@adliyangiliklari
#TashkentLawSpring2023

Intellektual mulk ekotizimini yaratish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajriba va undagi dolzarb muammolar muhokamasi
 
"Tashkent Law Spring" III xalqaro yuridik forumi doirasida “Intellektual mulk ekotizimi – O‘zbekistonning innovatsion va sanoat muhitini shakllantirish vositasi sifatida” muhokama sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Muhokama sessiyasida intellektual mulk sohasi bo‘yicha bir qator xalqaro tashkilotlar, xususan, Butunjahon intellektual mulk tashkiloti, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, Yevroosiyo patent tashkiloti vakillari, xalqaro miqyosdagi taniqli ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy xodimlari, xorijiy davlatlarning intellektual mulk idoralari mas’ullari (CNIPA, Xitoy), huquqshunoslar hamda patent vakillari o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdi.

Sessiya davomida ma’ruzachilar tomonidan intellektual mulkning zamonaviy tendensiyalari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan qiziqarli ma’ruza va taqdimotlar namoyish qilindi.

Xususan, ma’ruzachilar tomonidan intellektual mulk ekotizimini yaratish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajriba va undagi dolzarb muammolar, intellektual mulk sohasidagi xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning o‘rni, vazifalari va afzalliklari, zamonaviy intellektual mulk huquqi va siyosatini yuritish, intellektual mulkni samarali himoya qilish bo‘yicha davlat tashkilotlarining o‘zaro hamkorligi, mamlakat brendi sifatida intellektual mulk obyektlari, xususan, geografik ko‘rsatkichlarni targ‘ib etish masalalarida ma’lumotlar berildi.

Sessiya yakunlangach, ma’ruzachilar va qatnashchilar o‘zaro aloqlarni mustahkamlash va kelgusidagi hamkorlik to‘g‘risida kelishib oldi.

@adliyangiliklari
Poraxo‘r siyosatchilar bilan kurashgan jurnalistlar, pora olmay qo‘ygan "GAI"lar — Latviya korrupsiyadan qanday qutulgan?

Latviyalik siyosiy ekspert va jamoatchilik faoli Inese Voikaning taʼkidlashicha, O‘zbekiston korrupsiyadan qutulish uchun davlat mansabdorlarining deklaratsiya va manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi qonunni albatta qabul qilishi kerak. Latviya korrupsiya bilan kurashishni dastlab shu qonunni qabul qilishdan boshlagan.

👉 Batafsil

@adliyangiliklari
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita O‘zbekistonda taqiqlangan materiallar ro‘yxatini eʼlon qildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan bunday materiallarni O‘zbekistonga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish qilish taqiqlanadi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari