Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Taklif etilgan qonun loyihasining qabul qilinishi ijara va lizing munosabatlarida firibgarlik jinoyatlarini oldini olishga xizmat qiladi
👉Batafsil
@adliyangiliklari

#TashkentLawSpring2023
300 dan ziyod korrupsiyaviy omillar aniqlandi, 7 trln so‘m asossiz saarflanishining oldi olindi, lekin bu kifoya emas
Shu kunlarda bo‘lib o‘tayotgan "Tashkent Law Spring" xalqaro huquqiy forumda muhokama qilinayotgan masalalar qatorida qonunchilik hujjatlarining tartibga solish ta'sirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertiza qilish mavzusida adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov nutq so‘zladi.
Nutqdan muhim raqamlar:
2022-yilda 144 ta qonunchilik hujjati loyihasining ta'siri baholanib, ulardan 150 dan ortiq talab, majburiyat va cheklov o‘rnatuvchi norma chiqarib tashlandi. Natijada aholi va biznes uchun 7 trln so‘mdan ortiq asossiz xarajatlarning oldi olindi.
Amaldagi qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish yo‘lga qo‘yilib, 2026-yilga qadar 21 mingdan ortiq hujjatni ekspertizadan o‘tkazish belgilandi.
Dastlabki yilda 1800 dan ortiq hujjat ekspertizadan o‘tkazilib, ularning 12 foizida 300 dan ziyod korrupsiyaviy omillar aniqlandi hamda bartaraf etish bo‘yicha tegishli qonunchilik hujjati loyihalari ishlab chiqildi.
“Tartibga soluvchi gilyotina” usuli orqali qonunchilik bazasini ixchamlashtirish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Buning natijasida bugungi kunga qadar 3 mingdan ortiq Prezident va hukumat hujjati bekor qilinib, milliy qonunchiligimiz deyarli 10 foizga qisqartirildi.

Alisher Karimov, adliya vaziri o‘rinbosari:
— Norma ijodkorligida “aqlli tartibga solish” modeli keng joriy etiladi. Bunda barcha hujjatlarning ta'siri baholanadi. Har yili hujjatning samaradorligini o‘rganish, ijrosini ta'minlash hamda baholash uchun statistik ma'lumotlarni yig‘ish maqsadida monitoring o‘tkaziladi.

Forum sessiyalari: Yuridik sohada raqamli texnologiyalarni qo‘llash
👉Batafsil
@adliyangiliklari
Forum sessiyalari: Yuridik sohada raqamli texnologiyalarni qo‘llash
👉Batafsil
@adliyangiliklari
#Adliya_xabari
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Ozarbayjon Respublikasi Adliya vazirligi o‘rtasidagi 2023–2024-yillar uchun hamkorlik dasturi imzolandi
Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Tashkent Law Spring” III xalqaro yuridik forumi doirasida joriy yilning 17-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Toshqulov bilan Ozarbayjon Respublikasi adliya vaziri Fikret Mamedov o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv boshida tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi tizimli va samarali muloqotlar tufayli O‘zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik munosabatlari sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarilgani, amaliy mazmun bilan boyiganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Uchrashuvning hosili ikki davlat adliya vazirliklari o‘rtasida mavjud munosabatlarni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish hamda hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ozarbayjon Respublikasi Adliya vazirligi oʻrtasida 2023-2024-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturining imzolanishi bo‘ldi.
Hamkorlik dasturi doirasida tomonlar adliya va huquq, normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish sohasida hamda adliya organlarida innovatsiyalar va AKTni joriy etishda doimiy ravishda tajriba almashib borish maqsadida o‘zaro amaliy hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib oldilar. Bundan tashqari, hujjatda yuristlarni tayyorlash va malakasini oshirish hamda sud ekspertizasi sohalarida tomonlarning tegishli muassasalari o‘rtasida anglashuv memorandumlarni imzolash orqali hamkorlikni mustahkamlash masalalari o‘z aksini topdi.

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Toshqulov Qirg‘iziston Respublikasi adliya vaziri Ayaz Bayetov bilan uchrashdi
Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Tashkent Law Spring” III xalqaro yuridik forumi doirasida joriy yilning 17-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Toshqulov bilan Qirg‘iziston Respublikasi adliya vaziri Ayaz Bayetov o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvdan maqsad — mavjud munosabatlarni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish orqali ikki davlat adliya vazirliklari oʻrtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash.
Uchrashuv davomida ikki davlat adliya vazirliklarining koʻp yillik hamkorligiga alohida urgʻu berildi. Shuningdek, Qirg‘iziston tomoniga mamlakatimizda adliya va huquq, davlat boshqaruvining ijtimoiy-iqtisodiy sohalaridagi keng koʻlamli islohotlar haqida hamda ushbu islohotlarning amalga oshirilishida adliya organlarining roli haqida atroflicha maʼlumot berildi.
Tomonlar mavjud idoralararo munosabatlarni yanada chuqurlashtirish hamda mustahkamlash maqsadida hamkorlikda o‘zaro tadbirlarni davom ettirishga, tajriba almashishga qaratilgan qator amaliy ishlarni o‘tkazishga kelishib oldilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar ikki davlat adliya vazirliklari oʻrtasida turli turdosh sohalarda tajriba almashish maqsadida hamkorlik dasturini imzolashga kelishib oldilar.

Toshkentda Markaziy Osiyo mintaqasida huquq sohasidagi muhim voqealardan biri hisoblangan “Tashkent Law Spring” III Xalqaro yuridik forumi o‘z ishini davom etmoqda.
Ushbu forum O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturi, “Regional Dialogue” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti va boshqa hamkorlar ishtirokida tashkil etildi.
Forumning asosiy mavzusi — “Fundamental huquqlar – abadiy qadriyatlar”. Forum huquq sohasidagi zamonaviy ilm-fan yutuqlarini O‘zbekistonda va jahonda ommalashtirishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan.
Forumda Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Turkiya, Shvetsiya, Yaponiya va boshqa davlatlarning qonunchilik va sud-huquq sohasidagi yetakchi ekspertlari ishtirok etmoqda.
📹 Forumni onlayn kuzatib borishingiz mumkin:
👉“Korrupsiyaga qarshi siyosat” mavzusida navbatdagi sessiya;
👉“Intellektual mulk ekotizimi — O‘zbekistonning innovatsion va sanoat muhitini shakllantirish vositasi sifatida” mavzusida navbatdagi sessiya
👉“Sud ekspertizasi rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari” mavzusida navbatdagi sessiya

Davlat xizmatlari: muvaffaqiyatlar, vazifalar va istiqbollar
“Tashkent Law Spring” III xalqaro yuridik forumining “Davlat xizmatlari: muvaffaqiyatlar, vazifalar va istiqbollar” mavzusidagi sessiyasi ham tashkil etildi.
Sessiya davomida adliya vaziri o‘rinbosari X. Meliyev davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida yaratilayotgan qulayliklar, aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan tezkor va sifatli davlat xizmatlari, sohani jadal rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida maʼlumot berib o‘tdi.
Shuningdek, mamlakatimizda aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish, xizmat koʻrsatish sohasini jadal rivojlantirish, koʻrsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan oʻzgartirish raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan rejalar haqida to‘xtaldi.
Mazkur sessiyada bir qancha xorijiy ekspertlar, shu jumladan BMT TDning Oʻzbekistondagi vakili oʻrinbosari Nika Saidi, TSARKA GROUP asoschisi hamda direktori, Qozogʻistondagi NATIONAL HOLDING ZERDE sobiq raisi Arman Abdrassilov, xalqaro ekspert Aleksandr Antonovs, Viskonsin-Madison universitetining siyosatshunoslik fanlari boʻyicha doktori va magistri Lin Enn Hammergren va boshqa mutaxassislar ishtirok etib, ushbu yoʻnalishdagi xalqaro tajriba bo‘yicha nutq so‘zladi.
Bunday kengaytirilgan va professional formatdagi tadbir O‘zbekiston va xorijiy davlatlarda norma ijodkorligi sifatini oshirishga qaratilgan huquqiy islohotlarni kompleks va chuqur muhokama qilish, jahondagi yangi tendensiyalarni tahlil qilish imkonini berdi.