ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.7K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.Toshqulov Germaniya Federativ Respublikasining sobiq federal adliya vaziri, Fridrix Ebert Jamg‘armasi a’zosi Gerta Doybler-Gmelin xonim bilan uchrashdi

2023-yil 16-may kuni adliya vaziri Akbar Toshqulov bilan Germaniya Federativ Respublikasining sobiq federal adliya vaziri, Fridrix Ebert Jamg‘armasi a’zosi Gerta Doybler-Gmelin xonim o‘rtasida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Gerta Doybler Gmelin xonim joriy yilning 17-18-may kunlari bo‘lib o‘tgan “Tashkent Law Spring” III Xalqaro yuridik forumida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Uchrashuv chog‘ida, adliya vaziri A.Toshqulov mehmonlarga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, shu jumladan Konstitutsiyaviy islohotlar haqida ma’lumot berib, vazirlik faoliyati yo‘nalishlari bilan atroflicha tanishtirdi.

O‘z navbatida, Gerta Doybler-Gmelin xonim O‘zbekistonda amalga oshirilgan islohotlarni yuqori baholab, Jamg‘armaning bilan Adliya vazirligi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga umidvorligini bildirdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Huquqni rivojlantirish xalqaro tashkiloti Bosh direktori Yan Bigl xonim bilan uchrashdi

2023-yil 16-may kuni adliya vaziri Akbar Toshqulov bilan Huquqni rivojlantirish xalqaro tashkiloti Bosh direktori Yan Bigl xonim o‘rtasida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Yan Bigl xonim joriy yilning 17-18-may kunlari bo‘lib o‘tgan “Tashkent Law Spring” III Xalqaro yuridik forumida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Ma’lumki, Huquqni rivojlantirish xalqaro tashkiloti qonun ustuvorligini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, mamlakatlarda huquqiy islohotlarni amalga oshirishga ko‘maklashish bilan shug‘ullanadi. Tashkilot doimiy ravishda tinchlik, qonun ustuvorligi, ijtimoiy taraqqiyot va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida huquqiy tizimni isloh qilish borasida mamlakatlarga ko‘mak beradi.

So‘z boshida A.Toshqulov mehmonlarni O‘zbekistonda amalga oshirilgan Konstitutsiyaviy islohotlar, shuningdek Adliya vazirligi tizimidagi novatsiyalar bilan tanishtirdi hamda vazirlikning istiqboldagi loyihalari haqida to‘xtalib o‘tib, ularni birgalikda amalga oshirish taklifini bildirdi.

Yan Bigl xonim, o‘z navbatida, O‘zbekistonda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlarni, shu jumladan Konstitutsiyaviy islohotlarni yuqori baholadi va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish zarurligiga mamnuniyat bilan ishonch bildirdi.

@adliyangiliklari
#TashkentLawSpring2023

"Tashkent Law Spring" III Xalqaro yuridik forumi o‘z ishini davom etmoqda.

Forumning asosiy mavzusi: “Fundamental huquqlar — barhayot qadriyatlar”.

Forumda Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Turkiya, Shvetsiya, Yaponiya va boshqa davlatlarning qonunchilik va sud-huquq sohasidagi yetakchi ekspertlari ishtirok etmoqda.

📹 Forumni onlayn kuzatib borishingiz mumkin:
👉“Yuridik sohada raqamli texnologiyalar” mavzusida navbatdagi sessiya
👉“Nizolarni muqobil hal etish: mediatsiyadan arbitrajgacha” mavzusida navbatdagi sessiya
👉“Sifatli norma ijodkorligi orqali qonun ustuvorligi qadar” mavzusida navbatdagi sessiya

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TashkentLawSpring2023

Adliya vaziri Akbar Toshqulov xalqaro forumda fundamental huquqlar himoyasi haqida gapirdi:

— Barcha odamlarning qonun oldida tengligi va hech bir tafovutsiz qonun bilan teng himoya qilinish huquqi amalda ta'minlanishi kerak. Mana shu masalalarni hal qilish O‘zbekistondagi huquqiy islohotlar asosiy mag‘zini tashkil etadi.

Biz yuristlar bilamizki, davlatlarning siyosiy va huquqiy tizimlari turlicha bo‘lganligi sababli fundamental huquqlarni talqin qilish yoki ularga amal qilishda farqlar bor. Bu farq yaxshi yoki yomon tarafga bo‘lishi mumkin. Lekin har qanday jamiyatda ham progressiv fikrlovchi, fundamental huquqlarning fidoyi himoyachilari ham bor-ki, ular vaziyatni yaxshi tomonga burishga doim harakat qilishadi. Men bunday rolda yuristlar ko‘proq bo‘lishini istardim. Chunki, biz yuristlar muammoni kundalik ish jarayonida doim ko‘ramiz va ularning yechimini ham bilamiz.

Shunday ekan forum davomida huquqning mana shunday fundamental masalalarini professional va chuqur yondashuvlar asosida muhokama qilishga chaqiramiz.

Bugun butun progressiv jamiyatlar insonning fundamental huquqlarni har qachongidan yuqori darajaga ko‘tarishga intilmoqda. Bu fundamental huquqlari har bir shaxsning qadr-qimmati va tengligiga asoslanadi.

Ulardan inson huquqlarining asosiy qadriyatlari – shaxsiy huquq va erkinliklar, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar kelib chiqadi. Ushbu fundamental huquqlar Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida mustahkamlangan bo‘lib, hamma joyda bir xil himoya qilinishi shart.

@adliyangiliklari
​#TashkentLawSpring2023

Inson qadrini ko‘tarish uchun nima kerak? Singapur Ichki ishlar va huquq vaziri 3 ta omilni sanadi

Odamlar yaxshi yashashi uchun nima kerak bo‘ladi? Yaxshi ta'lim, farovon yashash va ishlash sharoitlari, qonun ustuvorligi, fundamental inson huquqlarining ta'minlanganligi. Buni hamma davlatda amalga oshirib bo‘ladimi?

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “Tashkent Law Spring” xalqaro forumida Singapurning Ichki ishlar va huquq vaziri K. Shanmugam shu haqda gapirdi. Uning fikricha, taraqqiylashmagan mamlakatda inson huquqlari ulug‘lanishini kutishning hojat yo‘q. Ammo hamma davlat o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib buni amalga oshirishga urinib ko‘rishi kerak.

“Men sizlarga Singapurning yutuqlari haqida emas, uning imkoniyatlari haqida gapirmoqchiman. Balki sizda ham bunday imkoniyatlar bordir va insonning dastlabki, fundamental huquqlarini ro‘yobga chiqarish uchun o‘z mamlakatingiz miqyosida buni qo‘llasangiz bo‘ladi”, — deydi vazir.

Vazirga ko‘ra, inson resursi birinchi o‘ringa chiqishi uchun:
1. Kuchli markazlashgan hukumat kerak (u ta'lim, sog‘liqni saqlash – inson huquqlarini ta'minlash bo‘yicha boshqa barcha majburiyatlarini to‘liq bajarishi shart).
2. Kompetentligi bo‘lgan — kuchli bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan davlat xizmatchilarini ishga olish kerak.
3. Mamlakatda yashaydigan millatlar birlashuvi kerak.

Shanmugam Singapur qayerdan boshlanganini, hozir qayerda ekanligini va keyinchalik qanday boshqarilishini gapirib berdi. Uning ta'kidlashicha, bir paytlar Singapurning malaylar bilan qattiq nizolari va ziddiyatlari bo‘lgan. Bu shahar-davlat Malayziyaning tijoriy markazi bo‘lgan va tabiiyki, mustaqil bo‘lish uchun davlatning tabiiy resurslari yo‘q edi. Singapur davlatchiligini qurish uchun ham kuchli va yetarli asoslar bo‘lmagan.

Bundan tashqari mamlakat Britaniyaning koloniyalaridan biri sifatida o‘zining identifikasiya qiladigan biror bir asosiga ham ega bo‘lmagan. U yerda ijtimoiy, diniy, siyosiy nizolar ko‘p bo‘lgan. Jinoyatchilik, korrupsiya avjiga chiqqan. Aholida oddiy yashash sharoitlari, kommunal xizmatlar umuman yaxshi bo‘lmagan. Shunga qaramay mamlakat bugun juda shijoatli insonlar yashaydigan, zamonaviy davlatga aylandi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Taklif etilgan qonun loyihasining qabul qilinishi ijara va lizing munosabatlarida firibgarlik jinoyatlarini oldini olishga xizmat qiladi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TashkentLawSpring2023

300 dan ziyod korrupsiyaviy omillar aniqlandi, 7 trln so‘m asossiz saarflanishining oldi olindi, lekin bu kifoya emas

Shu kunlarda bo‘lib o‘tayotgan "Tashkent Law Spring" xalqaro huquqiy forumda muhokama qilinayotgan masalalar qatorida qonunchilik hujjatlarining tartibga solish ta'sirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertiza qilish mavzusida adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov nutq so‘zladi.

Nutqdan muhim raqamlar:
2022-yilda 144 ta qonunchilik hujjati loyihasining ta'siri baholanib, ulardan 150 dan ortiq talab, majburiyat va cheklov o‘rnatuvchi norma chiqarib tashlandi. Natijada aholi va biznes uchun 7 trln so‘mdan ortiq asossiz xarajatlarning oldi olindi.

Amaldagi qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish yo‘lga qo‘yilib, 2026-yilga qadar 21 mingdan ortiq hujjatni ekspertizadan o‘tkazish belgilandi.

Dastlabki yilda 1800 dan ortiq hujjat ekspertizadan o‘tkazilib, ularning 12 foizida 300 dan ziyod korrupsiyaviy omillar aniqlandi hamda bartaraf etish bo‘yicha tegishli qonunchilik hujjati loyihalari ishlab chiqildi.

“Tartibga soluvchi gilyotina” usuli orqali qonunchilik bazasini ixchamlashtirish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Buning natijasida bugungi kunga qadar 3 mingdan ortiq Prezident va hukumat hujjati bekor qilinib, milliy qonunchiligimiz deyarli 10 foizga qisqartirildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TashkentLawSpring2023

Alisher Karimov, adliya vaziri o‘rinbosari:
— Norma ijodkorligida “aqlli tartibga solish” modeli keng joriy etiladi. Bunda barcha hujjatlarning ta'siri baholanadi. Har yili hujjatning samaradorligini o‘rganish, ijrosini ta'minlash hamda baholash uchun statistik ma'lumotlarni yig‘ish maqsadida monitoring o‘tkaziladi.

@adliyangiliklari
#TashkentLawSpring2023

Forum sessiyalari: Yuridik sohada raqamli texnologiyalarni qo‘llash

👉
Batafsil

@adliyangiliklari