ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.7K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Davlat rahbarining tegishli qaroriga koʻra, 2022-yil 1-avgustdan boshlab sertifikatsiyalash bilan shug‘ullanuvchi organlar tomonidan respublikada ishlab chiqarilayotgan, realizatsiya qilinayotgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish bosqichida yangi vazifa kiritildi.

Ya’ni, sertifikatsiyalash bilan shug‘ullanuvchi organlarga mahsulotlarda qo‘llanilgan nom, qadoqlar va boshqa rekvizitlarda intellektual mulk obyektlariga (tovar belgisi, geografik ko‘rsatkich, tovar kelib chiqqan joy nomi va sanoat namunasiga) bo‘lgan huquqlarni o‘rganish va tekshirish vakolati berildi.

Shu munosabat bilan Adliya vazirligi xodimlari tomonidan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida sertifikatlashtirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga intellektual mulk obyektlarining “Sanoat mulki muhofazasi portali”dan foydalanish tartibi yana bir bor tushuntirildi.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Jamoat birlashmasi tushunchasi nima?

— Ma’naviy yoki boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish uchun o‘z manfaatlarining mushtarakligi asosida qonunda belgilangan tartibda birlashgan fuqarolarning ixtiyoriy birlashmasi jamoat birlashmasi deb e’tirof etiladi.

Jamoat birlashmasi qatnashchilari mazkur birlashmaga mulk qilib bergan mol-mulklariga, shu jumladan a’zolik badallariga bo‘lgan huquqlarini saqlab qolmaydilar. Ular a’zo sifatida qatnashayotgan jamoat birlashmasining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydilar, mazkur birlashma esa o‘z a’zolarining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 14-apreldagi “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi 763-I-son qonuni

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri A.Toshqulov Sankt-Peterburg shahrida “Adliya vazirlarining ochiq uchrashuvi”da ishtirok etdi

Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri A.Toshqulov boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi XI Peterburg xalqaro yuridik forumida ishtirok etmoqda.

Ma’lumot uchun: Peterburg xalqaro yuridik forumi – 2011-yilda taʼsis etilgan boʻlib har yili Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligi tashabbusi asosida oʻtkazib kelinadi.

Forumning maqsadi — xalqaro yuridik hamjamiyatni birlashtirish, umumjahon huquq muammolarini yechish boʻyicha yagona yondashuvni ishlab chiqish hamda yuridik olamning yangi trendlarini shakllantirish.

Forum doirasida 12-may kuni tashkil etilgan “Adliya vazirlarining ochiq uchrashuvi”da adliya vaziri A.Toshqulov nutq bilan ishtirok etdi. Uchrashuvida 20 ga yaqin xorijiy davlatlarning adliya va huquq vazirlari ishtirok etib, ishtirokchi mamlakatlarning adliya hamda sud-huquq sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Shu o‘rinda, uchrashuv chog‘ida adliya vaziri A.Toshqulov joriy yilning 30-aprel kuni bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumi to‘g‘risida to‘xtalib, ushbu muhim siyosiy voqea mamlakatimizda amalga oshirilib kelayotgan islohotlarning mantiqiy davomi ekanligini ta’kidlab, yangi Konstitutsiyada fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashini nazarda tutuvchi huquqiy davlatning barcha belgilari o‘z ifodasini topganini aytib o‘tdi.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari Forumning asosiy tadbiri hisoblanmish “Huquq suvereniteti” mavzusidagi plenar sessiya va boshqa huquqiy mavzularga oid muloqot sessiyalarida faol ishtirok etdi.

Adliya vazirligi delegatsiyasining Forumdagi ishtiroki davom etmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Bojxona ombori faoliyatini litsenziyalash yuzasidan bojxona ombori qanday bo’lishi kerak?

— Bojxona ombori — maxsus jihozlangan va belgilangan joy bo‘lib, binolarning hududini va (yoki) ochiq maydonchalarni o‘z ichiga olgan hamda tovarlarni bojxona nazorati ostida saqlashga mo‘ljallangan. Bojxona ombori ochiq yoki yopiq turda bo‘lishi mumkin.
______________

❓Har qanday shaxslar foydalanishi mumkin bo‘lgan bojxona omboriga litsenziya talab qilinadimi?

— Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 210-son qaroriga asosan talablari mavjud, bu turdagi bojxona ombori — ochiq turdagi bojxona ombori deb nomlanadi.
______________

❓Yopiq turdagi bojxona ombori?

— Litsenziat tovarlarini saqlashga mo‘ljallangan bojxona ombori, qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Yopiq turdagi bojxona omboriga litsenziat tovarlaridan tashqari uning tarkibiy tuzilmalari tovarlari ham joylashtirilishi mumkin.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 210-son qarori.

@adliyangiliklari
Adliya vazirligi va uning tizimida uzoq yillar mas'uliyat va halol mehnat qilib kelgan Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ravshan Sanjarovich Xamidov bevaqt vafot etdi.

Ravshan Sanjarovich shu yil 34 yoshga kirar edi. U Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2010-yil huquqshunoslik fakultetining magistratura bo‘limini tugatgan.

Mehnat faoliyatini 14 yil avval Adliya vazirligi Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi lavozimidan boshlagan.

2010—2011-yillarda Adliya vazirligi Jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar boshqarmasi operatori, 2011—2011-yillarda Birinchi bo‘lim 1-toifali ish yurituvchi kotibi, 2011—2012-yillarda Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish boshqarma katta maslahatchisi, 2012—2014-yillarda Xalqaro-huquqiy boshqarma yetakchi maslahatchisi, 2014—2016-yillarda Xalqaro huquqiy boshqarma bosh maslahatchisi, 2016—2017-yillarda Tadbirkorlik subyektlari va xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi bosh maslahatchisi, 2017—2019-yillarda adliya vazirining yordamchisi, 2019-yilda Ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2020-yildan boshlab Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. 3-darajali adliya maslahatchisi martaba darajasi berilgan, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 25 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan edi.

Uch nafar farzandning otasi, oilaparvar, ochiqko‘ngil, hech kimdan yordamini ayamaydigan, samimiy, hazilkash hamkasbimizni barcha kasbdoshlar birdek hurmat qilardi.

Adliya vazirligi jamoasi hamkasbimiz Ravshan Sanjarovich Xamidovning bevaqt vafoti munosabati bilan barcha yaqinlari va oila a'zolariga chuqur hamdardlik izhor qiladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.Toshqulov bilan Rossiya Federatsiyasi adliya vaziri K.Chuychenko o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Avval xabar berganimizdek, ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri A.Toshqulov boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi XI Peterburg xalqaro yuridik forumida ishtirok etmoqda.

Forum doirasida 13-may kuni adliya vaziri A.Toshqulov bilan Rossiya Federatsiyasi adliya vaziri K.Chuychenko o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

So‘z boshida A.Toshqulov O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi adliya vazirliklari o‘rtasidagi uzoq hamkorlik aloqalari yanada rivojlanishiga umid bildirib, Rossiya tomonini O‘zbekistonda amalga oshirilgan Konstitutsiyaviy islohotlar, Adliya vazirligi tizimidagi novatsiyalar bilan tanishtirdi hamda ikki vazirlik tomonidan amalga oshiriladigan vazifa va funksiyalar o‘xshashligini ta’kidlab, o‘zaro tajriba almashish hamda mavjud idoralararo munosabatlarni yanada chuqurlashtirish va mustahkamlash maqsadida vazirliklar oʻrtasida kelgusi yillarga hamkorlik dasturini imzolashni taklif qildi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligi o‘rtasida hamkorlik aloqalari 2004-yilda imzolangan hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum asosida amalga oshiriladi.

K.Chuychenko, o‘z navbatida, O‘zbekistonda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlarni, shu jumladan Konstitutsiyaviy islohortlarni yuqori baholadi va ikki vazirlikning o‘xshash vazifalari hamda faoliyatidagi yutuqlarni o‘zaro o‘rganish zarurligiga mamnuniyat bilan ishonch bildirdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

📣📣 Onlayn muloqot: oilalardagi muammolar va ularning qonuniy yechimi

15-may Xalqaro oila kuni munosabati bilan onlayn muloqot loyihamizning navbatdagi soni boshlandi.

Muloqot davomida Adliya vazirligi mas'ullari, FHDY va notariuslar tomonidan sizlarni qiziqtirgan masalalarga oid savollarga javob beriladi.

Mavzu bo‘yicha o‘zingizni qiziqtirgan savollarni Adliya vazirligining @adliyaga_savolbot elektron manzili orqali yo‘llashingiz yoki muloqot chog‘ida onlayn efir ketayotgan joyni o‘zida yozib qoldirishingiz mumkin.

📹 Onlayn translyatsiya
👉YouTube
👉Facebook

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TashkentLawSpring2023

Yana bahor. Yana Toshkent. Va yana "Tashkent Law Spring".

Forumning asosiy mavzusi: “Fundamental huquqlar — abadiy qadriyatlar”

Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Turkiya, Shvetsiya, Yaponiya va boshqa davlatlarning qonunchilik va sud-huquq sohasidagi yetakchi ekspertlari ishtirokidagi III Xalqaro yuridik forumi poytaxtimizda bo‘lib o‘tadi.

Dastur doirasida yalpi majlislar, davra suhbatlari, mahorat darslari va onlayn taqdimotlar o‘tkaziladi!

20dan ziyod mamlakat, 600dan ortiq ishtirokchi, 132 ma'ruza, 16 muhokama sessiyasi!

Unda huquqiy soha rivojlantirishning eng dolzarb masalalari bo‘yicha xorijiy ekspertlarning chiqishlarini kuzatishingiz mumkin.

Mutaxassislarning fikrlari, tahlilchilarning xulosalari, ochiq muhokamalar!

“Tashkent Law Spring” III Xalqaro yuridik forumi.

📆 17—18-may kunlari

@adliyangiliklari
Forwarded from Savdo-sanoat palatasi
📣 Hurmatli tadbirkorlar!

Sizni tadbirkorlarning banklardan kredit olishdagi muammolari va korrupsiya xolatini oʻrganish boʻyicha O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan o'tkazilayotgan so'rovnomada ishtirok etishga taklif etamiz.

📲Quyidagi havola orqali soʼrovnomani toʼldirishingiz mumkin:
https://docs.google.com

Qo'shimcha takliflar uchun 📞+998 78 150-60-06 telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Soʼrovda ishtirokingiz uchun minnatdormiz!

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

ADLIYA: TADBIRKORGA YETKAZILGAN 400 MILLIONDAN ORTIQ ZARAR QOPLANADI

Payariq tuman hokimining 2019-yil 18-yanvardagi 46-Q-sonli qarori bilan “Go‘zal” mahallasidagi fuqarolarga tegishli 8 ta uy-joy buzilib, yer maydoni tuman hokimligi zaxirasiga qaytarib olingan. Ushbu yer maydonlarining 0,70 gektari bir nechta tashkilotlar uchun ma'muriy binolar qurish maqsadida ajratib berildi. Qarorda ko‘rsatilmagan bo‘lsada, “Nigor NV” MChJning ushbu hududda joylashgan noturar joy bino va inshootlari ham buzilib, 0,08 gektar yer maydonida bino qurildi.

Oradan 3 yil o‘tib esa masala butkul teskari tus oldi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TashkentLawSpring2023

Снова весна. Снова Ташкент. И снова «Law Spring».

III Международный юридический форум «Tashkent Law Spring»
с участием ведущих специалистов в области юстиции и права из Великобритании, Германии, России, Турции, Швеции, Японии и других государств завтра стартует в столице Узбекистана.

В его программе — пленарные заседания и «круглые столы», мастер-классы и онлайн-презентации!

Более 20 стран, свыше 600 участников, 132 доклада, 16 сессионных обсуждений!

Главная тема форума: «Фундаментальные права как вечные ценности».

📆 17—18 мая, Ташкент
____

🇺🇿 O‘zbek tilida

@adliyangiliklari
#TashkentLawSpring2023

Bugun "Tashkent Law Spring" — "Toshkent huquq bahori" xalqaro forumi boshlanadi.

Forumning asosiy mavzusi: “Fundamental huquqlar — barhayot qadriyatlar”.

III Xalqaro yuridik forumda Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Turkiya, Shvetsiya, Yaponiya va boshqa davlatlarning qonunchilik va sud-huquq sohasidagi yetakchi ekspertlari ishtirok etadi.

Dastur doirasida yalpi majlislar, davra suhbatlari, mahorat darslari va onlayn taqdimotlar o‘tkaziladi.

20dan ziyod mamlakat, 600dan ortiq ishtirokchi, 132 ma'ruza, 16 muhokama sessiyasi!

Unda huquqiy soha rivojlantirishning eng dolzarb masalalari bo‘yicha xorijiy ekspertlarning chiqishlarini kuzatishingiz mumkin.

Forum dasturi bilan tanishish uchun👉 https://tashkentlawspring.uz/site/agenda

Forum spikerlari bilan tanishish uchun👉 https://www.tashkentlawspring.uz/speaker/index#

Forumni www.tashkentlawspring.uz sayti orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.Toshqulov Germaniya Federativ Respublikasining sobiq federal adliya vaziri, Fridrix Ebert Jamg‘armasi a’zosi Gerta Doybler-Gmelin xonim bilan uchrashdi

2023-yil 16-may kuni adliya vaziri Akbar Toshqulov bilan Germaniya Federativ Respublikasining sobiq federal adliya vaziri, Fridrix Ebert Jamg‘armasi a’zosi Gerta Doybler-Gmelin xonim o‘rtasida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Gerta Doybler Gmelin xonim joriy yilning 17-18-may kunlari bo‘lib o‘tgan “Tashkent Law Spring” III Xalqaro yuridik forumida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Uchrashuv chog‘ida, adliya vaziri A.Toshqulov mehmonlarga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, shu jumladan Konstitutsiyaviy islohotlar haqida ma’lumot berib, vazirlik faoliyati yo‘nalishlari bilan atroflicha tanishtirdi.

O‘z navbatida, Gerta Doybler-Gmelin xonim O‘zbekistonda amalga oshirilgan islohotlarni yuqori baholab, Jamg‘armaning bilan Adliya vazirligi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga umidvorligini bildirdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Huquqni rivojlantirish xalqaro tashkiloti Bosh direktori Yan Bigl xonim bilan uchrashdi

2023-yil 16-may kuni adliya vaziri Akbar Toshqulov bilan Huquqni rivojlantirish xalqaro tashkiloti Bosh direktori Yan Bigl xonim o‘rtasida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Yan Bigl xonim joriy yilning 17-18-may kunlari bo‘lib o‘tgan “Tashkent Law Spring” III Xalqaro yuridik forumida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Ma’lumki, Huquqni rivojlantirish xalqaro tashkiloti qonun ustuvorligini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, mamlakatlarda huquqiy islohotlarni amalga oshirishga ko‘maklashish bilan shug‘ullanadi. Tashkilot doimiy ravishda tinchlik, qonun ustuvorligi, ijtimoiy taraqqiyot va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida huquqiy tizimni isloh qilish borasida mamlakatlarga ko‘mak beradi.

So‘z boshida A.Toshqulov mehmonlarni O‘zbekistonda amalga oshirilgan Konstitutsiyaviy islohotlar, shuningdek Adliya vazirligi tizimidagi novatsiyalar bilan tanishtirdi hamda vazirlikning istiqboldagi loyihalari haqida to‘xtalib o‘tib, ularni birgalikda amalga oshirish taklifini bildirdi.

Yan Bigl xonim, o‘z navbatida, O‘zbekistonda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlarni, shu jumladan Konstitutsiyaviy islohotlarni yuqori baholadi va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish zarurligiga mamnuniyat bilan ishonch bildirdi.

@adliyangiliklari