ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.7K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aralashgach

Adliya aralashuvi bilan fermer xo‘jaligi yerlari qaytarildi

Nurobodda fermer xo‘jaligi nomidan soxta ariza yozilib, unga tegishli yer tuman hokimligining zaxira yerlari hisobiga qaytarilgan. Tuman adliya bo‘limiga kelib tushgan navbatdagi murojaat har qanday kishini taajjubga soladi.

Aniqlanishicha, tumanning “Oltinsoy” MFY hududida yashovchi fuqaro M.I.ning fermer xo‘jaligiga ajratilgan yer maydoni olib qo‘yilishiga ana shu soxta ariza asos bo‘lib xizmat qilgan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_teleloyiha

Ayni vaqtda Adliya vazirligi va "O‘zbekiston" telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda tayyorlanib efirga uzatilayotgan "YURIDIK KLINIKA" ko‘rsatuvi jonli efirda chiqmoqda.

Mavzu: Maktab va maktabgacha ta'lim sohasidagi yangiliklar, erishilgan natijalar

Ko‘rsatuvda Maktab va maktabgacha ta'lim vazirligi mas'ul xodimlari Sizlardan kelib tushgan savollarga javob beradi.

Mavzu yuzasidan o‘z savollaringizni @yuridiklinikabot Telegram-boti yoki to‘g‘ridan- to‘g‘ri efir vaqtida 71-233-75-74 telefon raqamiga bog‘lanish orqali yuborishingiz mumkin.

❗️ Jonli efir vaqtida o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga egasiz.

Jonli efirni kuzatish uchun havola 👉https://www.youtube.com/embed/cpRyRP4Wlq4

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Rishton tumani istirohat bog‘ida “Konstitutsiya —kelajagimiz kafolati” shiori ostida huquqiy aksiya o‘tkazildi.

Aksiyada 300 dan ziyod yoshlar faol ishtirok etdi. Davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan aksiyaga tashrif buyurgan fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi. Yoshlar o‘rtasida sovrinli viktorinalar o‘tkazildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

SUVLIQLIKLAR MUROJAATI HUQUQIY TARTIBDA O‘RGANILDI

Navoiy viloyati adliya boshqarmasi, ichki ishlar boshqarmasi va harbiy prokuraturasi hamkorligida Nurota tumanining olis manzillaridan biri bo‘lgan Suvliq qishlog‘ida aholi uchun sayyor qabul o‘tkazildi. Mazkur hudud tuman markazidan 85 kilometr uzoqlikda joylashgan. Unda tizim rahbarlari aholining mavjud dolzarb muammolarni aniqlash maqsadida fuqarolar murojaatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot orqali yechim topdilar.

Sayyor qabul jarayonida uy-joy ta’minoti, ta’lim, tadbirkorlik va chorvachilik yo‘nalishlarida krediti olish, davolanish uchun pul mablag‘i olish, sud-huquq masalasi, uy-ta’miri, ishga joylashish kabi murojaatlari yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.

Kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal qilinib, ayrimlari tegishliligiga ko‘ra yo‘naltirildi. Bundan tashqari, qabul mobaynida mobil ofis orqali aholiga sayyor tartibda60 dan ortiq davlat xizmatlari koʼrsatildi. Subsidiya, taksi faoliyati bilan shugʼullanish, oʼquv markazlari tashkil etish, yakka tartibda tadbirkorlikni yoʼlga qoʼyish shular jumlasidan.

Sayyor xizmat jarayonida 4 ta tadbirkorlik subyekti davlat roʼyxatidan oʼtkazildi fuqarolarga 60 dan ortiq boshqa turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

“Men befarq emasman” shiori ostida o‘tkaziladigan “Targ‘ibot poyezdi” Buxoroga yetib keldi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining 15-2- moddasiga muvofiq va Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2023-yil 7-apreldagi 1-son majlis bayoniga hamda adliya boshqarmasi boshlig‘ining 2023-yil 10-apreldagi 61-um-son buyrug‘iga asosan:

▪️Sho‘rchi tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Yusuf Yodgarovich Bazarovning litsenziyasi (litsenziya: SU №0014, 22.04.2020-yil) va notarius maqomi 2023-yil 17-aprel kunidan 6 oy muddatga;
▪️Qumqo‘rg‘on tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Nargiza Xasanovna Abdullayevaning litsenziyasi (litsenziya: SU №0009, 21.04.2020-yil) va notarius maqomi 2023-yil 17-aprel kunidan 2 oy muddatga;
▪️ Denov tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Bekzod Chariyevich Ismailovning litsenziyasi (litsenziya: SU №0008, 21.04.2020-yil) va notarius maqomi 2023-yil 17-aprel kunidan 1 oy muddatga;
▪️Sherobod tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Lazizjon Rustamovich Rustamovning litsenziyasi (litsenziya: SU №0036, 15.05.2020-yil) va notarius maqomi 2023-yil 17-aprel kunidan 1 oy muddatga;
▪️Termiz shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Hamro Xudaymurotovich Boboqulovning litsenziyasi (litsenziya: SU №0026, 22.04.2020-yil) va notarius maqomi 2023-yil 17-aprel kunidan 15 kun muddatga;
▪️Uzun tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Jasur Alisherovich Shomurodovning litsenziyasi (litsenziya: SU №0007, 21.04.2020-yil) va notarius maqomi 2023-yil 17-aprel kunidan 15 kun muddatga to‘xtatildi.

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

✅ Ўзбекистонда амалга оширилаётган маъмурий ислоҳотлар натижасида вазирлик ва идоралар сони оптималлаштирилди, айрим ташкилотлар бир-бирига қўшилди ёки қисқарди. Шунинг учун, биз давлат органлари ва ташкилотларининг Телеграмдаги каналлари рўйхатини янгиладик.

🔵 Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

📌 Давлат органларининг расмий каналларининг янгиланган рўйхати билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_Konstitutsiya

Fuqarolar davlat ta'lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma'lumot olishga haqli.

@adliyangiliklari
#Bir_murojaat_izidan

Adliya: Narpayda gʻayriqonuniy ishdan boʻshatilgan xodim ishga tiklandi

Narpay tumani “Alisher Navoiy” mahallasida yashovchi fuqaro R.Haydarova tuman mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tomonidan noqonuniy ishdan boʻshatildi. Afsuski uning dodini hech kim eshitmadi, eshitgisi kelmadi. Chunki fuqaroga nisabatan qoʻllanilgan harakat gʻayriqonuniy edida.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ–3666-son "O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida" qaroriga muvofiq Adliya vazirligi yuridik texnikumlari tashkil etilgan.

✅ 5 yil davomida yuridik texnikumlar faoliyatida erishilgan natijalarga nazar tashlasak.

✅ O‘tgan davr mobaynida yuridik texmnikumlar faoliyatini tartibga solish va o‘quv jarayonlarini sifatli va samarali tashkil etishda 10 dan ortiq qonunchilik hujjatlari qabul qilinib, amaliyotga tatbiq etildi;

✅ Yuridik texnikumlarga mamalakatimizdagi umumiy o‘rta ta'lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari va kollejlarni tamomlagan o‘quvchilar hujjat topshirishlari mumkin.

✅ Yuridik texnikumda 3 ta: “Davlat huquqiy faoliyat”, “Sud huquqiy faoliyat” va “Yuridik xizmat” soha mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv jarayonlari olib boriladi;

Batafsil...

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• Telegram | • Instagram | • Facebook
#Adliya_xabari

Tuman (shahar) adliya bo‘limlari tashkil etilganiga 5 yil to‘ldi!

Sana munosabati bilan adliya vaziri tabrik yo‘lladi:

"Bugun adliya tizimida tarixiy sana — tuman (shahar) adliya bo‘limlari tashkil etilganligiga 5 yil to‘ldi.

Bo‘limlar tashkil etilishi bizga fuqarolar huquqini himoya qilish, davlat boshqaruv faoliyatini huquqiy ta'minlash, jamiyatda huquq ustuvorligini targ‘ib qilish uchun xalqimizga yanada yaqinroq bo‘lib ishlash imkonini berdi. Albatta hali qilishimiz kerak bo‘lgan ishlar ko‘lami keng.

Bugungi sana murosabati bilan barcha hamkasblarni tabriklayman!

Vatanimiz va xalqimiz oldidagi vazifamizni to‘la bajarishda omad yor bo‘lsin. Bu yo‘lda bizga ishonch bildirib, qo‘llab-quvvatlayotgan va hamkorlik qilayotgan barchaga yurtdoshlarimizga minnatdorchilik bildiramiz"
.

@adliyangiliklari
#Yangi_Konstitutsiya

Davlat o‘qituvchilarning sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.

@adliyangiliklari
Shilqimlik, abortga majburlash, oilaviy zo‘ravonlikka qarshi qonun: yangi qonun bilan nimalar o‘zgarmoqda? 10 ta asosiy o‘zgarish

Oilaviy zo‘ravonlik og‘irlashtiruvchi holatlarda sodir etilsa (masalan, homiladorga, o‘ta shafqatsizlik bilan, ikki yoki undan ortiq shaxsga va hk. shikast yetkazish), jiddiy oqibatlarni keltirib chiqarsa (masalan, ko‘rish, so‘zlash qobiliyatini yo‘qotish, o‘lim), 3 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishga sabab bo‘ladi.

Ilgari mazkur harakatlar uchun umumiy moddalarga (badanga shikast yetkazish) asosan javobgarlikka tortilgan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Savol: ®️Tovar belgisi qanday ro‘yxatga olinadi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasida tovar belgisini ro‘yxatga olish yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan Intellektual mulk departamentiga talabnoma topshirish orqali amalga oshiriladi.

Talabnomada quyidagilar bo‘lishi kerak:

❇️tovar belgisi sifatida belgini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza;
❇️talabnomada ko‘rsatilgan belgining tasviri;
❇️belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tovarlar va xizmatlarning xalqaro tasnifiga muvofiq guruhlangan, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan tovarlarning ro‘yxati.

Shuningdek, talabnomaga quyidagilar ilova qilinadi:

❇️talabnoma berganlik uchun patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
❇️talabnoma patent vakili orqali berilgan taqdirda talabnoma beruvchining ishonchnomasi.

@adliyangiliklari