#Adliya_xabari
Firuz Allaev: “Yana bir ishga qo‘l urdik. Mualliflik huquqi bo‘yicha savollar ko‘payavergani uchun "Asaxiy Books" ning bir qator kitoblariga mualliflar bilan shartnomalarni Intellektual mulk departamentiga taqdim etdik. Departamentdan tegishli tarzda tekshiruvdan o‘tib, kitoblarga mualliflik huquqi olinganligini tasdiqlovchi guvohnomalarni oldik.
Adliya vazirligining Intellektual mulk departamenti xodimlariga professionalizm uchun butun jamoa nomidan minnatdorchilik bildiraman”.
@adliyangiliklari

⚡️“Xodimlarning mehnat huquqlarini ta'minlash masalalari” mavzusida audio-podkast boshlandi!
🎙Suhbat spikerlari:
➖ Shavkat Xamrakulov - O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mas'ul xodimi;
➖Muhammadamin Karimjonov - Toshkent davlat yuridik universiteti katta o'qituvchisi.
Ulanish 👉 @huquqiy_gap
📥Savollaringizni @huquqiy_gap kanali izohlarda qoldiring.
@adliyangiliklari
🎙Suhbat spikerlari:
➖ Shavkat Xamrakulov - O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mas'ul xodimi;
➖Muhammadamin Karimjonov - Toshkent davlat yuridik universiteti katta o'qituvchisi.
Ulanish 👉 @huquqiy_gap
📥Savollaringizni @huquqiy_gap kanali izohlarda qoldiring.
@adliyangiliklari
#Adliya_xabari
Adliya vazirligi mas'ullari Birlashgan Arab Amirliklarining IFFCO Group kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi
Adliya vaziri o'rinbosari T.Abdusattarov IFFCO group kompaniyasining bosh ijrochi direktori S.Kelemji boshchiligidagi uchrashuvda kompaniyaga tegishli tovar belgilarining O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tkazish va himoya qilish, kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashishga oid masalalar xususida suhbatlashdilar.
Suhbat davomida so‘nggi yillarda O‘zbekistonda intellektual mulk sohasida sezilarli o‘zgarishlar yuz berayotgani e'tirof etildi.
Xususan, intellektual mulk huquqlarining himoyasi yo‘lida qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgarishlar yirik kompaniyalar tomonidan qiziqishlarning ortib borishi, mashhur brendlarning mamalakatga kirib kelishi uchun zamin yaratishi ta'kidlandi.
Uchrashuv so'ngida tomonlar kompaniyaga tegishli tovar belgilarining himoyasini ta'minlash bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Audio
#Bilasizmi
❗️Ayrim hollarda kadastr pasporti bepul rasmiylashtiriladi
🔘 Quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:
➖ ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;
➖ ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;
➖ kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda).
⏳ Ushbu hollarda kadastr pasporti 3 ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

Adliya vazirligi tomonidan jurnalist va blogerlar uchun maxsus trening tashkil etildi
👉Batafsil

Bulung‘ur tumanida xususiy notariusning litsenziyasi to‘xtatildi
Bulung‘ur tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius A. Salimovga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ayblov e’lon qilinganligi bois, “Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 15-2-moddasiga asosan Samarqand viloyat adliya boshqarma boshlig‘ining 2023-yil 29-martdagi tegishli buyrug‘i bilan notarius A. Salimov (litsenziya SA N 0057, 24.04.2020-yil)ga berilgan litsenziyaning amal qilish muddati vaqtincha to‘xtatildi.

#TashkentLawSpring2023
"Toshkent huquq bahori" (“Tashkent Law Spring”) an'anaviy forumida ishtirok etmoqchi bo'lganlar diqqatiga!
Uchinchi marta o'tkazilayotgan xalqaro yuridik forumi ishtirokchilarini ro‘yxatga olish davom etmoqda.
❗️Forum davlat byudjetidan bir so'm ham olinmagan holda, faqat o‘zini-o‘zi qoplash hisobiga o‘tkaziladi.
Barcha tashkiliy xarajatlar Forumning rasmiy hamkorlari, shuningdek, roʻyxatdan oʻtish toʻlovlari hisobidan qoplanadi.
Har bir xorijiy ishtirokchi uchun ro‘yxatdan o‘tish yig‘imi miqdori 500 AQSh dollari, har bir milliy ishtirokchi uchun — 2 500 000 so‘mni tashkil etadi.
Forum doirasida ishtirokchilar turli mamlakatlardagi hamkasblari bilan muloqot qilish uchun qulay maydonga ega bo‘ladilar. Shuningdek, huquq olaminig xalqaro miqyosda etirof etilgan etuk ekspertlari ma'ruzalarini tinglash hamda ular bilan onlayn va oflayn muloqot qilish imkoniyati ham mavjud bo'ladi.
O‘tgan yillar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, forum geografiyasi 40 dan ortiq davlatni birlashtiradi.
Ishtirokchilarning to‘lovlari hisobidan quyidagi xarajatlar qoplanadi:
🔹ishtirokchining xohishiga ko‘ra yalpi majlis, muhokama sessiyalari va mahorat darslarida qatnashish;
🔹Forumning ikki kuni davomida kofe-breyklar, tushlik, kechki ovqatlar, shu jumladan yakuniy gala-kechki ovqat.
Forumda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak:
https://reg.tashkentlawspring.uz/

Forwarded from TDYU • ТГЮУ • TSUL
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan
Nogironligi bo‘lgan o‘qituvchidan undirilgan ortiqcha pullar qaytariladi
Toyloq tuman adliya bo‘limi tuman xalq ta'limi bo‘limiga nisbatan sudga da'vo arizasi bilan murojaat qildi. Xo‘sh, bunga sabab nima?
Aniqlanishicha, Fayziobod mahallasida yashovchi fuqaro A.Q. tumandagi 42-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabda 2015 yildan buyon ishlab keladi. Tegishli tibbiy ma'lumotga ko‘ra, unga nogironlik belgilangan.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣📣Diqqat!
Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari, kadrlar xizmati xodimlari, davlat fuqarolik xizmatchilari diqqatiga!
Ma'muriy islohotlar davrida sizga yuridik xizmat ko‘rsatish va qonuniy haq-huquqlaringizni ta'minlash maqsadida qulaylik yaratildi.
"Yangi O‘zbekiston ma'muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni bilan amalga oshirilayotgan islohotlarga oid har qanday murojaatlaringizga tezkor javob berish maqsadida 1136 Call markazi hamda @murojaat_argos_bot telegram boti faoliyatini davom ettiradi.
❗️Murojaatlar haftaning dushanba kunidan juma kunigacha (bayram kunlaridan tashqari) soat 09:00 dan 13:00 gacha va 14:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi.
▫️Unutmang, har bir murojaat bizning nazoratimizda!