ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.7K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliyadan_javob

❓Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma qanday hollarda qayta rasmiylashtiriladi?

— Ruxsatnoma quyidagi hollarda qayta rasmiylashtiriladi:
▪️suv olish obyekti boshqa yer osti suvlaridan foydalanuvchiga yoki iste’mol qiluvchiga berilganda;
▪️yuridik shaxsning nomi o‘zgarganda yoki qayta tashkil qilinganda, joylashgan manzili (pochta manzili) o‘zgarganda;
▪️suv olish obyektlarining soni yoki holati, shuningdek, suv olish hajmlari va maqsadlari o‘zgarganda;
suv olish obyekti joylashgan manzilning nomi o‘zgarganda.

Yuqorida keltirilgan hollarda yer osti suvlaridan foydalanuvchi yoki ularni iste’mol qiluvchi yetti ish kuni mobaynida ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, “Litsenziya” axborot tizimi yoki YIDXPga ariza topshirishi shart.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 9-son qarori bilan tasdiqlangan “Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning” ma’muriy reglamenti.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
0️⃣0️⃣0️⃣ • Hududlarda “Men befarq emasman” shiori ostidagi “Targʻibot poyezdi” loyihasiga start berildi

Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan “Targʻibot poyezdi” loyihasi oʻtkazilmoqda.

0️⃣0️⃣0️⃣ • В регионах стартовал проект «Поезд пропаганды» под девизом «Мен бефарк эмасман»

Ташкентским государственным юридическим университетом проводится проект «Поезд пропаганды».

0️⃣0️⃣0️⃣ • The “Propaganda Train” project launched in the regions under the motto “Men befarq emasman”

Tashkent State University of Law is implementing the project "Propaganda Train".

👍👍 @tsulofficial
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

XABAR

Sobiq xodim X.R. hamkasblari sha'ni va qadr-qimmatini kamsituvchi ma'lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib kelganligi holati aniqlanib materiallar tegishli huquqni muhofaza qilish idoralariga yuborilgan va hozirda unga nisbatan tergov harakatlari olib borilayotganligi ma'lum qilinadi.

Adliya vazirligi
Axborot xizmati

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi hamda Yuqori Chirchiq tuman hokimiligi hamkorligida "Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki, barchamizniki!" shiori ostida Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda tumanning 400 nafardan ortiq yoshlari ishtirok etdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Navoiyda huquqiy aksiya o'tkazildi

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan o'tkazilgan "Konstitutsiya — kelajagimiz kafolati" huquqiy aksiyasi chinakam xalq sayliga aylandi.

Tadbirga tashrif buyurganlar yo‘l harakati qoidalari, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda ishlatiladigan vositalar, fuqarolarning osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlashda qo‘l keladigan uskunalar, harbiy avtotransportlar, robototexnika namunalari va milliy hunarmandchilik turlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Badiiy jamoalarning chiqishlari tadbirga bayramona ruh bag'sh etgan bo'lsa, sayyor qabullarda fuqarolarning huquqiy masalalariga echim izlandi. Istovchilarga mobil davlat xizmatlari ko'rsatildi.

Shundan so'ng yoshlar "Huquqiy viktorina"da o'z bilmlarini sinovdan o'tkazishdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

⚡️Adliya vazirligi yuridik texnikumlari o‘quvchilari o‘rtasida “Eng iqtidorli o‘quvchi” tanlovi, shuningdek yuridik texnikumlar va Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M. Vosiqova nomli akademik litsey o‘qituvchilari o‘rtasida “Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi” nominatsiyasi bo‘yicha tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Xolislik va shaffoflik, adolat tamoyillariga tayangan holda olib borilgan tanlovning hakamlar hayati tomonidan berilgan yakuniy xulosalariga ko'ra g‘oliblar aniqlandi.

Unga ko‘ra “Eng iqtidorli o‘quvchi” tanlovi bo‘yicha:
🔹Toshkent shahar yuridik texnikumi o‘quvchisi Matkarimova Mohira Shodlik qizi 1-darajali diplom hamda Adliya vazirligining 3 000 000 so‘m pul mukofoti bilan;
🔹 Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi Panjiyeva Dildora Sobirovna 2-darajali diplom hamda Adliya vazirligining 2 400 000 so‘m pul mukofoti bilan;
🔹Xorazm viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi Ozodova Iroda Xamza qizi 3-darajali diplom hamda Adliya vazirligining 1 500 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Shuningdek,
▪️“Eng ilg‘or o‘quvchi” nominatsiyasi bo‘yicha – Andijon viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi Farohiddinova Oydinoy Fahriddin qizi;
▪️ “Eng zukko o‘quvchi” nominatsiyasi bo‘yicha – Jizzax viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi Ergasheva Dilnoza O‘tkirbek qizi;
▪️ “Eng tashabbuskor o‘quvchi” nominatsiyasi bo‘yicha – Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi Nusratillayev Barkamol Iftixor o‘g‘li munosib rag‘batlantirildi.

“Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi” nominatsiyasi bo‘yicha:
🔹 Namangan viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchisi Usmonova Feruza Kosimjon qizi 1-darajali diplom hamda Adliya vazirligining 10 000 000 so‘m pul mukofoti bilan;
🔹Xorazm viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchisi Jumaniyazova Iroda Kurbanbayevna 2-darajali diplom hamda Adliya vazirligining 7 500 000 so‘m pul mukofoti bilan;
🔹Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchisi Yo‘ldoshev Sherzod Ravshan o‘g‘li 3-darajali diplom hamda Adliya vazirligining 5 000 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Rishton tumanida Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan "Konstitutsiya — kelajagimiz kafolati" shiori ostida huquqiy aksiya bo‘lib o‘tdi

@adliyangiliklari
0️⃣0️⃣0️⃣ • “Targʻibot poyezdi” yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qilmoqda

👉 Batafsil va FOTOlar...

0️⃣0️⃣0️⃣ • «Поезд пропаганды» служит повышению правовой грамотности молодежи

👉 Подробнее и ФОТОграфии...

👍👍 @tsulofficial
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Bulung‘ur tuman 1-son kasb-hunar maktabida tashkil etilgan "Konstitutsiya – kelajagimiz kafolati" shiori ostidagi huquqiy aksiya chinakam bayramga aylandi deyish mumkin.

Tadbir Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Yoshlar ishlari agentligining Samarqand viloyat boshqarmasi va Bulung‘ur tuman hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tuman adliya bo‘limi, xususan, FHDY xodimlari, notarius, advokatlar, "Madad" nodavlat-notijorat tashkiloti tomonidan aholiga bepul huquqiy maslahatlar berilib, tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan davlat xizmatlari sayyor tarzda ko‘rsatildi.

Huquqiy aksiya davomida 130 nafardan ortiq fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatildi. Tuman aholisi va yoshlar mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollar va taklif-mulohazalar yuzasidan mutaxassislar bilan ochiq muloqotda bo‘lishdi.

Mazkur aksiyada yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi loyihasi yuzasidan «Konstitutsiya bilimdoni» viktorinasi, «Zakovat» intellektual o‘yini, shaxmat-shashka musobaqalari, insholar tanlovi va boshqa huquqiy tanlovlar tashkil etildi.

Tadbirga tashrif buyuruvchilar Konstitutsiya loyihasida aks etgan fuqarolarning shaxsiy, mulkiy, turar joy daxlsizligi, ta'lim olish, mehnat qilish va boshqa huquqlari, shuningdek sud-huquq, davlat hokimiyatining tashkil etilishi bilan bog‘liq yangiliklar bilan ko‘rgazmali tarzda tanishish imkoniyatiga imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Mazkur yo‘nalishdagi tadbirlar davom etmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Firuz Allaev: “Yana bir ishga qo‘l urdik. Mualliflik huquqi bo‘yicha savollar ko‘payavergani uchun "Asaxiy Books" ning bir qator kitoblariga mualliflar bilan shartnomalarni Intellektual mulk departamentiga taqdim etdik. Departamentdan tegishli tarzda tekshiruvdan o‘tib, kitoblarga mualliflik huquqi olinganligini tasdiqlovchi guvohnomalarni oldik.

Adliya vazirligining Intellektual mulk departamenti xodimlariga professionalizm uchun butun jamoa nomidan minnatdorchilik bildiraman”.

@adliyangiliklari
⚡️“Xodimlarning mehnat huquqlarini ta'minlash masalalari” mavzusida audio-podkast boshlandi!

🎙Suhbat spikerlari:

➖ Shavkat Xamrakulov - O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mas'ul xodimi;

➖Muhammadamin Karimjonov - Toshkent davlat yuridik universiteti katta o'qituvchisi.

Ulanish 👉 @huquqiy_gap

📥Savollaringizni @huquqiy_gap kanali izohlarda qoldiring.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi mas'ullari Birlashgan Arab Amirliklarining IFFCO Group kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi

Adliya vaziri o'rinbosari T.Abdusattarov IFFCO group kompaniyasining bosh ijrochi direktori S.Kelemji boshchiligidagi uchrashuvda kompaniyaga tegishli tovar belgilarining O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tkazish va himoya qilish, kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashishga oid masalalar xususida suhbatlashdilar.

Suhbat davomida so‘nggi yillarda O‘zbekistonda intellektual mulk sohasida sezilarli o‘zgarishlar yuz berayotgani e'tirof etildi.

Xususan, intellektual mulk huquqlarining himoyasi yo‘lida qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgarishlar yirik kompaniyalar tomonidan qiziqishlarning ortib borishi, mashhur brendlarning mamalakatga kirib kelishi uchun zamin yaratishi ta'kidlandi.

Uchrashuv so'ngida tomonlar kompaniyaga tegishli tovar belgilarining himoyasini ta'minlash bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

@adliyangiliklari
Audio
#Bilasizmi

❗️Ayrim hollarda kadastr pasporti bepul rasmiylashtiriladi

🔘 Quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

➖ ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

➖ ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

➖ kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda).

⏳ Ushbu hollarda kadastr pasporti 3 ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

@adliyangiliklari