ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.7K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliyadan_javob

❓ Zarurat tufayli korxonamni yopmoqchi edim. Buning uchun davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurmasdan onlayn tarzda amalga oshirishim mumkinmi?

— Albatta, Siz korxona taʼsischisining yoki taʼsischilarini umumiy yigʻilish korxonani ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingandan so‘ng, bir ish kuni ichida new.birdarcha.uz portali orqali yuridik shaxsning shaxsiy kabinetiga kirgan holda amalga oshirishingiz mumkin.

Muhim: Ariza berish jarayonida tayinlangan tugatuvchi roziligi talab qilinadi.

Bunda, arizada tugatuvchi ma’lumotlari kiritilgandan so‘ng, tugatuvchining shaxsiy kabinetiga undan rozilik olish uchun xabarnoma yuboriladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

INVESTITSIYA FAOLIYATINING XALQARO HUQUQIY KAFOLATLARI

Bugun Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va viloyat yuridik texnikumi tomonidan “Investitsiya faoliyatining xalqaro huquqiy kafolatlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o'tkazildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Yangi_Konstitutsiya

Inson huquq va erkinliklari har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘ladi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vaziri tushuntirish berdi

"28-martdagi matbuot anjumanida Daryo.uz nashri jurnalistining jinoiy jazolarni qo‘llashda qonunchilik va sud amaliyoti buyicha savoliga bergan javobim ayrim internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin qilinibdi. Aslida jurnalist savolida aniq shaxslarga nisbatan qo‘llanilgan jazoni misol keltirgan bo‘lsada, bu masalaga men emas sud baho berishini aytib, mendan qonunchilikda juda ko‘p miqdorda rastrata va talon-taroj hamda boshqa mansabdorlik jinoyatlariga nisbatan 500 ming so‘m pora olish jinoyatiga og‘irroq jazo belgilanganligiga munosabat so‘ragan. Men javobimda aniq sud hukmiga emas, balki jinoyat qonunchiligidagi jazoni belgilashga asos bo‘lgan mezonlarga to‘xtalganman".

Ayrim internet nashrlari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari jurnalist savolidan qonunchilikdagi belgilangan jazoga munosabat bildirish qismini tushirib qoldirib, “Vazir nega 500 ming so‘m pora olgan shifokor 5 yilga, davlat pulini talon-taroj qilgan hokim esa 1 yilga qamalganiga izoh berdi” degan mavzu bilan kontekstdan yulingan ma'lumot tarqatmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

Farzandimni davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga navbatga qo‘yganman. Navbatini onlayn tekshirib turishim mumkinmi?

— Albatta, buning uchun siz searcha.mpe.uz yoki my.gov.uz portallari foydalangan holda navbatni tekshirishingiz mumkin.

Bunda sizdan quyidagi ma’lumotlar talab qilinadi:
▪️Navbatga qo‘yilganlik ariza raqami yoki;
▪️Bolaning tug‘ilganlik guvohnoma raqamlari.

Bunda, arizada ko‘rsatilgan navbat yoki qonun buzilishi holatlari kuzatilsa Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining (71) 202-09-09 yoki Adliya vazirligining “1148” ishonch telefonlariga murojaat qilishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
#Yangi_Konstitutsiya

Davlat xorijda yashayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni saqlab qolish hamda rivojlantirish to‘g‘risida xalqaro huquq normalariga muvofiq g‘amho‘rlik qiladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Toshkent viloyatining tuman va shaharlarida 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendum munosabati bilan Adliya vazirligi tashabbusi bilan “Adliya sayli” shiori ostida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
​#Adliyadan_javob

Yuridik shaxslarning nomlari va ramzlarida davlatning rasmiy nomidan foydalanish tartibi qanday?

— Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 11-oktabrdagi 286-son qaroriga asosan “O‘zbekiston Respublikasi” va “O‘zbekiston” rasmiy nomlaridan, shuningdek ulardan hosila so‘zlardan quyidagilar o‘z nomlari va ramzlarida foydalanish huquqiga ega:
▪️O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq tashkil etiladigan yoki faoliyatini tashkil etish amalga oshiriladigan yuridik shaxslar, agar ularning nomlari tegishli hujjatlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan bo‘lsa;
▪️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra tashkil etiladigan davlat unitar korxonalari hamda davlat organlari va respublika ahamiyatiga molik tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan davlat muassasalari;
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari;
▪️yuridik shaxslar respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan birlashmalari;
▪️respublika nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek nomlarida bosh tashkilotning to‘liq nomi ko‘rsatiladigan ularning alohida bo‘linmalari;
▪️davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etilgan murojaatlari asosida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar.

Yuridik shaxslarning nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila so‘zlarni qo‘shish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning (ro‘yxat raqami 2633, sanasi 10.12.2014) 17-bandiga asosan tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar firma nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila so‘zlarni qo‘shish yuzasidan davlat boshqaruvi organlari sifatida faqat vazirliklar, davlat qo‘mitalari, agentliklar, qo‘mitalar, markazlar, inspeksiyalar, shuningdek ular huzurida va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etiladigan davlat boshqaruvi tuzilmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari sifatida esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari murojaat qilishlari mumkin.

@adliyangiliklari
#Adliya_munosabati

Rasmiy munosabat

Adliya vazirligi tizimida ishlayotgan xodimlarning, xususan, rahbarlarning davlat xizmatchisi obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan har qanday xatti-harakat sodir etishdan tiyilishi, ularni jamiyat o‘rnatilgan axloq normalariga rioya qilishi yuzasidan muntazam choralar ko‘rib boradi. Shu bilan birga, ko‘p ming sonli xodimlarning har birini ishdan tashqari vaqtda odob-ahloq qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish imkoniyati cheklangan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarda qayd etilgan vazirlik hududiy boshqarmasi rahbarining na qonunlarga, na axloq va qadriyatlarga mos kelmaydigan harakatlari bizni chuqur larzaga soldi. Ushbu jinoiy harakat haqidagi bizga ma'lum bo‘lgan vaqtidayoq u lavozimidan ozod etilgan. Unga nisbatan tegishli sud hukmi chiqarilib, jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Qonunchilikka ko‘ra, sudlar o‘z faoliyatini davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda olib boradi, o‘z hukm-qarorlarini mustaqil ravishda chiqaradi. Shu sababli Adliya vazirligi sobiq xodimga nisbatan sud hukmini sharhlash vakolatiga ega emas.

Takidlash joizki, yaqinda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan ayollar hamda voyaga yetmaganlarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan o‘zgartirishlar to‘plami, keng jamoatchilik vakillari bilan bamaslahat, maromiga yetkazilgan holda qabul qilindi.

Ushbu o‘zgartirishlarga asosan, jinsiy jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan javobgarlik yanada kuchaytirilmoqda, mazkur shaxslar uchun jazo tayinlashni yengillashtiruvchi holatlar, shu jumladan, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishni qo‘llash taqiqlanmoqda.

Mazkur qonun hozirda Senatda ko‘rib chiqish uchun tayyorlanmoqda.

Adliya vazirligi jamiyatda xotin-qizlar, xususan, voyaga yetmagan va imkoniyati cheklanganlarni huquqiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan barcha faollar bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ma'lum qiladi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash uchun ruxsatnoma olgan ariza beruvchi ruxsat berishning qanday talab va shartlariga rioya qilishi shart?

— Ruxsatnoma olgan ariza beruvchi ruxsat berishning quyidagi talab va shartlariga rioya qilishi shart:
▪️gidrogeologik xulosa asosida tayyorlangan yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash texnologiyasi va loyiha parametrlariga amal qilish;
▪️yer osti suvlariga quduq burg‘ilashda mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qonunchilik talablariga rioya qilish;
▪️ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish talablarini bajarish;
▪️quduqda suv chiqarish tugallangandan so‘ng yer osti suvlarining talab etiladigan sifat va tarkibga muvofiqligini aniqlash uchun laboratoriya tahlilini o‘tkazish;
▪️quduqni sanitariya-muhofaza zonasini o‘rnatish uchun jihozlash;
▪️burg‘ilash ishlari yakunlangandan so‘ng Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali burg‘i qudug‘ini hisobga qo‘yish uchun texnik pasportni taqdim etish.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 9-son qarori bilan tasdiqlangan “Yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning” ma’muriy reglamenti.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_javob

Davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida xatolik sababli davlat boji sifatida ikki marotaba to‘lovni amalga oshirganman. Ushbu ortiqcha to‘langan to‘lovlarni qaytarishim mumkinmi?

— Albatta, buning uchun davlat xizmatlariga murojaat qilgan holda to‘langan to‘lovlarni qaytarib berish uchun so‘rovnoma yuborish xizmatidan foydalanishingiz lozim bo‘ladi.
Quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
▪️Shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
▪️Ariza raqami;
▪️Bank karta ma’lumotlari.

Bunda, ariza rasmiylashtirilganidan so‘ng, 3 ish kuni mobaynida hududiy adliya boshqarmalari tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Asos: Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 30 martdagi 2771-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan "Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma".

@adliyangiliklari