ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.7K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Shu kunlarda adliya vaziri o‘rinbosari A. Muxammadiyev viloyatlarda bo‘lib, aholi va tadbirkorlar uchun sayyor qabullar o‘tkazayotgani ham fikrimizning isboti bo‘la oladi. Jumladan,vazir o‘rinbosari Samarqand viloyatiga tashrifini Samarqand tumanidagi tadbirkorlarning muammolarini o‘rganish bilan boshladi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi yuridik texnikumlari o'quvchilari o'rtasida bo‘lib o‘tgan "Huquqiy fanlar olimpiadasi" ning respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi.

Xabaringiz bor, yuridik texnikum o‘quvchilari o‘rtasida ikki kun davom etgan "Huquqiy fanlar olimpiadasi o‘z yakuniga yetdi. Jarayonlar 3 shart asosida bo‘lib o‘tdi hamda adolatli va shaffof tarzda baholab borgan hakamlar hay'atining yakuniy xulosasiga ko‘ra g‘oliblar aniqlandi.

Davlat va huquq nazariyasi fani bo‘yicha:

🥇Toshkent viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi Dalabayeva Ruxshona Zokir qizi 1-darajali diplom hamda Adliya vazirligining 3 000 000 so‘m pul mukofoti bilan;

🥈Navoiy viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi Amanova Nurjahon Farxod qizi 2-darajali diplom hamda Adliya vazirligining 2 400 000 so‘m pul mukofoti bilan;

🥉Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi o'quvchisi Zamanov Nodirbek Sobirjon o‘g‘li 3-darajali diplom hamda Adliya vazirligining 1 800 000 so‘m pul mukofoti bilan;

Jinoyat huquqi fani bo‘yicha:

🥇Toshkent viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi Qodirova Go'zal Qodir qizi 1-darajali diplom hamda Adliya vazirligining 3 000 000 so‘m pul mukofoti bilan;

🥈Jizzax viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi Farxatova Dilzoda Farxot qizi 2-darajali diplom hamda Adliya vazirligining 2 400 000 so‘m pul mukofoti bilan;

🥉Namangan viloyati yuridik texnikumi Xabibullayev Omonillo Xayrullo o'g'li 3-darajali diplom hamda Adliya vazirligining 1 800 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Shu bilan birga, olimpiada g'oliblarini tayyorlagan fan o'qituvchilari ham e'tirof etilib, pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kontrafaktsiz_oy

Bojxona qo‘mitasi va Adliya vazirligi tashabbusi bilan "Kontrafaktsiz oy" oyligi yuzasidan akademik litseyda uchrashuv tashkil etildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrik

Hurmatli opa-singillar, adliya ayollari!

Sizlarni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan samimiy qutlaymiz.

Adolat yo‘lida biz bilan yelkama-elka xizmat qilayotganingiz, ham oilaga, ham farzandlarga, ham ro‘zg‘orga, ham ishga ulgurib, barchasini teng uddalayotganingiz tahsinga loyiq.

Oilangizdan tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, baxt-quvonch arimasin!

Qadringiz va qaddingiz hamisha baland bo‘lsin! Sizlar bizning faxrimizsiz!

Hurmat bilan
Adliya vazirligi jamoasi

@adliyangiliklari
#Adliya_tabrigi

Aziz ayollar!

Sizlarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etamiz.

Sizlarga sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik tilaymiz. Doimo e'tibor va e'tirofda, aziz va mukarram bo‘lib yuring! Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan
Adliya vazirligi jamoasi

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

O'zbekiston Respublikasi adliya vaziri o'rinbosari Aktam Muxammadiyevning Jomboy va Toyloq tumanlaridagi sayyor qabullari tafsilotlari

@adliyangiliklari
Forwarded from Huquqiy Gap
⚡️“Vasiyatnoma va meros bilan bog'liq huquqiy masalalar” mavzusida audio-podkast tashkil etiladi!

🎙Suhbat spikerlari:

🙍‍♂️O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi xodimlari va notariuslar.

⏰Ovozli chat 10-mart kuni soat 17:00da @huquqiy_gap kanalida boshlanadi.

📥Savollaringizni izohlarda qoldiring.

Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiy_gap
#Adliyadan_javob

❓ERI kalitlarining sertifikatlarini berish uchun qancha miqdorda yig‘im undiriladi?

— ERI kalitlarining sertifikatlarini berish uchun yuridik shaxslardan va yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik subyektlaridan bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi, jismoniy shaxslardan esa 7 foizi miqdorida yig‘im undiriladi, qonun hujjatlarida ERI kalitlarining sertifikatlarini bepul olish nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Jismoniy shaxslarga ERI kalitlarining sertifikatlarini berishda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga mazkur bandning birinchi xatboshida belgilangan yig‘imning 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlari markazlari yoki onlayn tarzda (masofadan turib) rasmiy axborot resurslari orqali elektron raqamli imzo kalitini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash haqida” 2018-yil 10-maydagi 348-son qarori.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Ko‘chma savdo obyektlari haqida ma’lumot bersangiz?

— Ko‘chma savdo obyektlari — 100 kvadrat metr maydondan ko‘p bo‘lmagan, vaqtinchalik asosda joylashtirilgan va (yoki) mavsumiy xususiyatga ega bo‘lgan, shuningdek, istalgan vaqtda boshqa joyga oson ko‘chirish va yig‘ish mumkin bo‘lgan ko‘chma savdo obyektlari (lotoklar, palatkalar, savdo aravalari, peshtaxtalar, avtodo‘konlar, avtotirkamalar, avtotsisternalar, fudtraklar, tonarlar, savdo avtomatlari, mobil konteynerlar, yengil konstruksiyalar, shu kabi va shunga o‘xshash boshqa ko‘chma savdo obyektlari).

❓
Ko‘chma savdoni amalga oshirish talab va shartlar nimalardan iborat?

— Ko‘chma savdoni amalga oshirishning majburiy talablari va shartlari quyidagilardan iborat:
▪️chakana savdo sohasida qonunchilik hujjatlariga, shu jumladan, sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga rioya qilish;
▪️davlat veterinariya xizmatining hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlari yoki veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyalari tomonidan berilgan ijobiy xulosalar asosida go‘sht va go‘sht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari, tuxumlar, shuningdek, o‘simlik oziq-ovqat mahsulotlarini realizatsiya qilish;
▪️nazorat-kassa mashinalari, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalar va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda to‘lovlarni qabul qilish uchun hisob-kitob terminalining mavjudligi (savdo avtomatlari bundan mustasno);
▪️ko‘chma savdo obyektlari yaqinida maishiy chiqindi qutilarini o‘rnatish;
▪️tovarlarni ko‘chma savdo obyektlari orqali va ro‘yxatdan o‘tilgan joyda sotish.

Asos: Vazirlar Mahkamasining “Ko‘chma savdo faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini yanada keng joriy etish hamda savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”2021-yil 3-avgustdagi 485-son qarori.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

📹 Ishtixon tumanida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ko‘chma savdo obyektlarini yoki uning bir qismini boshqa shaxsga foydalanishga yoki ijaraga berishga ruxsat etiladimi?

— Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ko‘chma savdo obyektlarini yoki uning bir qismini boshqa shaxsga foydalanishga yoki ijaraga berishga ruxsat beriladi.

Bunda, ko‘chma savdo obyektlarini foydalanishga yoki ijaraga berish Davlat soliq qo‘mitasining maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimida amalga oshiriladi, ijaraga oluvchi esa yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lishi shart.

Asos: Vazirlar Mahkamasining “Ko‘chma savdo faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini yanada keng joriy etish hamda savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”2021-yil 3-avgustdagi 485-son qarori.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Qayerlarda ko‘chma savdo obyektlarini joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi?

Quyidagi joylarda ko‘chma savdo obyektlarini joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi:
▪️madaniy meros obyektlari va qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar fasadi oldida;
▪️bino va inshootlarning yong‘inga qarshi oraliqlarida;
▪️muhandislik kommunikatsiyalari xavfsizlik zonalarida;
▪️chorrahalarga 15 metrdan yaqinroqda;
▪️maishiy chiqindilarni yig‘ish punktlariga 20 metr masofa orasida;
▪️sun’iy inshootlarda (to‘xtash bostirmalari, erosti o‘tish joylari, ko‘priklar, tunnellar, transport bog‘lamalari va yo‘l o‘tkazgichlar);
▪️piyodalar o‘tish joylarida;
▪️velosiped yo‘laklarida;
▪️qatnov qismining xavfli burilishlarida;
▪️loaqal bir yo‘nalishdagi ko‘rinish masofasi 100 metrdan kam bo‘lgan yo‘l do‘ngliklari yaqinida;
▪️qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 15 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishmalarda (chorrahalarda) yondan tutashgan yo‘lning sidirg‘a chiziq yoki ajratuvchi bo‘lak bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno);
▪️transport vositasi svetofor ishoralari, yo‘l belgilarini boshqa haydovchilardan to‘sib qo‘yadigan, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan yoki piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda;

“To‘xtash taqiqlanadi” yo‘l belgisi yoki “to‘xtash taqiqlanadi” yo‘l chizig‘i ta’siri doirasida.

Asos: Vazirlar Mahkamasining “Ko‘chma savdo faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini yanada keng joriy etish hamda savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”2021-yil 3-avgustdagi 485-son qarori.

@adliyangiliklari
#Kontrafaktsiz_oy

Joriy yilning 10-mart kuni onlayn savdo bilan shug‘illanuvchi uzum.uz, olcha.uz, prom.uz, asaxiy.uz, apteka.uz, arzonapteka.uz kabi tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirokida “Kontrafakt mahsulotlar relizatsiyasining huquqiy oqibatlari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Seminarda kontrafakt mahsulotlari realizatsiyasi va uning natijasida aholi salomatligi va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilayotgan zararlar to‘g‘risida, kontrafakt mahsulotlariga qarshi kurashishda amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlik choralari to‘g‘risida, shuningdek, isteʼmolchilarda kontrafakt tovarni aslidan farqlash ko‘nikmasini hosil qilish maqsadida tushuntirishlar berildi.

@adliyangiliklari